1. Pedagogik faoliyatning o’ziga hos hususiyatlari
Har qanday faoliyatda bo‟lgani singari, pedagogik faoliyatning ham bir
nechta tarkibiy qismlari mavjud. Bular: maqsad, vosita, ob‟ekt, sub‟ekt. Avvalo,
pedagogik faoliyat maqsadi o‟ziga hosligi bilan ajralib turadi. Bular quyidagilar:
1. O‟qituvchilik ishi maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya‟ni
o‟qituvchi o‟z mehnati yakuniy natijalarini tanlashda erkin emas, uning hatti–
harakatlari har tomonlama barkamol shahsni shakllantirishga qaratilgan bo‟lishi
lozim. Pedagogik faoliyat avlodlar o‟rtasidagi ijtimoiy vorisiylikni amalga
oshirish, yoshlarni mavjud ijtimoiy munosabatlar bilan bog‟liq insoniyat ijtimoiy
tajribasini egalashdagi tabiiy imkoniyatlarini yuzaga chiqari uchun hizmat qiladi.
Ammo maqsaddan kelib chiqadigan muayyan vazifalarni sharoitga mos
ravishda o‟qituvchining o‟zi belgilashi kerak. SHunday qilib, pedagogik faoliyat
maqsadi yakuniy natijasiga ko‟ra jamiyat tomonidan belgilanadigan aniq ijtimoiy
buyurtma bo‟lib, uning vazifalari muayyan pedagogik vaziyatlarda turlicha
belgilanadi. Ana shu holatning o‟ziyoq o‟qituvchidan ijodiy yondoshuvni,
maqsadni ko‟ra olish, uni muayyan sharoit bilan taqqoslay olishni talab etadi.
2. O‟qituvchi faoliyati har doim boshqa faoliyat orqali boshqariladiga
faoliyatdir. Bu o‟ziga hos meta–faoliyat bo‟lib, o‟quvchilarning faoliyatiga mos
etib quriladi.
Jaloliddin Rumiyning ustoz sifatidagi faoliyati bilan bog‟liq yuqorida
keltirilgan misol ustoz – murabbiyning jazavaga tushish, baqirish bilan emas, balki
o‟zini tutish, og‟ir – vazmiylik, kamtarlik va samimiyat, qat‟iyat bilan bergan
javobi, tolibning hatosini darhol tushunib etishi va qilmishidan qattiq hijolat
bo‟lishiga va majlisni tashlab chiqib kelishgan sabab bo‟ladi. Ilm tolibining bu
tutgan yo‟li uning yuksak darajasidagi ongliligini belgilamasada, shu hatti –
harakatning o‟ziyoq pedagogik faoliyat maqsadiga tamon birgalikda qo‟yilgan
qadamdir. Binobarin, pedagogik faoliyat maqsadining o‟ziga hosligi shundaki, u
o‟qituvchining ham, o‟quvchining ham maqsadi bo‟lishi kerak. Meta-faoliyatning
mohiyati ana shunda.
3. Boshqa kishi faoliyatni boshqarish shuning uchun ham murakkabki,
o‟qituvchining maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagiga qaratilgan bo‟ladi. Bu
maqsad o‟qituvchi uchun yaqin va tushunarlidir. U “Sen bilishing, bajara olishing
va bajarishing kerak”, - deya talab qiladi. O‟quvchi esa bugungi kunning
quvonchiyu tashvishlari bilan yashaydi, kelajak uning uchun juda yiroq.
SH.A.Amonashvilli bu ziddiyatga “tarbiya fojiasining asosi” deb baho beradi.
O‟qituvchi ayni zamonda yashab turib kelajakni barpo etadi. Bu juda murakkab
vazifa .
Buni chuqur anglagan usta–pedagoglar har doim o‟z faoliyati logikasi
o‟quvchi ehtiyojlariga tayanib quradilar. Masalan, SH.A.Amonashvilli o‟z faoliyat
dasturini bola dasturiga yaqinlashtirishga intilgan. E.N.Ilina esa doimiy matnlardan
foydalanib, sinfdagi vaziyatga ta‟sir o‟tkazishga harakat qiladi.
Demak, pedagogik faoliyat maqsadi o‟qituvchidan jamiyatning ijtimoiy
topshirig‟iga nisbatan shahsan qabul qilish; muayyan hatti-haraktlarning maqsad
va vazifasiga ijodiy yondoshish; o‟quvchi qiziqishlarini hisobga olish va uni o‟quv
faoliyati maqsadi sifatida takomillashtira olishni talab etadi.
Pedagogik faoliyat ob‟ekti – bu inson, shakllanayotgan shahs ruhiy
olamining nozik qirralari – aql, hisiyot, idora, ishonch, o‟z-o‟zini anglash
demakdir. Pedagogik faoliyat bo‟ektining o‟ziga hosligi quyidagilarda namoyon
bo‟ladi:
1. Inson tabiatining jonsiz bir bo‟lagi: emas, balki o‟zining takrorlanmas
shahsiy hususiyatlariga ega bo‟lgan, atroflardagi voqea–hodisalariga nisbatan o‟z
tushunchalari va munosabatiga ega bo‟lgan (jonli) aqlli mavjudot. U pedagogik
jarayonning ishtirokchisi, uning o‟z maqsadi, motivlari, o‟iga hos hulq–atvori bor.
Binobarin, pedagogik faoliyat ob‟ekti uning sub‟ekti hamdir. CHunki u pedagogik
ta‟sirga nisbatan har hil munosabat bilidirishi mumkin. Zero, bu ta‟sirni u o‟z ichki
dunyosi orqali qabul qiladi.
2. O‟qituvchi muntazam o‟zgarib, o‟sib borayotgan inson bilan ishlaydi.
Unga nisbatan qolipga solingan, stereotip hatti–harakatlarni qo‟llab bo‟lmaydi. Bu
juda murakkab jarayon bo‟lib, o‟qituvchidan doimiy izlanishni talab etadi.
3. O‟quvchiga faqat pedagoglargina emas, balki uni o‟rab turgan muhit ham
turli yo‟nalishlarda bevosita ta‟sir ko‟rsatadi. SHuning uchun pedagogik faoliyat
shu ta‟sirlarni korrektsiyalashni, ya‟ni tarbiyalash, qayta tarbiyalash hamda
shahsning o‟z–o‟zini tarbiyalashini tashkil etishni ham ko‟zda tutadi.
Umuman zamonaviy pedagogika hamkorlik pedagogikasi bo‟lib, u
maktabdagi munosabatlarni erkinlashtirishga yo‟naltirilgan va o‟quvchini
faollashtirishga, uni pedagogik jarayonning teng huquqli ishtirokchisiga
aylantirishga harakat qiladi.
Sub’ekt – bu tarbiyalanuvchiga ta‟sir etuvchilar, ya‟ni pedagog, ota–onalar,
jamoa. O‟quvchiga ta‟sir o‟tkazuvchi asosiy vosita bu o‟qituvchi, uning bilimi va
qobiliyati. Agar o‟quvchilar o‟qituvchi shahsini tushunmasa, uning bilimi va hulq–
atvoriga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‟lishsa, uning hatti–harakatlariga
qarshilik ko‟rsatadilar. Haqiqiy tarbiyachi o‟quvchi shahsiga ijobiy ahloqiy ta‟sir
ko‟rsatadi. Bu esa o‟qituvchidan o‟zini ahloqiy jihatdan muntazam takomillashtirib
borishni talab etadi.
Tarbiyaning asosiy vositalari – faoliyatining turli ko‟rinishlari bo‟lib,
o‟quvchilar unda bevosita ishtirok etadilar. Bular: mehnat, muloqot, o‟qish, o‟yin.
Masalan, taniqli pedagog A.S.Makorenko tarbiya tizimi markazida ijtimoiy mehnat
turgan. Buyuk mutasavvuf olim Bahovuddin Naqshband tarbiya tizimi markazida
ham mehnat, hunar turgan. U kishi qo‟lidan hech ish kelmaydigan, biror hunari
bo‟lmagan kishini o‟z maktabiga qabul qilmaganlar. Ba‟zi pedagoglar ijodiy ish
orqali o‟quv tarbiya ishlarini tashkil etadilar.
Alalhusus, biz pedagogik faoliyatni pedagogik mahoratning doyasi sifatida
birma – bir tahlil qilib chiqdik. Haqiqiy o‟qituvchi maqsadni aniq belgilab,
sub‟ektni faollashtirib, vositalarni tanlab turib pedagogik faoliyatning bu
komponentlarini boshqara olish lozimligini chuqur anglaydi. Aynan shu o‟rinda
biz pedagogik mahoratning mohiyatini anglay boshlaymiz. U bizning nazarimizda
muntazam shakllantirib, takomillashtirib borilishi lozim bo‟lgan butun bir tizim
sifatida namoyon bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |