Dasturinterfeysi. Auto Play Media Studio dasturi bosh oynasi 1-rasmda keltirilgan va bu oynani 6 ta maydonga ajratish mumkin. AutoPlay Media Studio
Menyu qatori
Asboblar paneli
Loyihaninig yoʻl koʻrsatuvchisi
Obyekt xususiyatlari paneli
Ishchi maydon
Loyiha oʻlchami paneli
Menyu qatori oʻz ichiga quyidagilarni oladi: Fayl. Sozlash. Toʻxri joylashtirish.Saxifa.Muloqot.Obyekt. Loiha.Nashrqilish. Koʻrinish.Asboblar. Yordam. Yangi loyiha yaratish bosqichlari.AutoPlay Media Studio dasturi oʻrnatilgach uni ishga tushirsak quyidagi muloqot oynasi hosil boʻladi.
4.6.10.-rasm. Autoplay kirish oynasi
Yangi loyiha yaratish uchun hosil boʻlgan oynadan Создать новый проект tugmasini aktivlashtiramiz. Yangi hosil boʻlgan oynadan Blank Project bandini tanlab loiha nomini kiritish va ОК tugmasini faollashtirish lozim.
4.6.11.-rasm. Yangi proyekt oynasi
Natijada boʻsh oynadan iborat yangi loyiha hosil boʻladi. Yangi sahifaga fon berish jarayonini koʻrib oʻtamiz.
Buning uchun istalgan rasmni oʻlchamlarini 800×600 ga keltirish kerak. Fonni oʻrnatishdan oldin loiha oynasi oʻlchamlarini almashtirish lozim. Buning uchun bosh menyudan Project-Settings tanlanadi.
Shirift toʻgʻirlash quyidagicha amalga oshiriladi.
Tanlangan obektning ustiga sichqoncha oʻng tugmasini bosib bilan Settings boʻlimini tanlaymiz va quyidagi amalni bajaramiz.
4.6.12. - rasm. Dastur tilini oʻzgartirish oynasi Amalga oshirilgandan soʻng tugmacha shirifti toʻgʻirlanadi.
4.6.13.- rasm. Natija oynasi
CourseLab - bu Internet tizimida, masofaviy taʻlim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun moʻljallangan interaktiv taʻlim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun moʻljallangan kuchli va ishlatish oson boʻlgan dasturiy vosita.
WYSIWYG tizimida qurish va natijalarni olish mumkin boʻlgan taʻlim materiallarini yaratish va tahrir qilish.
Tuzuvchidan HTMLyoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi.
Obʻektiv yondashish har qanday qiyinlikdagi taʻlim materiallarini
yaratish imkonini beradi.
Ssenariylardan foydalanish murakkab koʻp «Obʻekt»li bogʻliqliklarni yaratishni osonlashtiradi.
Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega.
Ochiq obʻektiv interfeys obʻekt va shablonlar kutubxonasi va foydalanuvchi yaratgan kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi.
Obʻektlar animatsiyasi mexanizmiga ega.
Taʻlim kurslariga har qanday Rich-medianing har qanday turini - Macromedia Flash, Shockwave, Java va har qanday formatdagi video- formatdagi fayllarni joylashtirish imkonini beradi.
Musiqiy ketma-ketlik joylashtirish va sinxronlashning oson mexanizmlari.
Microsoft PowerPoint formatidagi prezentasiyalarni oʻquv materialiga joylashtirish imkoniyati
Har xil dasturiy taʻminotlarning simulyatsiyalarini yaratish imkonini beruvchi ekranni suratga olish mexanizmiga ega.
Amallarni izohlashning oson tiliga ega.
Malakali foydalanuvchiga dastur fayllarning xususiyatlariga tugʻridan-tugʻri JavaScriptga kirish imkonini beradi.
Elektron taʻlim kurslarini kuritish uchun Javaning boʻlishi talab qilinmaydi.
CourseLab yordamida yaratilgan oʻquv kurslari modullar ularni tematik birlashtiradigan bulimlarga birlashtirilishi mumkin. Bulimlar ham oʻz navbatida bulimlarga birlashtirilishi mumkin, shunday kilib oʻquv kursining murakkab iyerarxiyasi tuzilishi mumkin. Boʻlimlarga birlashtirish texnik nuqtai nazardan cheklanmagan boʻlsa ham, amalda foydalanuvchiga kurs strukturasi tushunarli boʻlishi uchun murakkab ierarxiyadan foydalanish tavsiya etilmaydi.