THE CONTENT AND ESSENCE OF PEDAGOGICAL CLASSES IN THE
INNOVATION CLUSTER OF PEDAGOGICAL EDUCATION
Abstract:
Usbu articles pedagogic teaching innovation clusterida pedoglik
klasslarning content and essence, pedagogic klasslarni organization of ethishning nazarling
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 12 International Conference
basis gamda shtsizasnyay mausularning as an important haipatlari course thought yuril
iganailgan.
Keywords:
educator, profession, class, School, pupil, teacher, system, occupation,
subject, knowledge, skills, orientation, interest, formation.
O„zbekistonda taʼlim tizimini strategik rivojlantirish jarayoni kechmoqda. Shu
jihatdan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik taʼlim
sohasini yanada rivojlantirish chor-tadbirlari to„g„risida”gi Qarori va O„zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 213-sonli “Toshkent
viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to„g„risida”gi Qarorlarida “pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo„lgan yoshlarni
aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy
qilish”[1] hamda “umumiy o„rta taʼlim maktablarining 10-11-sinf o„quvchilari uchun
“Pedagogik sinflar” tashkil etish” vazifasi qo„yilgan [2]. Bu o„rinda ushbu tizimda quyidagi
mexanizmlarni ishlab chiqish taqazo etadi:
- Pedagogik sinflarni tashkil etishning nazariy asoslari;
- “Pedagogik sinflar” tushunchasining mazmuni;
- Pedagogik sinflarni tashkil qilishning amaliy xususiyatlari;
- Pedagogik sinflarni tashkil qilishning metodologik omillari;
-umumiy o„rta taʼlim o„quvchilarini pedagogik kasbiga yo„naltirish metodlari;
- Pedagogik sinflarda mashgʼulotlarni o„tkazish mexanizmlari.
Pedagogik sinflar – bu innovatsion pedagogik tizim bo„lib, ular umumiy o„rta taʼlim
maktablari 10-11-sinf o„quvchilarini “pedagog kasbiga yo„naltirish” maqsadida quyidagicha
tashkil etiladi:
- viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari bilan kelishilgan holda umumiy o„rta taʼlim
maktablari tanlanadi;
- “Pedagogik sinflar” mashgʼulotlar mavzulari tuziladi;
- mashgʼulotlar o„quvchilarning bo„sh vaqti va ular uchun qulay vaqtlarda o„tkaziladi;
- mashgʼulotlarni oliy taʼlim muassasalari professor – o„qituvchilari olib boradi.
Tashkil etiladigan “Pedagogik sinflar”ning asosiy vazifalari:
- o„quvchilarni pedagog kasbiga qiziqtirish va yo„naltirish;
- o„quvchilarga pedagogik maʼrifat berish;
- pedagogik kasbining mazmun-mohiyati va uning jamiyatdagi o„rni to„gʼrisida
tushuncha berish;
- “Pedagogika” fanining asoslari bo„yicha boshlangʼich bilim berish;
- pedagogik tushunchalar, bilimlar va uslublar bo„yicha suhbatlar, treninglar,
so„rovnomalar hamda testlar o„tkazish;
-
professor-o„qituvchilarga
o„quvchilarni
“Ustoz-shogird”
tizimi
asosida
shakllantirish.
Eʼtibor berilsa, “Pedagogik sinflar” o„quvchilarga qo„shimcha bilim berish, ularni
kasbga yo„naltiruvchi aniq tizim va vositadir. Shu sababli mazkur innovatsion pedagogik
tizim imkoniyatlaridan oqilona foydalanish kerak bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |