«Afrika yili» deb nomlangan davrda dunyo xari- tasida nechta mustaqil davlatlar paydo bo‘lgan?
XX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan modernizatsiyaning ijobiy natijalari ham rivojlanayotgan mamlakatlarda bir qator muammo- larni keltirib chiqardi. Ulardan biri demografik muammo bo‘lib, hozir Yer yuzi aholisi o‘sishining asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hayot kechirish manbalarining cheklangani holda aholi sonining jadal o‘sishi dolzarb muammolarni yanada ko‘- paytirmoqda. Jumladan, aholining eng boy qismi bilan eng kambag‘al qismi daromadi o‘rtasidagi farq juda yuqoriligicha qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |