Ta’limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni deganda, o’quvchilarning o’qish jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko’nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. Ta’limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi: 1. Ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur extiyojlar, ijtimoiy to’zimning xususiyatlari. 2. Davlatning xalq ta’limi va muayyan turdagi o’quv yurti oldiga qo’yadigan maqsad va vazifalar. 3. O’qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o’quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) e’tiborga oluvchi didaktik talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |