Erigan fluslar. Uning tarkibidagi komponentlarni eritish yo‘li bilan tayyorlanadi. Erigan fluslar metalni avtomatik payvand- lashda asosiy payvandlash ashyosi sifatida ishtirok etadi. Al I- 348-A, AII—348-AM, AII—348-B, AII—348-BM, AII—60 va ФС—9 turdagi fluslar mexanik payvandlash uchun uglerodli va kam legirlangan payvandlash simi bilan uglerodli va kam legir- langan po’latlarni payvandlash uchun qo’llaniladi. A^—8 rusumli fluslar uglerodli va kam legirlangan payvandlash simi bilan kam legirlangan po‘latlarni payvandlashda va uglerodli va kam legir- langan po‘latlarni elektr-shlak payvandlash usullarida ishlatiladi. A^15M, AH-18, AH—200, AH-20CM va А^20П rusumli fluslar o‘rta legirlangan po‘latlarni va yuqori legirlangan po‘lat- larni eritib qoplash va yoyli avtomatik payvandlash uchun qo‘lla- niladi. A^—22 rusumli flus elektr-shlak payvandlash va yoyli avtomatik eritib qoplash va kam va o‘rta legirlangan po‘latlarni payvandlashda ishlatishga mo’ljallangan. A^—26C, A^—26CП va A^—26П rusumli fluslar zanglamaydigan, korroziyabardosh va issiqbardosh po‘latlarni avtomatik va yarim avtomatik pay- vandlashda ishlatiladi. A^—17M, A^—43 va A^—47 rusumli fluslar yuqori mustahkamlikli uglerodli, kam va o‘rta legirlangan po‘latlar yoyli payvandlash va eritib qoplashda qo‘llaniladi.
Payvandlash uchun eritilgan fluslarning kimyoviy tarkibi qu- yidagi jadvalda keltirilgan
6.13-jadval
Payvandlash uchun eritilgan fluslarning kimyoviy tarkibi, %
Flus ru- sumi
|
SiO2
|
MnO
|
CaO
|
MgO
|
A12°3
|
Na , О va K,O
|
CaF,
|
Fe2O3
|
S
|
P
|
c
|
kamida
|
AH-348-A
|
41,0-44,0
|
34,0-38,0
|
<6,5
|
5,0-7,5
|
<4,5
|
—
|
4,0-5,5
|
2,0
|
0,15
|
0,12
|
—
|
ОСЦ-45
|
38,0-44,0
|
38,0-44,0
|
<6,5
|
<2,5
|
<5,0
|
—
|
6,0-9,0
|
2,0
|
0,15
|
0,15
|
—
|
API—348- AM
|
41,0-44,0
|
34,0-38,0
|
<6,5
|
<4,5
|
<4,5
|
—
|
3,5-4,5
|
2,0
|
0,15
|
0,12
|
—
|
ОСЦ-45М
|
38,0-44,0
|
38,0-44,0
|
<6,5
|
<2,5
|
<5,0
|
—
|
6,0-9,0
|
2,0
|
0,15
|
0,10
|
—
|
API—60
|
42,5-46,5
|
36,0-41,0
|
3,0-11,0
|
0,5-3,0
|
<5,0
|
—
|
5,0-8,0
|
1,5
|
0,15
|
0,15
|
—
|
ФС-9
|
38,0-41,0
|
38,0-41,0
|
<6,5
|
<2,5
|
10,0- 13,0
|
—
|
2,0-3,0
|
2,0
|
0,10
|
0,10
|
—
|
AH-8
|
33,0-36,0
|
21,0-26,0
|
1,0-7,0
|
5,0-7,5
|
11,0—
15,0
|
—
|
13,0-19,0
|
1,5- 3,5
|
0,15
|
0,15
|
—
|
AH-20C, AH-20CM, АН-20П
|
19,0-24,0
|
<0,5
|
3,0-9,0
|
9,0-13,0
|
27,0- 32,0
|
2,0-3,0
|
25,0-33,0
|
1,0
|
0,08
|
0,05
|
—
|
AH-22
|
18,0-21,5
|
7,0-9,0
|
12,0-
15,0
|
11,5-15,0
|
19,0- 23,0
|
1,0-2,0
|
20,0-24,0
|
l,o
|
0,05
|
0,05
|
—
|
AH-26C, АН-26СП, АН-26П
|
29,0-33,0
|
2,5-4,0
|
4,0-8,0
|
15,0-18,0
|
19,0- 23,0
|
—
|
20,0-24,0
|
1,5
|
0,10
|
0,10
|
0,05
|
Izoli: Plus rusumining nomlanishidagi indekslar quyidagilarni anglatadi: C — shishasimon; П — pemza simon; M — mayda
6.16-rasm. ho‘l usulda bak bilan flusni maydalash va eritish uchun elektr o‘choq.
Eritib tayyorlangan fluslarning afzalliklari:
kimyoviy tarkibining bir xilligi;
yuqori mexanik mustahkamligi;
yuqori nambardoshligi.
Eritib tayyorlangan fluslarning kamchiliklari. Uning birdan-bir kamchiligi eritib tayyorlanadigan fluslar tayyorlashda ular tarki- biga metall kukunlarini toza holda kiritib bo‘lmasligidadir.
Eritib tayyorlangan fluslarni ishlab chiqish. Flusni ishlab chiqa- rish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: xomashyolarni (mar- ganetsli ruda, kvars qumi, bo‘r, plavikli shpat va boshqalar) kerakli o‘lchamlargacha maydalanadi; ularni maxsus og‘irlik nisbatlarida aralashtiriladi; gaz alangali yoki elektr yoy pechlarda eritiladi; maxsus o‘lchamli fluslar donachalariga ega bo‘lishi uchun dona- dorlanadi. Flusni donadorlash uchun erigan flusni oqizish kerak shunda flus suvda sovib mayda bo‘laklarga parchalanadi. So‘ng flusni barabanlarda yoki quritish shkaflarida quritib elakdan o‘tkazib, fraksiyalarga ajratiladi.
Donadorlash ikki usulda, ya’ni, ho‘l va quruq usullarda amalga oshiriladi.
Quruq usulda donadorlashda, maxsus pechda suyuqlantirilgan flus maxsus idishlarga solib sovitiladi, so‘ng ularni maydalab elab olinadi. Bu usul asosan nam tortuvchi fluslarni tayyorlashda ish- latiladi.
Ho‘l usulda pechda eritilgan flus pechdan chiqaziladi va max- sus oqar suvi bo‘lgan hovuzga in- gichka oqim ko‘rinishda quyiladi, ayrim holatlarda bu tushayotgan flus oqimini suv oqimi bilan par- chalab turiladi (6.16-rasm). Ho- vuz tagiga yig‘ilgan flus yig‘ib olinadi, quritiladi va elab olinadi.
Fluslarni pechda eritgandan so‘ng ularni pechda yana qan- cha vaqt ushlab, so‘ng tashqari- ga chiqarilganiga qarab fluslar shishasimon yoki po‘kaksimon bo‘lishi mumkin. Bir xil tarkib- dagi po‘kaksimon flus shishasi- mon flusdan 1,5-2 marotaba
yengil bo‘ladi. Po‘kaksimon fluslar asosan katta payvandlash toki va tezligida payvandlashda ishlatiladi va chokning yaxshi shakl- lanishini ta’minlaydi.
Eritilgan payvandlash uchun mo‘ljallangan fluslarni hajm og‘irligi, tuzilishi, rangi va flus donachalarining o‘lchamlari 6.14-jadvalda keltirilgan.
6.14-jadval
Eritilgan payvandlash uchun mo‘ljallangan fluslarning hajm
og‘irligi, tuzilishi, rangi va flus donachalarining o‘lchamlari
Flus rusumi
|
Donachalarn- ing tuzilishi
|
Donachalarning rangi
|
Donacha- larning o‘lchami, mm
|
Hajm og‘irli- gi, kg/ dm3
|
A// 348-A
|
shishasimon
|
Sariq va jigar ranglarn- ing barcha tuslari
|
0,35—3,0
|
1,3-1,8
|
All 348-AM
|
0,25—1,60
|
ОСЦ—45
|
Och kul rang, sariq va jigar rangning barcha tuslari
|
0,35—3,00
|
ОСЦ—45М
|
1,25—1,60
|
ФЦ—9
|
Och sariq va jigarrang- ning barcha tuslari
|
0,25—1,60
|
AH 60
|
Pemzasimon
|
Oq, sariq rangning bar- cha tuslari va jigarrang
|
0,35—4,00
|
0,7—1,0
|
AH 20П
|
Oq va och kul rang
|
0,35—4,00
|
AH 26П
|
Och kul rang
|
0,35—3,00
|
AH—8
|
Shishasimon
|
Sariq va jigarrangning barcha tuslari
|
0,25—2,50
|
1,5—1,8
|
AH 20С
|
Och kul rang va och havo rang
|
0,35—3,00
|
1,2 1,7
|
AH 20(31
|
0,25—1,60
|
AH 22
|
Sariq rangning barcha tuslari va och jigarrang
|
0,25—2,50
|
1,5—1,8
|
AH 26С
|
Kul rangning barcha tuslari va och yashil
|
0,25—2,50
|
1,3—1,8
|
AH 26СП
|
Shishasimon va pemzasi- mon donacha- larning aral- ashmasi
|
Kul rangning barcha tuslari va och ko‘k
|
0,25—4,00
|
0,9—1,3
|
Tayyorlangan fluslar maxsus metall yoki polietilen idishlarda saqlanadi.
Sopol fluslar turli xil tabiat ashyolari va ferro qotishmalarning mexanik aralashmasidan tashkil topgan.
Al IK-35 rusumli flus Св-08 va Св-08А kam uglerodli payvandlash simlari bilan kam uglerodli po‘latlarni payvand- lash uchun ishlatiladi. A^K—46 rusumli flus kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni payvandlash uchun ishlatiladi. A^K—47 va A^K—30 rusumli fluslar yuqori sovuqqa chidam- li choklarni payvandlash uchun ishlatiladi. A^K—45 rusumli flus yuqori legirlangan po‘latlarni payvandlash uchun ishlatila- di. AHK-40, AHK-18, AHK-19 rusumli fluslar Св-08 va Св-08А kam uglerodli payvandlash simlari bilan eritib qoplash ishlari bajariladi.
Sopol fluslarning afzalliklari. Sopol fluslarni tayyorlanish tex- nologiyasi ular tarkibiga har qanday metall kukunini toza holatda qo‘shish va shu bilan payvand chokni ushbu metall bilan legirlash imkoniyatini beradi. Shu sababli bunday fluslar universal fluslar bo‘lib hisoblanadi.
Sopol fluslarning kamchiliklari. Bu fluslarning asosiy kamchiliklari ular- ning tarkibini kimyoviy bir xil emasligi, mexanik mustahkamligi pastligi, nam tortuvchanligi yuqoriligi bilan namoyon bo‘ladi.
Sopol fluslarni ishlab chiqish. Xomash- yolar (kremnezyom, marganetsli ruda, plavikli shpat, ferro qotishmalar va bosh- qalar)ni parchalab, maydalab, me’yor- lab va hosil bo‘lgan aralashma yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng suyuq shisha suv eritmasida kerakli nisbatda aralashtirila- di va donadorlash qurilmasidan o‘tkazib sharsimon donador birikmalar hosil qila- di (6.17-rasm). Nam donadorlar quritila- di va toblantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |