3. Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni rivojlantirishga
yo’naltirilgan faoliyati
Guruh rahbari noxoyatda ma‟sulyatli va murakkab vazifani
bajaradi. U guruhdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, talabalarning
murabbiysi, guruhni tashkil etadi xamda kamolot tashkilotchilari,
o‟qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi.
So‟nggi yillarda guruh rahbarining faoliyati turli shakl va
metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‟tkazishda
o‟quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi.
Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o‟quv yurtining guruh
rahbariga xozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta‟limning yagona tizimini
yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va
metodik yordam ko‟rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida
o‟quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar ko‟yilgan, bu esa ayni vaqtda
har bir guruh rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib.
Alohida guruh birlashib o‟quv yurtini tashkil etadilar. Aloxida guruh
jamoalari ko‟lga kiritgan ta‟lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun
o‟quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta‟minlaydi. SHu nuqtai nazardan
guruh rahbarining ma‟suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma‟suliyatidan kam
emas. SHuning uchun o‟quv yurti direktorlari guruh rahbari vazifasiga
tajribali, tashkilotchi, mexnatsevar, maxoratli, yosh avlodni sevadigan
o‟qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Guruh rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu talabaning o‟qishga
bo‟lgan havasi, e‟tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga
bo‟lgan layoqatini, yosh va ruxiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir
o‟quvchining bo‟lg‟usi xayoti rejalarini amalga oshirish, talabalarning
salomatligini muxofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning guruh
jamoasi orasida obro‟sini ko‟tarish, o‟z vaqtida ularga tegishli yordam
ko‟rsatish guruh rahbarining bevosita asosiy vazifasidir.
SHuningdek,guruh rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya
jarayonida muhim vosita sanaladi.CHunki, tashkilotchilik tushunchasining o‟zi
keng ma‟noga ega. Maxsus bir maqsadni ko‟zlab u yoki bu ishni tadbiriy
choralarnitashkil etish guruh rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab
qiladi.
Tashkilotchilik funktsiyasi bir necha elementlarga bog‟liqdir:
A.
O‟tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki
muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Guruhda o‟tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy xaakterga ega bo‟lib,
ma‟lum maqsadni ko‟zlab o‟tkazilishi va guruh rahbari turli tarbiy ishlarni
o‟tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Guruh rahbari oldiga qo‟yilgan maqsadga yetishish uchun o‟z oldiga
aniq vazifa qo‟ya bilish lozim.
E. Guruh rahbari har bir tarbiriy choralarni amalga oshirishda o‟qituvchi
va talabalarning qobiiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma‟lum reja asosida
tarbiyaviy tadbirlarning o‟tazish o‟rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini
aniqlash lozim.
F. Ma‟lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to‟g‟ri
taqsimlash, ishga boshqa o‟qituvchilarni, ota-onalar, talabalar, otalik tashkilotlari
va ish obektini aniqlash lozim.
Guruh rahbarining asosiy faoliyati esa quyidagilarni bilishni talab etadi.
1. har bir talabani shaxs sifatida o‟rganish.
2. Talabalarning guruhda tarbiyalashni tashkil etish.
3. Talablarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini
mustahkamlash.
4. Guruhda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‟tkazish.
5. Fan o‟qituvchilarning tarbiyaviy ishlarni ( koordinatsiyalash)
irlashtirish.
6. Talabalarning oa-onalari bilan ishlash.
7. Guruh rahbari fan o‟qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko‟p qirrali
muhim vazifalarini bajaradi. SHuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va
psixologik talablar qo‟ygan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga
ko‟tarishda muhim rol o‟ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |