Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik


MAVZU. SHARQIY YEVROPA MAMLAKATLARIDA DEMOKRATIK INQILOBLAR VA SOTSIALISTIK LAGERNING PARCHALANISHI



Download 5,07 Mb.
bet8/95
Sana14.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#448436
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Bog'liq
jahon tarixi 11 uzb

MAVZU. SHARQIY YEVROPA MAMLAKATLARIDA DEMOKRATIK INQILOBLAR VA SOTSIALISTIK LAGERNING PARCHALANISHI




Sotsialistik tuzumning parchalanishi. Sharqiy Yevropa mamlakatla- rida sotsialistik tuzumning ag‘darilishi turlicha ko‘rinishda amalga oshirildi. Qayta qurish davrida faol islohotlar olib borgan, mafkuraviy plyuralizmni o‘rnata olgan va rahbarlari o‘zgarishlarning muqarrarligini his qilgan mamlakatlarda sotsializmning qulashi ancha silliq kechdi.

Polshada aholining mamlakatdagi sotsialistik tuzumdan norozilik namoyishlari 1988-yildan boshlab kuchayib bordi va ular siyosiy islo- hotlarni, Lex Valensa boshchiligidagi «Birdamlik» kasaba uyushma- sining erkin faoliyat yuritish huquqini talab qildi.


1989-yili bo‘lib o‘tgan saylovlar hukm- ron Polsha birlashgan ishchi partiyasi- ning (PBIP) obro‘yi tushib ketganligi, ayni paytda, muxolifatdagi «Birdamlik» kasaba uyushmasining ommalashib bo- rayotganini ko‘rsatdi. Yangi tarkibdagi parlament konstitutsiyaga o‘zgarish kiri- tib, Polshani demokratik huquqiy dav-

lat deb e’lon qildi. PBIP o‘z faoliyatini
Lex Valensa

to‘xtatdi. 1990-yili navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Lex Valensa g‘alaba qozondi.




Ion Iliyesku
Ruminiyada kommunistik rejimning qulashi jiddiy harbiy to‘qnashuv oqibatida yuz berdi. 1989-yil de- kabrda Timishoara shahrida aholining N. Chaushesku rejimiga qarshi tinch namoyishi Ruminiya maxfiy xiz- mati xodimlari tomonidan o‘qqa tutilishi mamlakat bo‘ylab qo‘zg‘olonning boshlanishiga olib keldi. Armiya qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tdi. Bir necha ming kishi- lik olomon tank qismlari yordamida Davlat kengashi- ni qamal qildi. Qo‘zg‘olon N. Chaushesku va uning rafiqasini sud qilish, sudning hukmiga ko‘ra otib tash- lash jarayoni bilan tugadi. Qo‘zg‘olonda mingdan ortiq

kishi halok bo‘ldi. Hokimiyat qo‘zg‘olon kunlari tashkil qilingan Milliy qutqarish fronti qo‘liga o‘tdi. Qo‘mita raisi bo‘lgan Ion Iliyesku 1990-yil- gi saylovlarda mamlakat prezidenti etib saylandi.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng muhim voqealardan biri Germaniyaning birlashishi bo‘ldi. 1980-yillar oxirida Germaniya De- mokratik Respublikasida ijtimoy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz avj olib, 1989-yil noyabrda ikki nemis davlatini ajratib turgan Berlin de- vorining qulashiga olib keldi. Bu amalda ikki Germaniya o‘rtasidagi chegaraning ochilishi edi. 1990-yil sentabr oyida Moskvada ikki ne- mis davlatini bitta – Germaniya Federativ Respublikasiga birlashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.



Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish