Pdf-xchange 0 Examples


sidebar.php — saytning biror tomoni(o’ng, chap)ni hosil qiladigan fayl;  single.php



Download 6,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/253
Sana26.03.2022
Hajmi6,97 Mb.
#510918
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   253
Bog'liq
konf02

sidebar.php
— saytning biror tomoni(o’ng, chap)ni hosil qiladigan fayl; 
single.php
— bitta maqolani ko’rsatishda ishlatiladigan fayl, ya’ni 
maqolani to’liq ko’rganda; 
style.css
— sayt stillari saqlanadigan fayl; 
search.php
— qidirsh natijalari sahifasi uchun fayl; 
404.php
— sahifa toplmaganda, shu fayl ishlaydi. 
Yuqoridagi fayllar barcha shablonlarda mavjud bo’lib, faqat ichidagi 
kodlari o’zgarishi mumkin, asos bir xil. 
Umumiy rasmda ko’radigan bo’lsak: 


134 
Shablonlar qanday tuzilganini bilish zarur, agar bilmasangiz, biror 
muammo bo’lib qolsa, aynan qaysi faylni o’zgartirish kerakligini topaolmaysiz. 
“WORDPRESS” TIZIMINI O’RGATUVCHI DASTURINI TA’LIM 
JARAYONIGA JORIY ETISH METODIKASI 
Azimov B.R.
Andijon davlat universiteti 
“Wordpress”tizimini o’rgatuvchi dasturini “Ta’lim saytlarini boshqarish” 
fanida qo’llash o’rinli, chunki “Wordpress” tizimida saytlar yaratish, boshqarish, 
sozlash, ma’lumotlar kiritish chiqarish va boshqa amallarni bajarishimiz, 
bajarganda ham bularning barchasini kodlarsiz tizim imkoniyatlaridan foydalanib 
mukammal amalga oshirishimiz mumkin. 
“Wordpress” tizimini o’rgatuvchi dasturi “Ta’lim saytlarini boshqarish” 
fanini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘qitish tizimi va talabalarning fanni chuqur 
o‘rganishlari, fanni mustaqil o‘zlashtirishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv 
jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan. Yaratilgan “Wordpress”tizimini 
o’rgatuvchi dasturdan foydalanib talabalar fanning seminarlar, laboratoriya 
ishlari, mustaqil ishlar va amaliy topshiriqlarni o‘rganadi va o’zi mustaqil sayt 
yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi.


135 
“Wordpress” tizimini o’rgatuvchi dastur “Ta’lim saytlarini boshqarish” 
fanining bir qismi bo’lganligi uchun bu fanning ma’ruza mashg‘ulotlarida 
foydalanish metodikasini keltirib o’tamiz. 
Ta’lim saytlarini boshqarish fanining metodikasi 7 ta bosqichdan iborat 
bo‘lib, ular quyidagilar: 
Birinchi bosqich. Mashg‘ulotlarga tayyorlanishda eng avvalo talabalarning 
berilgan muayyan mashg‘ulotlarga tayyorgarligi avtomatlashtirilgan holatda 
talabalarning ma’ruza mashg‘uloti mavzusi bilan bog‘liq nazariyani bilishi; 
muayyan ma’lumotlarni bilishi; uy vazifalarining to‘g‘ri bajarilganligi 
tekshiriladi. Bundan tashqari, bu bosqichda talabalarning ma’ruza 
mashg‘ulotlarida zarur bo‘lgan nazariy bilimlarni faollashtirish maqsadga 
muvofiqdir. Buning uchun bir ma’lumotning o‘zi parallel barcha displeylarda bir 
vaqtning o‘zida hamma talabalarga ko‘rsatiladi, ya’ni kadrlar birin-ketin 
o‘tkaziladi. Kadrning chidamlilik vaqti qo‘rsatilayotgan materialning 
murakkabligiga bog‘liq ishlash vaqti bilan ya’ni 15 – 20 sekund tenglashtirilishi 
shart. 
Biroq past o‘zlashtiradigan talabalar mashg‘ulotning bu bosqichida 
dastlabki o‘rnatilgan ma’lumotlardan foydalanishlari uchun, ularga murojaat 
qilishni ma’ruza mashg‘ulotlarining butun davri mobaynida ruhsat berish 
maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi tizimni ishga tushiradi va talabalarga 
talabalarga kerakli ma’lumotlarni tizimda joylashgan o‘rnini tushuntiradi. 
Talabalar esa diqqatni jamlab, o‘qituvchi faoliyatini kuzatadi. Bu bosqichda 
asosiy maqsad talabalarning diqqatini jamlash bo‘lib, joriy ishlarni amalga 
oshirgan holda, uni 5-10 minut bilan chegaralash mumkin. 
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda o‘qituvchi mavzuni e’lon qiladi, fanni 
maqsad va vazifalari, mavzu rejalari, undagi tayanch tushunchalar, ma’ruza 
mazmuni, kutilayotgan natijalar bilan talabalarni tanishtiradi. Oldingi mavzu 
bilan joriy mavzuni bog‘laydi. Talabalar bu bosqichda o‘qituvchi bergan 
ma’lumotlarni tinglaydilar va o‘qituvchi talabalarda keltirilgan axborotlarga 
nisbatan kuchli motivatsiyani shakllantirish zarur. Bu bosqichga 10 minut vaqt 
ajratiladi. 
Uchinchi bosqich. Bu bosqichda o‘qituvchi talabalarga o‘qitish tizimidan 
foydalangan 
holda 
mavzuni 
tushuntirib 
beradi. 
Mashg‘ulotlarning 
samaradorligini oshirishda: 
- mashg‘ulotda foydalanilayotgan usullarning bir xilligini yo‘qotish; 
- etarlicha dasturli o‘rgatish elementlarini mashg‘ulotda qo‘llash; 
- mashg‘ulotda vaqtdan foydalanish ratsionalligini ta’minlash; 
- muammoli o‘qitish elementlarini ko‘proq qo‘llanilishi; 
- mashg‘ulotda videofilm, multimedia vositalaridan ko‘proq foydalanish 
maqsadga muvofiq. 
Bunda o‘qituvchining nutqi muhim oddiy, tushunarli, emotsional nutqga 
ega bo‘lishi kerak. Asosiy e’tiborni yangi tushunchalar, tayanch iboralarni 
tushuntirishga qaratish, ortiqcha so‘zlarni ishlatmasligi kerak. Bu bosqichning 


136 
asosiy maqsadi - talabalarda keltirilgan axborotlarni ilmiy bilimlarni tizimli 
ravishda berish, ularda ijodiy izlanuvchanlikni, ijtimoiy hamkorlikni 
rivojlantirish. Bu bosqichga 25 daqiqa vaqt ajratiladi. 
To‘rtinchi bosqich. Tahlil bosqichida o‘qituvchi talabalar tomonidan 
kiritilgan g‘oyalarning qizg‘in tahlil qilinishi uchun sharoit yaratadi. Talabalar 
axborotlarning ba’zi jihatlarini aniqlashga va kiritilgan g‘oyalarni, fikrlarni 
qizg‘in tahlil qilib, eng to‘g‘ri g‘oya va fikrlarni aniqlab oladilar. Bu bosqichda 
talabalarning dars davomida o‘rganish, bilim olish faolligini oshirish, ularning 
shaxsiy fikrlarini dadil aytishiga, erkin, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga 
erishiladi. Talabalarda muammo mohiyatini to‘g‘ri idrok qilish, keng mantiqiy 
fikrlash uchun barcha imkoniyatlaridan foydalanadilar. Bu bosqichga 15 daqiqa 
vaqt ajratiladi. 
Beshinchi bosqich. Nazorat bosqichida talabalarning ma’ruzadagi tayanch 
tushunchalar, yangi bilimlar qanday o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi. Bunda 
o‘qituvchi elektron (kompyuterlar orqali) yoki qog‘oz (tarqatma material) variant 
bo‘yicha testlardan foydalanadi. Talabalar mavzudagi asosiy tayanch 
tushuchalarni o‘rganadilar va ularda faollik, ijodkorlik hissi rivojlanadi, o‘z 
xatolarini tuzatish va yanada yaxshi bilim olishga intilish oshadi. Bu bosqichga 
15 daqiqa vaqt ajratiladi. 
Oltinchi bosqich. Vazifa bosqichida talabalarga o‘qitish tizimi yordamida 
yordamida talabalarning test savollari natijalari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari 
talabalarning test savolllariga javoblari tahlil qilinadi va mavzuni mustahkamlash 
bo‘yicha tavsiyalar va materiallar to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish, 
fan bo‘yicha foydali saytlar nomi. Bu bosqichda talabalar mavzuni 
o‘zlashtirishlarini tushunib, mavzu bo‘yicha o‘z kamchilik va nuqsonlarini anglab 
olishadi. Bu bosqichga 5 daqiqa vaqt ajratiladi. 
Ettinchi bosqich. Yakuniy bosqich bo‘lib, o‘qituvchi mavzu xulosasini 
aytadi va darsga yakun yasaydi. Ma’ruza mashg‘ulotining bu bosqichi o‘tkazilgan 
ishlarning tahlili va muhokamasiga bag‘ishlanadi. Bu bosqichda o‘qitish tizimi 
qo‘yidagilarni amalga oshirishi mumkin: talaba mashg‘ulotdagi ishlarning 
muvaffaqiyatini baholaydi, ya’ni elektron variantda o‘qituvchi pochtasiga o‘z 
talab va takliflarini jo‘natishi yoki anketa-so‘rov savollariga javob beradi. 
O‘qitish tizimini amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash, texnika sohasidagi 
fanlar uchun – bu nazariy yo‘riqnomalarni mustahkamlash va ko‘nikmalarni 
oshirish maqsadidagi mashq va masalalarni yechishdir. 


137 

Download 6,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish