Pdf-xchange 0 Examples


O’QITISHNI TASHKIL QILISH JARAYONIDA ONLAYN KURSLAR



Download 6,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/253
Sana26.03.2022
Hajmi6,97 Mb.
#510918
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   253
Bog'liq
konf02

O’QITISHNI TASHKIL QILISH JARAYONIDA ONLAYN KURSLAR 
TIZIMINI YARATISH 
Musurmonov U. 
A.Qodiriy nomli JDPI 
Texnikaning rivojlanishi ayniqsa XXI-asrda jadallashdi. Buning natijasida 
xayotimizga inernet tizimi kirib keldi. Internet tizimining kirib kelishi esa 
xayotdagi har bir soxalarning xayotida katta burilish yasadi. Bulardan birinchi
о‘rinda ta’lim tizim bо‘lib, ta’lim tizimida yuksalishni yanada tezlashtirdi. 
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri xisoblanadi. Foydalanuvchi 
nuqtai nazaridan taxlil qiladigan bо‘lsak, internet birinchi navbatda tarmoq 
mijozlariga о‘zaro ma’lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib 
beruvchi "informatsion magistral" vazifasini о‘taydi, ikkinchidan esa unda 
mavjud bо‘lgan ma’lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil 
etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini о‘rganishda, 
marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muxim
vositalaridan biriga aylandi. 


347 
Internetning 
informatsion 
funksiyasi 
birinchi 
navbatda 
tarmoq 
foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish 
bо‘lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jaxon miqyosida nihoyatda tez 
sur’atda e’lon qilish (nashr qilish) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. 
Internetning yuqori suratlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va 
nashrchilikda keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida 
dunyoning har qanday joyidagi eng sо‘nggi voqea-xodisalardan xabardor bo’lish, 
gazeta va о‘quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish, xamda ularni keng 
о‘quvchilar ommasiga tarqatish, xozirgi mavjud usullardan bir necha о‘n barobar 
arzon, tez va samaraliroq bо‘ladi. 
Internetning kommunikatsion funksiyasi foydalanuvchilarning masofadan 
turib о‘zaro muloqot kilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga 
misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet telefon va real vaqt 
oralig’idagi bevosita xabar almashish, messenjerlar yordamida amalga 
oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari internetning 
kommunikatsion funksiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqot qilish, 
videokonferensiyalar uyushtirish, bir shaxardan turib ikkinchi shaxar kо‘chalarini 
(masofadagi Web kameralar yordamida) tomosha qilish va muzeylariga tashrif 
buyurish, hamda tabiat manzaralaridan rohatlanish imkoniyatlarini yaratib beradi. 
Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimiga internet singib ketgan desak 
mubolag‘a qilmagan bо‘lamiz. Masalan, ulardagi kurslarni kо‘rib о‘taylik. Ular
ochiq va yopiq kurslarni ta’lim tizimiga keng joriy qilingan.
Yopiq kurs bu Internet orqali biror bir bilim dargoxida bilim olish va u 
yerning diplomini olish deganidir. Masalan, Rossiya davlatining Intiut.ru saytiga
a’zo bо‘lgandan sо‘ng har bir rо‘yxatdan о‘tgan foydalanuvchi elektron manziliga 
tanlangan kurs, ta’lim yо‘nalishiga oid darslarini jо‘nata boshlaydi. U yerda ishchi 
rejalar, ma’ruzalar, qо‘llanmalar, foydalanish mumkin bо‘lgan adabiyotlar kabi 
ma’lumotlarni jо‘natishadi. Ularni rо‘yxatdan о‘tgan elektron pochtaga 
jо‘natiladi (qisqacha ma’lumot, xabar beriladi) va har bir kurs nihoyasida test 
sinovlari yordamida olingan bilim baholanadi. Agar kurs yuzasidan olingan 
bilimining kamida qoniqarli bо‘lsa, albatta diplom yoki sertifikat beriladi. Bu 
albatta о‘rganuvchiga cheksiz imkoniyat deganidir.Bunda bir vaqtning о‘zida bir 
necha oliy о‘quv yurtlarida taxsil olish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda 
bunday onlayn kurslarni taqdim etuvchi saytlar kun sayin ko’payib, berilayotgan 
bilim darajasining saviyasi oshib bormoqda. Hozirgi kunda onlayn kurslarni 
taqdim etuvchi saytlar sirasiga o’zbek saytlaridan grantlar.uz saytnini misol qilsak 
bo’ladi. Bu sayt onlayn o’quv kurslarini taqdim etishda bir qancha saytlar bilan 
hamkorlikni yo’lga qo’ygan.
Ko’plab turli axborot tizimlarining, ayniqsa, internet tizimining tashkil 
qilinishi, zamonaviy kommunikasiya hamda multimedia xizmatini amalga 
oshiruvchi vositalarning ishlab chiqilishi har bir foydalanuvchiga, talabaga 
jahondagi istalgan axborot bazalariga kirib borish va ulardagi ma’lumotlardan 
istalgancha foydalanish imkoniyatlarini berdi. Shuning uchun ham zamonaviy 


348 
axborot texnologiyalari va tizimlaridan xabardor bo’lib borish hamda ulardan 
foydalana bilish har bir mutaxassisning vazifasidir. 

Download 6,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish