Markaziy Osiyo mamlakatlariga, odatda, O‘zbekistondan tashqari
Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston kiradi.
Qozog‘iston Respublikasi. 1991-yil 16-dekabrda Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Shu yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylov- larida Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti etib saylandi. 1993-yil Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda eng katta vakolatlar prezidentga berildi. Hukumat iqtisodiy is- lohotlarni boshlab yubordi.
1993-yil noyabrda milliy valuta – tenge muomalaga kiritildi. Shu yil dekabrda Qozog‘iston hukumati yirik neft konsernlari bilan Kaspiy dengizining shimoliy qismida qidiruv o‘tkazish to‘g‘risida keli- shuv imzoladi. Yirik korxonalarni xususiylashtirish amalga oshirildi. Shu yili parlament mamlakat poytaxtini Akmola shahriga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qildi. U 1998-yildan «Ostona» deb ataladigan bo‘ldi.
O‘tgan davrda Qozog‘iston iqtisodiyotining asosiy sohalari neft, gaz va metallurgiya bo‘lib qoldi. Aynan shu sohalarning hisobiga iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham jadal o‘sishga erishildi.
2007-yil fevralda N. Nazarboyev prezident- ning vakolat muddatini yetti yildan besh yilga o‘zgartirish, parlament deputatlari sonini oshi-
rish tashabbusi bilan chiqdi. Bu MDH dav-
Nursulton Nazarboyev
latlarida keng tarqalgan siyosiy texnologiya bo‘lib, konstitutsiyada bir kishining ikki muddatdan oshiq prezident bo‘lishiga qo‘yilgan taqiqni chetlab o‘tishning yo‘li bo‘lib qoldi. N. Nazarboyev ham konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishdan so‘ng prezidentlik saylovlarida yana o‘z nomzo- dini qo‘yish imkoniga ega bo‘ldi.
2010-yili Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Ammo 2011-yili Mangistau viloyatida mehnat sharoiti va oylik maoshidan norozi bo‘lgan neft konlari ishchilarining mustaqillik davridagi eng yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Janaozen shahridagi tartibsizliklarda 15 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab namoyishchilar qamoqqa olindi.
2015-yili bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida
N. Nazarboyev g‘alaba qozondi.
Turkmaniston. 1991-yil 26-oktabrda refe- rendum o‘tkazilib, unda qatnashganlarning aksariyati Turkmaniston mustaqilligi uchun ovoz berdi. 1991-yil dekabrda mamlakat MDHga a’zo bo‘ldi. 1999-yildan Xalq Maj- lisi qaroriga ko‘ra Saparmurod Niyozov dav- lat boshlig‘i lavozimini umrbod egalladi.
S.Niyozov hukumati muxolifatchi partiyalar faoliyatini taqiqladi. U «Turkmanboshi» un-
Saparmurod Niyozov
vonini oldi. S. Niyozovning «Ruhnoma» nomli kitobi ommaviy ax- borot vositalarida keng targ‘ib qilinib, o‘quv yurtlarida o‘qitildi. S. Ni-
yozov 2006-yili vafot etdi. Turkmaniston prezidenti etib Gurbanguli Berdimuhamedov saylandi.
Gurbanguli Berdimuhamedov
Markaziy Osiyo davlatlari
Mustaqillik yillari avvalida Turkmaniston iqtisodiyoti chuqur inqirozda edi. 1998-yili YIM hajmi 1991-yilga nisbatan ikki marta kamayib ketdi. Mamlakatda oziq-ovqat tan- qisligi yuz berdi, aholining yashash darajasi keskin tushib ketdi. Bir qator kundalik iste’mol mollarini fuqarolar o‘rtasida bepul tarqatish va xizmatlarni bepul ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi ahvolni biroz yaxshiladi. Gaz qazib chiqarishning o‘sishi
ham mamlakat iqtisodiga katta madad bo‘ldi.
2000-yillarning boshlaridan Turkmaniston inqirozdan chiqib oldi. Tabiiy boyliklar, birinchi o‘rinda tabiiy gazning juda katta zaxi- ralari ko‘plab mamlakatlar va transmilliy korporatsiyalarni o‘ziga jalb qilmoqda. Ammo so‘nggi yillarda jahonda uglevodorodlarga talabning pasayishi bilan Turkmaniston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari susaydi. 2015-yili mamlakatda boshlangan moliyaviy inqiroz 2016-yili yanada avjiga chiqdi.
2017-yil sentabr oyida Ashxobod shahrida Yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari o‘tkazildi. Bu o‘yinlar Turkmanistonning sayyoh- lik salohiyatini oshirishga va chet el investitsiyalarining ko‘payishiga xizmat qilishi mumkin.
Tojikiston. 1991-yil 9-sentabr kuni Toji- kiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Mustaqil- likdan keyin mamlakatning turli mintaqa- laridagi mahalliy elitalar o‘rtasida hokimi- yat uchun kurash qizib ketdi. Bu kurash 1992-yildan 1997-yilgacha davom etgan fuqa- rolar urushiga olib keldi. Urushdan mamlakat
juda katta iqtisodiy zarar ko‘rdi.
Imomali Rahmon
1994-yil 6-noyabrda Tojikiston konstitutsiyasi qabul qilindi va shu kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida Imomali Rahmonov Toji- kiston Prezidenti etib saylandi.
Mamlakatda tinchlik o‘rnatilgandan so‘ng, hukumat Rossiya, Xitoy, Eron bilan hamkorlik qilib, mamlakat iqtisodiyotini tiklashga kirishdi. Tojikiston tog‘li o‘lka bo‘lganligi uchun uning gidroenergetika im- koniyatlari katta.
Tojikiston 2000-yil Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligini ta’sis qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. U Shanxay hamkorlik tashkilotiga, Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risida shartnoma tashkilotiga qo‘shildi. To- jikiston, Rossiya, Xitoy va Eron bilan hamkorlikda bir necha yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishni boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |