193
XORIJIY TILLARNI O`QITISHDA INNOVATSION AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Abdurahmonova M
Asaka qishloq xo’jalik KHK
Bugungi kunda xorijiy tilni bilish o’ta muhim ahamiyat kasb etganligi bois
chet tili o’qitish tizimini ham isloh etish, dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning
ilg’or usullarini qo’llash ta’limdagi dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda
o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish, o’sib kelayotgan yosh avlodning chet
tillarga qiziqishini yanada oshirish va o’z navbatida, shu tillarda erkin so’zlasha
oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shu bilan
bir qatorda ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot
resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni
rivojlantirishlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish ko’zda tutilgan. Chet
tillarni
izchil
o’rganishda
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Bunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan foydalanish
nazarda tutiladi. Shunday vositalardan biri - interfaol elektron doskadir. Ushbu
doskalar ijodkor o’qituvchilar
uchun darslarni qiziqarli, noan’anaviy tarzda
tashkil etish hamda har qanday murakkablikdagi mavzularni o’quvchilarga oson
tushuntirish imkonini beradi. Undagi ko’plab tasvirli rolik va ovozli fayllar esa
o’quvchilarga o’qish, yozish, sanashga oid ko’nikmalarini shakllantirish, nutqni
soddalikdan murakkablik sari rivojlantirib borishga ko’maklashadi.
Bugungi kunda interfaol elektron doskalarning bir qator, jumladan,
“SensBox”, “Interwrite DualBoard” va “Uboard” turlari mavjud bo’lib, ular
respublikamiz maktablarida tashkil etilgan tajriba-tadqiqot
maydonlarida
muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan. Albatta, bu kabi o’quv-texnika vositalarini
amaliyotga keng joriy etish, birinchi galda, o’qituvchilardan ma’lum ko’nikma va
ulardan samarali foydalanishni talab etadi.
Hozirgi zamonda dars berishni kompyutersiz, texnik vositalarsiz
tasavvur qilib bo`lmaydi o`qituvchi ijodkor, tashabbuskor bo`lmasa, o`z
ustida
mukammal ishlamasa, uning o`quvchilari uni bilim jihatdan kuchli o`qituvchi
sifatida qabul qilmaydi. Faqat kitob yoki bo`r bilan ishlash orqali yuqori natijaga
erishib bo`lmaydi. Chet tili darslarida kommunikativ usul orqali o`quvchilarning
nutqini o`stirish, kompyuterda tayyorlangan tarqatma materiallarni ya`ni: kvizlar,
mashqlar, chaynvordlar, rasmli topishmoqlar,
mini testlar va anketa
so`rovnomalar orqali o`quvchilarning bilimlarini grammatik va stilistik jihatdan
sinash mumkin.
Bir mashhur Amerikalik o`qituvchi ta`kidlab o`tganidek: “Yaxshi
o`qituvchi darsga uyda tayyorgarlik ko`rib kelib darsda dam oladi”. Demak,
194
o`qituvchi darsga kerakli materiallar bilan qurollangan bo`lsa u faqatgina
o`quvchilarni ishlatib ularning vaqtini bekor o`tishiga yo`l qo`ymaydi shu bilan
birga u darsning qiziqarli o`tayotganidan zavqlanadi, bunday o`qituvchi kelajakda
yuksak muvaffaaqiyatlarga erishadi.
Hozirgi kunda axborot va pedagogik texnologiyalarni o’quv
jarayonlarida qo’llash jahon amalyotida keng tarqalmoqda. Bu sohada ayniqsa
AQSH, Angliya, Italiya, Fransiya, Rossiya,
Yaponiya, Xitoy, Indoneziya kabi
mamlakatlarda bir qancha yutuqlarga erishilmoqda. Mustaqil O’zbekiston
Respublikasida ham yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim
tizimini tubdan isloh qilishda, yangi pedagogik texnologiyalarga alohida o’rin
ajratilgan. Maqsad — pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda
xalq xo’jaligining barcha sohalarida faol ish yurita oladigan kadrlar yetkazishdan
iborat.
Bularni amalga oshirishda o’quv jarayonida komputer texnikasidan,
zamonaviy informatsion texnika
vositalaridan foydalanish, shu bilan birgalikda
astoydil izlanib, elektron darsliklar, o’quv darsiklarining elektron versiyalarini
yaratish, virtual stendlardan foydalanish lozim. Bu talabalarning dastur
materiallarini izchillik bilan to’la o’zlashtirib, olgan
bilimlarini amalda tadbiq
qilish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: