Nasriddin Tusiy o'zining «O'qituvchilarni tarbiyalash to'g’risida» degan asarida shunday deydi: «O’qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo'lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to'g’riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi dozim... O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo'pol va qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchi o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin.Yetuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o'z asarlarida bola dunyoqarashining kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o'zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam hsch vaqt boshqalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
Ustod, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo'lurdi jahon, - deb hitob qiladi u «Iskandar xirodnomasi» asarida.
Ahmad Donish (1827-1897) – matematika, falakiyot, geografiya, tibbiyot, tasviriy san'at, tarix va falsafiy bilimlarni mustaqil ravishda egallab, o’z davrining ilg’or bilimli kishisi bo’lib etishadi. U o’zining ta'lim-tarbiya, axloq va nafosatga doir fikr-mulohazalarini bir qator asarlarida ifodalagan mutafakkirdir. Zukko olim kasb tanlash va uning odamlarga, jamiyatga foyda kkeltirishiga e'tibor berish kerakligi haqida bildirgan fikrlarida axloqmasalasiga katta e'tibor berganini ko’ramiz. U o’qituvchini talablarga kuchli ta'sir etuvchi shaxs deb biladi. Uning ta'kidlashicha, o’qituvchilik kasbini tanlaganlarning nopoklik niyatida bo’lishi hoyatla zarurlidir, chunki ular o’zlaridagi axloqiy buzuqlikni yosh avlodga tarqatadilar. Demak, Ahmad Donish o’qituvchining axloqiy qiyofasiga katta e'tibor beradi. U o’qituvchidan yosh avlod manfaatinibirinchi o’qinga qo’yishni talab qiladi. O’qituvchi o’quvchi va talabalarga ko’p bilim berish, o’z bilimini oshirish va chuqurlashtirish uchun o’z ustida ko’p ishlashi lozimligini ta'kidlaydi. Bundan ko’rinadiki, Ahmad Donish o’qituvchi kasbiga nisbatan jiddiy talab qo’yadi. U go’zal axloqlilik va chuqur bilimdonlikni o’qituvchining beqiyos fazilati deb biladi. Zero, u o’qituvchi timsolida odamlar, binobarin yoshlar o’rtasida ilm-ziyo sochuvchi ma'rifatparvarni ko’rishni orzu qiladi.
Ya.Komenskiy o’qituvchilar faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini yuqori baholab maktab ishining muvaffaqiyatli bo’lishi o’qituvchiga bog’liqligini aytadi. Olimning talab etishicha o’qituvchi o’z ishining ustasi bo’lishi, o’qitish san'atini mukammal egallashi, tajribali o’qituvchilar yosh muallimlarga ko’mak berishi lozim. O’qituvchi tashqi ko’rinishi jihatidan ham o’z o’quvchilariga namuna bo’lishi kerak. Sof vijdonli, o’z kasbini sevadigan va o’z bilim hamda mahoratini uzluksiz takomillashtirib boradigan kishilargina o’qituvchi bo’lishi mumkin.
O’qituvchi va uning professional sifatlari to'g’risidagi muammolar chet ellik olimlar Ya.A.Komenskiy, Djon Lokk, I.G.Pestalossi, L.Disterverg kabilarning asarlarida o'z ifodasini topdi. Jumladan, ulug’ chex olimi, pedagog Ya.A.Komenskiy o'qituvchiniig eng muhim xususiyatlari qatoriga bolani ssvishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritib, ularning’ mohiyatini atroflicha tavsiflab beradi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
!
Do'stlaringiz bilan baham: |