Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik



Download 5,07 Mb.
bet25/95
Sana14.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#448436
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95
Bog'liq
jahon tarixi 11 uzb

Armaniston. 1991-yil 21-sentabrda Armanistonda respublika ma- qomi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Unda qatnashganlarning mut- laq ko‘pchiligi Armanistonning SSSR tarkibidan chiqishi uchun ovoz berdi. Shundan so‘ng «Armanistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida deklaratsiya» qabul qilindi. Shu tariqa referendum Armanistonda res- publika tuzumini o‘rnatdi. 1991-yil oktabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Levon Ter-Petrosyan Armanistonning birinchi prezidenti etib saylandi. Armanistonning mustaqil davlatga aylanishi boshqa respublikalarga nisbatan o‘zgacha asosda yuz berdi. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmidayoq mustaqillik uchun kurash tashqi omil – Tog‘li Qorabog‘ muammosi qizigan bir paytda boshlandi. Tog‘li Qorabog‘ni qo‘shib olish arman jamiyatida etnik birlashish, tarixiy adolatning qaror topi- shi sifatida qaraldi. Bu kurash jarayonida kommunistik partiya rahbar-

lari o‘rniga kelgan milliy siyosiy elita shakl- landi. Shu elita bugun ham Armanistonning rivojlanish yo‘nalishini belgilab kelmoqda.
SSSRning so‘nggi yillarida birinchilardan bo‘lib ittifoq markaziga qarshi kurash boshla- gan Armaniston, mustaqillikdan so‘ng Moskva bilan munosabatlarini aniq belgilab oldi. Ayrim sobiq respublikalar qatorida sovetlarning aybi uchun zamonaviy Rossiyani ayblamadi. Buning


Serj Sargsyan

sabablaridan biri Tog‘li Qorabog‘ masalasida Armanistonning Rossiya- ga tayanishi edi. Chunki Armanistonning Ozarbayjon va Turkiya bi- lan chegaralari amalda yopiq, Gruziya bilan munosabatlari murakkab, Eron bilan ancha jiddiy geosiyosiy kelishmovchiliklar mavjud. Shu tariqa Rossiya Armanistonning mintaqadagi yagona ittifoqchisi bo‘lib qolmoqda. 2008-yili Armaniston prezidenti etib saylangan Serj Sarg- syan shu siyosatni ustalik bilan davom ettirib kelmoqda.

Armaniston sanoati asosan sovet davrida yaratilgan. U SSSRning ichki bozoriga dastgohlar, uskunalar, to‘qimachilik va boshqa sanoat mahsulotlari yetkazib berib, o‘rniga xomashyo va elektr energiyasi olar- di. Qishloq xo‘jaligi yirik agrosanoat komplekslari bazasida rivojlandi.
Armaniston – industrial-agrar mamlakat. Uning yerosti qazilma boy- liklari ancha katta miqdorni tashkil qiladi. Sintetik kauchuk, to‘qima- chilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va mashinasozlik rivojlangan.





Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish