Choy damlash
Chinni choynak qaynab turgan suvda chayib tashlanadi, so‘ng
quruq choy solinib, choynakning 1/3 qismiga qaynab turgan suv quyiladi, qopqog‘i
yopilib, usti sochiq bilan yopib qo‘yiladi. 5-10 minut davomida choy damlanadi.
Damlangan choyning ustidan qaynab turgan suv quyib, choynak to‘ldiriladi va
64
biroz tindirilib tayyor holga keltiriladi. Damlangan choyni plita chetida uzoq
saqlash yoki qaynatish taqiqlanadi, chunki bunda choy o‘ziga xos qo‘lansa hidga
ega bo‘lib, o‘z sifatini yo‘qotadi. Damlanib suyuqligi ajratilgan choy shamasi
ustiga quruq choy solib choy damlash ham ma‘lum darajada damlangan choy
sifatiga ta‘sir ko‘rsatadi. Damlangan choy bir soat davomida o‘z sifatini saqlab
turadi. Choylarni tarqatishda damlangan choy stakanga quyilib, stakan osti idishiga
choy qoshig‘i bilan qo‘yib beriladi. Alohida maxsus kichik taqsimchalarda qand,
shakar, murabbo, limon parragi, konfet, taqsimchalarda pirojniy, gumma, tort,
qandolatchilik mahsulotlari; chuqur idishlarda sut, qaymoq beriladi. Bundan
tashqari choyni porsiyalangan stakanda damlash uchun mo‘ljallab qadoqlangan
maxsus qopchiqda ham berish mumkin. Alohida choynakda qaynagan suv beriladi.
Choyxonalarda damlangan choy kichkina chinni choynaklarda beriladi. Bir
vaqtning o‘zida katta choynakda qaynagan suv, stakan va choy qoshiq beriladi.
Agar shakarli choy ko‘proq miqdorda tayyorlab tarqatiladigan bo‘lsa, choy
damlanayotgan paytda unga shakar qo‘shib tayyorlash mumkin. Choylarni
tarqatishda turli shiravorlar va non mahsulotlarini tavsiya qilish mumkin.
Jumladan, konfet, shokolad, pryanik, pirojniy, pechene, pirog va boshqalar. Ko‘k
choy shakarsiz, piyolada ichiladi, unga sharq qandolat mahsulotlari, kishmish,
bargak qo‘shib beriladi.
Kofe, kakao, shokolad
Sof kofe.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga kofe qovurilgan donador holda
va yanchilgan holda keltiriladi. Yanchilgan kofe turpi bilan yoki turpsiz holda
tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Kofening muhim tarkibiy qismi kofein bo‘lib,
o‘ziga xos ta‘sir etuvchi xususiyati bilan boshqa mahsulotlardan farqlanadi. Kofe
tarkibida oqsil, yog‘, shakar bo‘lib, bu uning ozuqalik qimmatini belgilaydi.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga sof kofedan tashqari kofeli ichimliklar ham
keltiriladi. Ular suli, soya yoki jelud va boshqa mahsulotlardan sof kofe qo‘shilgan
yoki qo‘shilmagan holda tayyorlanadi. Sof kofe qo‘shilgan holda «Nasha marka»,
«Arktika», «Do‘stlik», kofe qo‘shilmagan holda «Oltin boshoq» kofe ichimliklari
tayyorlanadi. Kofe tayyorlashning bir necha usuli bor. Biroq bu usullarning
65
barchasi quruq kofe tarkibidagi xushxo‘r ekstrakt moddalarni xushta‘m ichimlikka
aylantirishdan iborat. Agar quruq kofe donachalari ichimlik tayyorlashdan avval
yanchilib suyuqlikda aralashtirilsa, kofe sifati yuqori darajada bo‘ladi. Yirikroq
yanchilgan kofening xushxo‘rligi ko‘proq saqlanib, rangi tiniq bo‘ladi. Kofelarni
yanchish uchun tegirmon, kofe yanchuvchi mashinalardan foydalanish mumkin.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida kofe tayyorlash uchun maxsus
«Ekspress» kofe pishirgich, qopqog‘i zich bekiladigan kofe pishiruvchi idishdan
foydalaniladi va sof qora kofe, sutli yoki qaymoqli kofe, limonli kofe,
ko‘pirtirilgan qaymoqli kofe, sharqcha kofe, muzqaymoqli kofe tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |