Dastur nomi
|
Logistika asoslari (Transport ekspeditsion xizmatlar)
|
Ajratilgan soat
|
80
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
11
|
Dasturning maqsadi
|
Mamlakatimizda erkin raqobat muhitida yuk tashuvchi avtomobillarni (qaysi mulkchilikka mansubligidan qat’iy nazar) uning samaradorligini va aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash masalalarini eng rivojlangan davlatlardagidek muvaffaqiyatli hal qila oladigan kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
logistika ob’ekti va sub’ekti;
mikro va makrologistik tizimlar;
logistikada oqimlar va ularning turlari;
logistik tizimda transport turini tanlash masalalari, logistik tizimda zahiralarni boshqarish;
yuk tashishda axborot oqimlarini loyihalash,
logistik xarajatlar;
turli transport turlarida yuk tashish tariflari va ularni hisoblash tartibi;
omborlar, logistik markazlar va unda amalga oshiriladigan transport xizmatlari xaqida.
|
Bilimlar
|
logistikaning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari;
logistika moddiy-texnik ta’minoti kompleksi;
logistik oqimlar, kanallar va logistik zanjir tizimlari;
logistikaning funksional sohalari,
axborot logistikasi;
transport logistikasi;
yetkazib berish logistikasi tamoyillari;
logistikaninig asosiy tushuncha va ta’moyillarini;
logistik oqimlar, kanallar va logistik zanjir tizimlarini;
transport logistikasi xizmatlari turlarini;
logistik tizimlarni, logistikaning kelajakda rivojlanish istiqbollarini
|
Ko‘nikmalar
|
logistik tizim konsepsiyasining nazariy asoslari bilishi;
moddiy oqimlar va ularning turlari, vazifalari, moddiy oqimlarni boshqarish va taqsimotni tashkil qilish shakllarini aniq bilishi;
logistika tizimida zaxiralar, ularning turlari va vazifalari, ularni boshqarishni tashkil etishni bilishi;
omborlarning vazifalari va ularni joylashtirishga qo‘yiladigan talablarni bilishi;
transport logistikasi asoslari va tamoyillarini bilishi;
logistikadagi asosiy oqimlarni tasniflashni bilishi;
axborot tizimlarni loyihalashni bilishi;
xarid qilish usullari va «aynan vaqtida» ta’minot tizimi xaqida aniq bilishi;
ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni boshqarish usullarini bilishi;
logistikada tovarlarni taqsimlashning an’anaviy taqsimotidan farqli jihatlarini aniqlashni;
logistikada zahiralarni tartibga solishning asosiy tizimlari, zaxirlarni optimallashtirishni;
terminallar, ularning turlari va funksiyalarini;
omborlarni loyihalash, mahsulotlarni omborga joylashtirish;
logistik servisni amalga oshirish, temir yo‘l transportida servisni tashkil etish;
logistika tizimida zaxiralarini boshqarish va taqsimlash tamoyillari;
O‘zbekiston Respublikasida transport aloqasini ta’minlaydigan Xalqaro logistika markazining yo‘nalishlari.
|
|