PEDAGOGIK AMALIYOT BO‘YICHA HAMKORLIK SHARTNOMASI
№ ___
Samarqand shahri 2019 yil ___sentyabr
Bir tomondan Samarqand davlat universiteti rektori R.I. Xolmurodov nizom asosida ish yurituvchi bir tomondan, Samarqand davlat universiteti akademik litseyi direktori A.M. Umarov nizomga muvofiq ikkinchi tomondan, tomonlarning to‘la ixtiyoriyligi va teng huquqliligi asosida taʽlimning uzluksizligi, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash, talabalarning pedagogik amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy hamkorlikni amalga oshirish hamda ta’lim sifati va samaradorligini ko‘tarish maqsadida ushbu shartnoma tuzildi.
Umumiy qoidalar
Tomonlar shartnoma majburiyatlarining bajarilishiga javobgardirlar.
1.2. Tomonlar o`rtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar amaldagi qonunlar bo`yicha hal etiladi.
2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Samarqand davlat universiteti:
Samarqand davlat universiteti akademik litseyiga ta’lim sohasida har tomonlama ilmiy-uslubiy yordam ko`rsatadi;
Samarqand davlat universiteti akademik litseyida pedagogik amaliyot o’tash uchun amaldagi me’yorlar bo`yicha 2018-2019 o`quv yilida Amaliy matematika va informatika fakulteti Optimal boshqaruv usullari kafedrasining “5130200-Amaliy matematika va informatika” bakalavriat yo’nalishining 16 (o’n olti) nafar bitiruvchi talabalari (amaliyot rahbarlari A.A. Omonov, S.A. Axatqulov) uchun Samarqand davlat universiteti akademik litseyining ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlaydi.
2.2. Samarqand davlat universiteti akademik litseyi:
Samarqand davlat universiteti akademik litseyida universitet talabalarining pedagogik amaliyotini tashkil etadi;
Samarqand davlat universiteti akademik litseyining moddiy-texnik bazasidan amaliyot o`tishda foydalanishlariga imkon yaratadi;
talabalar amaliyotiga Samarqand davlat universiteti akademik litseyining yuqori malakali o`qituvchilarini jalb etadi;
amaliyotning yuqori saviyada va samarali o`tishini ta’minlaydi;
talabalarning amaliyot davridagi faoliyatini baholashda Samarqand davlat universiteti akademik litseyi o`qituvchilarining faol ishtirokini ta’minlaydi.
3. Shartnomaning amal qilishi va qonuniy kuchga kirishi
3.1. Mazkur shartnoma 2019 yil 6 sentyabrdan 2019 yil 30 noyabrgacha amalda bo`ladi va shartnoma taraflar tomonidan imzolangandan so’ng kuchga kiradi.
3.2. Tomonlar o`rtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan taqdirda to`xtatiladi.
3.3. Shartnomani taraflarning o`zaro kelishuviga asosan muddatidan ilgari bekor qilish mumkin.
4. Yakuniy qoidalar
4.1. Mazkur shartnomaga kiritilgan har qanday o`zgartirish va qo`shimchalar yozma shaklda qayd etiladi hamda tomonlarning bunga yetarli vakolatga ega vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
4.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri uchun bir nusxadan - jami ikki nusxada tuziladi va ularning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.
4.4. Mazkur shartnomaga kiritiladigan o`zgartirishlar, qo`shimchalar u ro`yxatdan o`tkazilganidan keyin amalga oshirilishi kerak.
5. Tomonlarning yuridik manzillari:
140104, Samarqand shahri,
Universitet xiyoboni, 15
OO’MTV qarashli
Samarqand davlat universiteti
tel. (66) 239 11 40
fax. (66) 239 12 47
SamDU rektori
prof.R.I. Xolmurodov
___________________
|
703020, Samarqand shahri, Rudakiy ko’chasi, 237-uy
OO’MTV qarashli Samarqand davlat universiteti akademik litseyi
tel. (66) 2324084
SamDU Akademik litseyi direktori
A.M. Umarov
_______________________
|
m.o’ m.o’
Do'stlaringiz bilan baham: |