1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Matematika
|
Ajratilgan soat
|
60
|
Mavzular soni
|
11
|
Dasturning maqsadi
|
Fanning o‘qitishdan maqsad – talabaning mantiqiy va algoritmik fikrlashlarini rivojlantirish, zukkoligini oshirish; tabiiy jarayonlar, hodisalar va qurilmalarni modellashtirishda, asosli tahlil qilishda, texnik va iqtisodiy masalalarning optimal yechimlarini qidirishda, ularni amalga oshirishning eng yaxshi yo‘llarini tanlashda zarur bo‘ladigan asosiy matematik usullarni talabalarga o‘rgatish, o‘quv rejalaridagi ixtisoslik va umumkasbiy fanlari masalalrida matematik uslublarni tadbiq eta bilsh ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy va amaliy masalalrni yechishda ishlatiladigan matematik apparatning asoslari bilan tanishtirish, matematik masalarni yechish usullarini mukammal o‘zlshtirib yechimlarini tanlagan sohasiga bog‘liq masalalrga qo‘llashni o‘rgatish, talablarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
matematik tadqiqot usullarining hozirgi zamon fanvatexnikasida o‘ziga xos muhim o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishadi;
chiziqli algebra elementlarini; analitik geometriyani; matematik tahlilni; kompleks sonlar nazariyasini; differensial tenglamalarni yechishning qulay usullarini tanlay bilishi va ulardan foydalana olishadi;
ob’eklar miqdoriy va sifat munosabatlari ifodalash uchun matematik simvollardan foydalanish bo‘yicha, algebraik tenglamalarni analitik va sonli yechish bo‘yicha, matematik masalalarni yechish usullarini mukammal o‘zlashtirib, yechmlarini amaliyotga qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi.
|
Bilimlar
|
fanga oid nazariy va amaliy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test (yozma ish)ni topshirish.
|
Ko‘nikmalar
|
talabalarning intellektini rivojlantirish, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
talabalarga mustahkam fundamental bilim berish, olgan bilimlarini zamonaviy amaliy masalalarini yechishga tadbiq qilishga o‘rgatish;
tajriba o‘tkazish yo‘li bilan olingan natijalarning, turli tabiiy jarayonlar, hodisalar va qurilmalarni matematik modellarini tuzishda, asosli tahlil qilishda, texnik va iqtisodiy masalalarning optimal yechimlarini qidirishda, ularni amalga oshirishning eng yaxshi yo‘llarini tanlashda zarur bo‘ladigan asosiy matematik usullarni talabalarga o‘rgatish;
talabalarda Oliy matematika fani bo‘yicha o‘quv rejalaridagi ixtisoslik va umumkasbiy fanlari masalalarida matematik uslublarni tadbiq eta bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |