Pedagogik faoliyatdagi ijodiyot va innovatsiya


Pedagog faoliyatidagi ijodiyot



Download 120,98 Kb.
bet7/11
Sana05.01.2021
Hajmi120,98 Kb.
#54967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PEDAGOGIK FAOLIYATDAGI IJODIYOT VA INNOVATSIYA

Pedagog faoliyatidagi ijodiyot

Pedagoglik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uning ijtimoy ahamiyati hyech qachon kamaymaydi, so’nmaydi. Pedagoglik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi kerak. Hozirgi davrda, biz mustaqil O’zbekistonda demokratik huquqiy davlatda faoliyat ko’rsatadigan pedagog qanday bo’lishi kerak? Hozirgi zamon pedagogining shaxsi uchun eng muhim asoc – bu insonparvarlik yo’nalishidir. Pedagog juda yuksak darajada umumiy madaniyatga

ega odam. U juda ko’p narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o’zi o’qigan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo’ishi kerak, o’z o’quvchilarini har kuni o’qishga o’rgatib borishi uchun uzi muntazam o’qib o’rganib, o’z bilimini to’ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak. Demak, pedagog mahoratning asosi o’z ustida ishlab borishi – mustaqil o’qishdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim- tarbiya ishlarining qay yo’sinda olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta’lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an’analarni joyga qo’yish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burulishlar bo’lgani barchaga ayondir. Davlatning buyuk kelajagi, albatta yoshlarni chuqur bilimli va pokiza odob-axloqli qalb ekanini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda mahoratli, bilimli pedagoglarni o’rni muhim va pedagogik mahorat fanining roli ulkan. «Pedagogik mahorat» fanining predmeti – pedagogning mahorati, «Pedagogik mahorat» maqsadi – mahoratli pedagogni tarbiyalash.

XV asrlarda Hirotda yashagan atoqli yozuvchi Husayn Voiz Koshifiyning

―Futuvatnomai Sultoniy‖ nomli risolasida va’z (ma’ruza) o’qiladigan joyni

―ma’raka joyi‖ deb nomlaydi va ―ma’rakaning asosi nima?‖ – degan savolga ―fayz berish va fayz olish‖ deb javob beradi. ―Ma’rakani o’tkazuvchi qanday hislatlarga ega bo’lish kerak?‖ – degan savolga: ―Birinchidan: ochiq yuzli bo’lsin, tabassum qilib tursin. Ikkinchidan: harakatlari yengil, yoqimli bo’lsin. Uchinchidan: kinoyali, e’tirozli gaplar gapirmasin, hammaga dilu-jonidan duo aytib, hunarini ko’rsatsin‖, degan. Yana mashhur mutafakkirlardan biri Jaloliddin Rumiy bo’lib, uning o’qigan va’zlarini faqat madrasa o’quvchilari emas, balki podshohlar, xonlar va boshqa davlatlardan olimlar kelib tinglaganlar. ―Uning go’zal ovozi olamni tutgan, ruhlarga hayot baxsh etgan‖, – deb zamondoshlari shoirning notiqlik qobiliyatini yuqori ta’riflaganlar. Bu vaziyatlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik mahorat bevosita pedagogik vaziyatni va faoliyatni mohirlik bilan boshqarishdir.

Pedagogik mahorat fanining vazifalari: tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiyot ettirishda tarbiyaning rolini ochib beradi, tarbi yaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o’rtasidagi bog’lanishlarni ko’rsatadi: shuningdek pedagogik mahorat fani o’z taraqqiyoti davomida ta’lim-tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo’llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko’rsatib beradi. Pedagogning pedagogik mahorati shunday bir malakalar yig’indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib turgan narsalar orqali o’z fikrlarini yetkazish imkonini beradi.

Pedagogik mahorat asosan o’qituvchining faoliyatida pedagogik mahoratga erishish uchun maxsus umumlashtira olish qobiliyati, yuqori bilim, yetarli malaka va ko’nikmalar bo’lishini talab qiladi.




Download 120,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish