Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati



Download 303,18 Kb.
bet51/56
Sana29.06.2022
Hajmi303,18 Kb.
#718127
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
5-mavzu. Pedagogik amaliyotda mantiq, axloq va estetikaning ahamiyati.

Mumtozchilik. Uyg’onish davridan keyin vujudga kelgan barokko, mumtozchilik yo’nalishlarida ilgari surilgan estetik g’oyalar va nazariyalar asosan badiiy adabiyot (va shu asosda teatr) bilan chegaralanib qoldi. Bu yo’nalishlarda xususiy san’at turlariga doir nazariyalar ko’p hollarda umumestetik qonun-qoidalarga nisbatan ustuvorlik kasb etdi. SHunga ko’ra, bu davrlar estetik risolalarining mualliflari aksariyat shoirlar, yozuvchilar va dramaturglar bo’ldi. Ayniqsa, buni mumtozchilik yo’nalishida yaqqol ko’rish mumkin. SHu bois mumtozchilik davrini o’rta asrlar tafakkurining intihosi va Yangi davr tafakkurining ibtidosi deb aytish mumkin. Mumtozchilik davri mutafakkirlarini namunaviy vakili sifatida franstuz shoiri Nikola Bualo (1636 – 1711) estetik qarashlarini ko’rib o’tamiz. Ular «Horastiyning «Pizonlarga maktub» («SHe’riyat san’ati») asariga ergashib yaratilgan «SHoirlik san’ati» risolasida she’riy yo’l bilan ifodalangan.
Xullas, mumtozchilik badiiy-estetik jihatdan avvalgi davrlarga nisbatan she’riyatda balandparvozlik, dramada harakastizlik, «g’oyaviy» monologlarning o’rin olishi kabi qusurlari bilan bir qatorda, cherkov qisuviga qarama-qarshi o’laroq, aqliy ustuvorlikni, rastionallikni targ’ib qilishi tufayli estetik tafakkur tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi.
Yevropa ma’rifatparvarlari estetikasi
Yangi davrdagi Yevropa ma’rifatparvarlari orasida shotland mutafakkiri Deyvid Hyum (1711 – 1776) alohida o’rin tutadi. Uning «Didning me’yori xususida», «Fojea xususida», «Skeptik», «San’atlar borasida takomilga erishish xususida» kabi asarlarida estetik muammolar o’rtaga tashlangan. U nafosatni bilishdan tashqaridagi hissiyot olamiga taalluqli deb hisoblaydi. Hyumning fikriga ko’ra, go’zallik asosan idrok etuvchining ongida, ruhida mavjud bo’ladi, aniq ob’ektiv asosga ega emas. «Go’zallik, – deb yozadi u, – narsalarning o’zida mavjud bo’lgan sifat emas; u istisnosiz tarzda o’zini mushohada etayotgan ruhda mavjud, har bir insonning ruhi esa go’zallikni boshqacha idrok etadi. Boshqalar go’zallik degan narsani birovlar hatto xunuklik deb qabul qilishi mumkin, shuning uchun har bir idrok etuvchi o’zi his qilayotgan holatni o’zgalarga zo’rlab uqtirishga intilmasligi kerak»77.
Go’zallikning aniq, ya’ni ob’ektdagi asosini Hyum asosan tan olmasa-da, sub’ektdan tashqarida ham go’zallik tuyg’usini uyg’otuvchi, «estetik reakstiya» qo’zg’atuvchi omillar borligini butunlay inkor etmaydi. Maqsadga muvofiqlikni u ana shunday asos-omil deb hisoblaydi. Uning nazdida go’zallik foydalilik va maqsadga muvofiqlikni idrok etish asosida vujudga keladigan kechinmadir.
Hyum «Inson tabiati xususida» asarida go’zallikni lazzat va huzur bag’ishlovchi, xunuklikni yoqimsiz taassurot uyg’otuvchi ruhiy-estetik hodisa sifatida olib qaraydi hamda ular talqiniga alohida bob bag’ishlaydi. Bu ikki xususiyatni u axloqiylik bilan bog’laydi. Chunonchi, vujudimiz go’zalligi bizda g’urur, xunukligi esa xoksorlik hissini uyg’otadi, go’zalligimizdan mag’rurlanamiz, xunukligimizdan uyalamiz, zero go’zallik ham, xunuklik ham bizning «men»imiz bilan mustahkam bog’liq. «Go’zallik, bu – qalbimizda lazzat, huzur uyg’otadigan qismlarning joylashuvi va moslashuvidir... YOqimsiz kayfiyat uyg’otadigan xususiyatga ega xunuklikdan uning farqi ana shunda. Shunday qilib, lazzat va yoqimsizlik nafaqat go’zallikning zaruriy hamrohlari hisoblanadi, balki ularning mohiyatini ham tashkil etadi. Go’zallikni xuddi hozirjavoblik kabi aniqlashtirishning iloji yo’q, biroq faqat alohida did yoki sezgi yordamida uni ajratish mumkin, shundan kelib chiqib, biz go’zallik lazzat bag’ishlaydigan shakldan boshqa narsa emas, xunuklik esa qismlarning yoqimsiz kayfiyat uyg’otadigan tarzda joylashuvidir... SHunday ekan, bu ikki sifatning barcha ta’siri ana shu sezgilarimizdan keltirib chiqarilishi lozim...»78.
Ana shu go’zallikning faqat tasavvur qilish mumkin bo’lgan ob’ektiv asosidan Hyum estetik did me’yorini keltirib chiqaradi. Uning fikriga ko’ra, inson go’zallikning alohida ko’rinishlari va darajalarini o’zaro taqqoslash hamda shu borada mulohaza yuritishi natijasida tajribasi oshadi, o’z hissiyotini, estetik didini takomillashtirib boradi. Did borasidagi mulohazalardan u shunday xulosa chiqaradi: birinchidan, hamma odamlarda did bir xil emas, ikkinchidan, shunday shaxslar borki, ular butun insoniyat tomonidan o’zgalardan ustuvor turadigan insonlar sifatida tan olinadi. SHuningdek, didning har xilligi bir tomondan, alohida odamlar maylining o’zaro farqi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, turli zamon va mamlakatlarda odatlar hamda tafakkur yo’sinining turlichaligi didning manbai hisoblanadi.
Hyumning nazdida estetik did va uning xilma-xilligi axloqiy muhitdan kelib chiqadi. Ayni paytda san’at jamiyatning axloqiy hayotiga juda katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi; u insonparvarlikning keng yoyilishiga, insonning hilmlashuvi va faollashuviga xizmat qiladi. Hyum san’at asarlarini falsafiy nazariyalar, diniy tizimlar bilan solishtirib san’atga ustuvorlik mavqeini beradi: mavhumiylikka asoslangan falsafiy nazariyalar va diniy tizimlar muvaqqat ekanini, hatto bir asr mobaynida birining o’rnini ikkinchisi, ikkinchisining o’rnini uchinchisi egallashini, eskirishini lekin haqiqiy san’at asarlari doimo dolzarb, Yangi bo’lib qolaverishini ta’kidlab o’tadi, badiiy bilishni hamma bilish turlaridan yuksak qo’yadi. Nafis san’at turlarini idrok etish – hayotning turli hodisalari to’g’risida mulohaza yuritish va hukm chiqarishga bo’lgan qobiliyatimizni takomillashtiradi, didimizni charxlaydi: «Hech narsa she’riyatda, suxandonlikda, musiqa va rangtasvirda go’zallikni o’rganish darajasida fe’l-atvorni takomillashtirmaydi, – deb yozadi Hyum. – Bu san’atlar hissiyotlarga muayyan nafislik bag’ishlaydi... nozik, yoqimli hayajon uyg’otadi. Ular ruhni turli tirikchilik tashvishlaridan, xudbinlarcha intilishlardan chalg’itadi, tafakkur qilishga, orom olishga yo’naltiradi, barcha ruhiy holatlardan ko’ra ko’proq muhabbat va do’stlikka moyillikni, uyg’otadigan yoqimli ma’yuslikni yuzaga keltiradi».
Hyumning estetik qarashlari, ko’rib o’tganimizdek, muayyan nuqsonlariga qaramasdan, estetik did, go’zallik va san’atning inson ma’naviy olamiga beqiyos ta’sirini nazariy isbotlab berishi bilan diqqatga sazovordir. Uning asarlari shuning uchun ham A.Smit, E.Byork va G.Kant kabi mutafakkirlarning ta’limotlariga katta ta’sir ko’rsatdi.
Ma’rifatparvarlik estetikasida ingliz mutafakkiri Edmund Byork (1729 – 1797) qarashlari katta ahamiyatga ega. Uning «Ulug’vorlik va go’zallik to’g’risidagi g’oyalarimizning falsafiy tadqiqi» asarida estetikaning asosiy umumnazariy masalalari o’rtaga tashlanadi. Byork nimaiki, qandaydir darajada dahshatli bo’lsa yoki dahshat uyg’osta, o’sha narsa-hodisa ulug’vorlikning asosiy, manbai hisoblanadi, deya ta’kidlaydi. Boshqa hissiyotlarni esa aloqaga nisbat beradi. Aloqaning asosida muhabbat yotadi. Tor ma’noda u – inson zotini davom ettirishga qaratilgan jinsiy aloqa, keng ma’noda butun borliq bilan aloqa. SHunday qilib, Byorkning fikriga ko’ra, insonda ikki xil asosiy intilish bor: o’zini asrashga va aloqaga intilish. SHunga ko’ra, birinchisi – ulug’vorlikning, ikkinchisi esa – go’zallikning manbai hisoblanadi.
Buyuk franstuz faylasufi, estetik va adib Deni Didro (1813 –1884) Yevropaning eng taniqli ma’rifatparvarlaridan biri hisoblanadi. Didro estetik qarashlarining g’oyatda o’ziga xosligi shu bilan belgilanadiki, uning merosida falsafiy masalalar va badiiy amaliyot orasida keskin farq sezilmaydi. Uning ba’zi badiiy asarlari falsafiy risolaga, ayrim falsafiy asarlari va estetik risolalari esa badiiy asarga o’xshatib yozilganini ko’ramiz, xususan, chuqur falsafiy-nazariy fikrlarini u badiiy dialoglar shaklida ifodalaydi. U san’atga umumfalsafiy-nazariy jihatdan yondashar ekan, ayni paytda o’z davridagi ijodkorlar amaliyotiga suyanib ish ko’radi: uni qarashlari alohida, sof nazariya emas, balki san’at taraqqiyotining dolzarb masalalari bilan bog’liq nazariy fikrlardir.
Didro go’zallikni alohida bir narsa yoki o’z-o’zini tashkil etuvchi hodisa sifatida olib qaramaydi. Uning uchun go’zallik munosabat bilan bog’liq. «Go’zallikning vujudga kelishi va tabiati to’g’risida falsafiy tadqiqlar» risolasida: «SHunday qilib, men, – deb yozadi mutafakkir, – aqlimda munosabatlar g’oyasini uyg’otadigan qobiliyatni o’zida mujassam qilgan mendan tashqaridagi hamma narsani deb atayman». Bu bilan Didro mutlaq go’zallikning yo’qligini, u doimo nisbiy ekanini, kimgadir go’zal ko’ringan narsa boshqa odamga go’zallik bo’lib tuyulmasligi mumkinligini ta’kidlamoqchi. «SHundan kelib chiqib, – deb davom etadi u, – mutlaq go’zal narsaning o’zi yo’q esa-da, lekin bizga nisbatan olganda ikki xil go’zallik mavjud: real go’zallik va bizning idrokimizdagi go’zallik ».
Didro, falsafada haqiqat qanday ahamiyatga ega bo’lsa, go’zallik san’atda xuddi shunday muhimligini ta’kidlar ekan, bir san’at turidagi go’zallik ikkinchi san’at turi uchun, bir hodisadagi go’zallik ikkinchi hodisa uchun mohiyatan bir xil esa-da, bizning narsa-hodisaga bo’lgan munosabatimiz tufayli ularni har xil nom bilan atashmiz mumkin deydi: axloqdagi go’zallik – axloqiy, musiqadagi go’zallik – musiqiy, tabiatdagi go’zallik – tabiiy v.h. San’atdagi go’zallikning asosida badiiy haqiqat yotadi; mazmun haqqoniyligi va badiiy soddalik – mana san’atdagi go’zallikning asosiy sifatlari. «Go’zallik ezgulik va haqiqat, – deb yozadi Didro «Rangtasvir borasidagi tajriba» risolasida, – qo’lni-qo’lga berib bir yo’ldan borishadi. Dastlabki ikki sifatdan biri qandaydir kamdan-kam uchraydigan yoki qanaqadir fojeaviy holatga tushishi bilanoq – haqiqat go’zallikka aylanadi. Agar uch jismli kompozistiyani qog’oz yuzidagi uch nuqtani joylashtirish bilan hal qilsangiz, u holda bu – nochor haqiqat, aqldagi jonsiz haqiqat. Bordiyu, shu uch jismdan biri – bizni kunduzi nurafshon etadigan quyosh, ikkinchisi – tunda yog’du sochadigan oy, uchinchisi – o’zimiz yashayotgan Er kurrasi deb tasavvur qilinsa, shu zahotiyoq bu haqiqat ulug’vor va go’zal haqiqatga aylanadi».
Didroning mazkur fikrlari, ko’rinib turibdiki, nafaqat haqiqat, ezgulik va go’zallikning o’zaro aloqalariga taalluqli, balki ularda badiiy tafakkurning ilmiy yoki odatiy jo’n tafakkurdan farqini, bu farqda namoyon bo’ladigan tasavvurning roli beqiyos ekanini anglatadi.
Did masalasi ham Didro estetikasida muhim o’rin tutadi. U, Hyumdan farqli o’laroq, estetik did faqat yaxshi yoki maxsus badiiy tarbiya ko’rgan odamlardagina mavjud bo’ladi, degan fikrni rad etadi, didning demokratik xususiyatini ta’kidlaydi. Ayni paytda go’zallik hissining tug’ilishi borasidagi Didroning fikrlari ham did bilan bog’liq, u Yevropa estetikasi tarixida Kantdan ancha avval go’zallikning «tahlilsiz» (tushunchalarsiz), to’g’ridan-to’g’ri, did yordamida idrok etilishini aytib o’tadi. «Go’zallik hissi, – uzoq davom etgan kuzatishlar mevasi. Biroq biz bu kuzatishlarni qachon amalga oshiramiz? – deb so’raydi va unga o’zi javob beradi. – Har soatda, har daqiqada. Aynan ana shu kuzatishlar bizni tahlil qilish zaruratidan ozod qiladi. Did, o’z hukmining sabablarini hali anglab etmasdanoq, darhol hukm chiqaradi; ba’zan esa bu sabablarni u samarasiz qidiradi va ularni topolmasa ham, baribir, o’z aytganidan qolmaydi... Did, yaxshi did dunyo kabi, odam kabi va fazilat kabi qadimiydir; asrlar uni faqat takomillashtirib boradi, xolos».
Didroning san’at turlariga doir qarashlari ularning real hayotda tutgan o’rnidan kelib chiqadi. Mutafakkir san’atning barcha o’ziga xosliklari bilan bir qatorda, uning ijtimoiy tabiatiga ega ekanini qayta-qayta ta’kidlaydi; adabiyot, teatr, umuman san’at millat tarbiyasida nihoyatda katta rol o’ynaydi. San’at insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilishi, xalqning ruhini ko’tarishi kerak. San’atkor fazilatni – yoqimli, illatni – jirkanch, kulgili narsani kulgili qilib tasvirlashi lozim. Haqiqat, ezgulik va go’zallikning kelib chiqishi tajribaviylik bilan bog’liq. SHu bois xurofotga qarama-qarshi o’laroq, axloq, san’at, fan tabiatni, shu jumladan, o’z tabiatimizni biz qay darajada bilishimizga qarab ravnaq topadi. Toki inson uchun oliy qiziqish insonning o’zi ekan, san’at axloqiylikka, insoniyat jamiyatining ravnaqiga xizmat qilishi, ezgulik tantanasi uchun kurashishi kerak.
Demak, san’at har ikki tabiatga taqlidan rivojlanishi lozim, har bir san’at turining taqlid vositasi bor: she’riyat – so’z, rassomlik – rang, musiqa – ohang bilan taqlid qiladi v.h. Ayniqsa «katta» tabiatda taqlid ob’ektlari san’atkor ko’ziga yaqqol tashlanadi: har bir tabiat yaratgan narsaning o’z tabiati, xarakteri bor. «Jonsiz narsalarda xarakter bo’lmaydi deyish to’g’ri emas. Metall va toshlar o’z xarakteriga ega. Kim oramizda o’rmondagi tolning egiluvchanligini, terakning adlligini, qarag’ayning to’g’riligi, emanning ulug’vorligini ko’nglidan o’tkazmagan? Gullar ichida esa atirgulning nozini, g’unchaning uyatchanligini, liliyaning (piyozgulning) mag’rurligini, binafshaning kamtarligini, qizg’aldoqning beparvo nazokatini kim sezmagan?».
SHuningdek, Didroning nazdida san’at turlari inson tabiatiga, jamiyat tabiatiga o’xshaydi. «Spektakl, – deb yozadi Didro «Aktyor haqida antiqa gaplar» degan mashhur asarida, – har bir a’zosi barcha uchun va butunisicha jamiyat uchun o’z haq-huquqlarini qurbon qiladigan, yaxshi tashkil etilgan jamiyatga o’xshaydi. Kim bu fidoyilik mezonini hammadan yaxshi baholay oladi?.. Jamiyatda, bu – adolatli inson, sahnada – sovuq aql bilan ish ko’radigan aktyor. Sizning ko’chadagi tomoshangiz sahnasi dramatik sahnaga xuddi yovvoyilar o’rdasi stivilizastiyalashgan jamiyatga qaragandek munosabatda bo’ladi».
Didro «sovuq aql bilan ish ko’rish» deganda, ortiqcha yonib-jo’shishlarga, balandparvoz tuyg’ularga berilishni nazarda tutadi. Uning nazdida hissiyotini jilovlay bilmagan aktyor bir xil darajada rol o’ynay olmaydi. Uning muvaffaqiyati ham, nuqsoni ham bir xildagi tasodifiylik tabiatiga ega. SHu bois Didro aktyordan o’z roli va yaratayotgan badiiy qiyofasining umumiy ma’nosidan kelib chiqqan holda, oqilonalik bilan o’zini boshqarishni talab qiladi. Estetik idrok etishda ham u asarga hissiyotdan kelib chiqib baho berishni tavsiya etmaydi. Zero aql ko’pincha hissiyot sezmasdan qoldirib ketgan yoki ortiqcha ko’pirtirib yuborilgan narsalarni topadi va hissiyotning xatosini tuzatadi.
Buyuk franstuz mutafakkiri va uning estetik ta’limoti to’g’risida yana ko’plab mulohazalar bildirish mumkin. Lekin imkon nuqtayi nazaridan xulosa yasaymiz: Didro o’z davri ma’rifatparvarlarining izlanishlarini umumlashtira olgan va san’atga Yangicha qarashni ilgari surgan buyuk alloma. Uning aksariyat asarlari o’z ahamiyatini hozir ham yo’qotgan emas.
Umuman olganda, Yevropa ma’rifatparvarlari insonni san’at, axloqiylik, ilm-fan vositasida tarbiyalashga intildilar. SHu bois axloqiy-estetik omillarga katta e’tibor berdilar, ular orqali Yangi, zamonaviy komil insonni va komil jamiyatni yaratish mumkin degan g’oyani o’rtaga tashladilar. Ma’rifatparvarlar Uyg’onish davri mutafakkirlarining ishini davom ettirdilar va uni Yangi bosqichga ko’tardilar.

Download 303,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish