Pedagogik fanlarni o`qitish. Ibragimova U


II.2  Pedagogik  texnologiyalarni  ishlab  chiqish  tamoyillari



Download 111,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana24.09.2021
Hajmi111,24 Kb.
#183372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
pedagogik fanlarni oqitishda talimning korgazmali metodlaridan foydalanish yollari

II.2 

Pedagogik  texnologiyalarni  ishlab  chiqish  tamoyillari, 

muommolar va yechimlar  

Bugungi  kunda  pedagogikada  o‘quvchi-talabalarning  ta’lim  jarayonidagi 

faolligini  oshirishga  qaratilgan  bir  nechta  o‘qitish  uslublari  ishlab  chiqilgan: 

muammoli  o‘qitish,  ish  faoliyatini  ifodalovchi  o‘yinlar,  rolli  o‘yinlar,  mavzu 

bo‘yicha  o‘qitish  va  h.k.  Ularni  oliy  ta’lim  tizimida  keng  qo‘llaniladi,  deb 

bo‘lmaydi.  Bizningcha,  buning  sababi  har  bir  mashg‘ulotga  tayyorgarlik 

pedagogik  izlanishni  ko‘zda  tutishi,  yuksak  kasbiy  bilim  va  mahoratni,  ishda 

ijodiy yondashuv va ko‘p vaqtni sarflashni talab qilishida bo‘lsa kerak. Chunki 

har bir o‘tiladigan mashg‘ulot ishlanmasi o‘ziga xos xususiyatga ega. An’anaviy 

o‘qitish  usuli  respublikamizda  keng  tarqalgan,  biroq  ta’lim  sohasidagi 

islohotlarni 

amalga 


oshirishda 

an’anaviy 

ta’limning 

imkoniyatlari 

cheklanayotganligi, muhim ta’limiy muammolar o‘z yechimini topmayotganligi, 

qator  ilg‘or  pedagogik  tajribalarning  ommalashmayotganligini  ko‘rishimiz 

mumkin. 

 Yangi  munosabatlarning  o‘ziga  xos  jihati  an’anaviy  ta’limdagidan  farq 

qilib,  o‘quvchi-talabalarning  mustaqilligi  va  o‘quv  faoliyatini  taqiqlamasdan, 

balki  belgilangan  maqsadga  yo‘naltirish,  o‘quv  faoliyatini  hamkorlikda  tashkil 

etish, ularni faoliyatga ongli ravishda yo‘llash, biror- bir faoliyatni buyruq orqali 

amalga oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali o‘quvchi-talabalarda fan 

asoslarini  o‘rganishga  bo‘lgan  qiziqishlarini  orttirish,  shaxsning  ehtiyoji, 

qiziqishi  va  imkoniyatlarini  chegaralamasdan  erkin  tanlash  huquqini  berish 

sanaladi. 

 Pedagogik  texnologiya  texnologik  yondashuvga  asoslanadi.  Texnologik 

yondashuv deganda tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘xshash) 

olish  uchun  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  qo‘llaniladigan  usul  va  metodlar 

to‘plami  tushunilib,  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishishda  kutilgan  natijalarni 

kafolatlaydigan  usul  metodlari  majmuasi  tushuniladi.  Agar  metod  bilish  yo‘li, 

tadqiqot  yo‘li  yoki  biror  faoliyatdagi  ma’lum  amaliyot  va  nazariy  bilimlar 



 

11

sohasini  egallashni  harakatlar,  operatsiyalar,  usullar  majmuasi  deb  tushunsak, 



pedagogik  texnologiyaning  ta’lim  usuli,  ma’lum  ma’noda  ta’lim-tarbiya 

jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi. 

 Pedagogik  texnologiyani  an’anaviy  o‘qitish  metodikasidan  farqlovchi 

belgilari  ko‘p.  Pedagogik  texnologiya  an’anaviy  metodikadan,  avvalo 

maqsadlarning  qo‘yilishi  va  unga  erishishi  bilan  farqlanadi.  Pedagogik 

texnologiya usuli tarkibiy qismiga ta’limning umumiy maqsadlari (o‘qituvchi va 

talabaning  maqsadlari)ni  ishlab  chiqish,  ta’lim  maqsadlarini  nazorat  (test) 

topshiriqlariga o‘tkazish, maqsadga erishish usullari kiradi. 




Download 111,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish