O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
AMALIY FILOLOGIYA FAKULTETI 402- A GURUH TALABASI
Kamolva Zulayhoning
PEDAGOGIK AMALIYOT HUJJATLARI
Amaliyot rahbari:
TOSHKENT 2022
AMALIYOT HISOBOTI
(21.02.2022y-11.06.2022y)
MA’SUL O`QITUVCHI: ______________________
2022-YIL
HISOBOT MAZMUNI :
I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
II. Bajarilgan ishlar
2.1. O`quv ishlari.
2.2. Ma’naviy - marifiy ishlar.
III. Xulosa va takliflar
I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
Maktab xonalari hali ham qo`shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda.
Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha o‘quvchi yoshlar fan olimpiyadalarida nufuzli o‘rinlarni olib kelishgan.
21.02.2022-yil kuni ilk bor maktabga tashrif buyurdim. Pedagogik amaliyotim davomida nafaqat o`quv, balki, ma’naviy-marifiy ishlar bilan ham tanishib, o`rganib chiqdim.
II. Bajarilgan ishlar
2.1. O`quv ishlari:
- ta’lim muassasasiga kelishim bilan mutaxassislik (O‘ZBEK TILI) fani o`qituvchisi. Iloji boricha dars jarayonining 1 daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka harakat qildim. Universitetda o`qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o`zim uchun kerakli xulosalarni oldim.
- Ustozlarimiz aytganidek, pedagogik amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim.
- Pedagogik amaliyot davrida yordamlari katta bo`di. Ish reja tuzish tartibini o`rgatdi (11.06.2022y ga qadar qaysi mavzular o`tilganligi, yil oxiriga qadar yana qanday mavzular o`tilishini, ularni sinflar kesimidagi farqi, IV chorak oxiri o`quvchilarning ta’tilga chiqishlarini inobatga olish kerakligi hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ish kunlari sifatida tasdiqlangan kunlarning kalendar rejasini taqdim etdi).
Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu orqali bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi.
Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o`rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usiliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg`u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo`lishini oldindan bilib olish mumkin ekan.
- Avezova Gulnora aynan shu sinflarga dars o`tishingiz mumkin yoki o`ta olasiz deb sinf ajratib bermadi. Chunki, maktabda hamma sinf o`quvchilari soni kam va juda tartibli. Ba’zan sinfni o`zimga topshirib ketdi. Dars o`tmoqchi bo`lgan mavzularim uchun o`zim dars ishlanmasi yozib, mavzuga tayyorlanib kelib dars o`tdim.
Dars jarayonida bunday qo`shimcha ma’lumotlardan foydalanish darsning sifatini yanada oshiradi. O`ylaymanki, dars jarayonida qo`llab yaxshi natijalarga erishaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |