Payvandlash jihozlari



Download 3,1 Mb.
bet35/166
Sana10.04.2022
Hajmi3,1 Mb.
#541005
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   166
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

3.8-rasm. Uzlukli choklar:
a — zanjir chok; b — shaxmatsimon chok.

List detallarni ustma-ust qilib ba’zan, yuqorigi listda parma- langan teshiklar bo‘yicha alohida nurlar bilan yoki yuqorigi listni parron eritib payvandlanadi. Bu choklar nuqta choklar yoki elektr-parchin choklar deb ataladi.
Payvand birikmani ishlatishda unga ta’sir etuvchi kuchlar- ning yo‘nalishi bo‘yicha choklarni yon tomongi choklarga, pesh choklarga (yo‘nalishga perpendikular choklarga), qiyshiq choklar- ga (yo‘nalishga burchak ostida joylashgan choklarga) va kombi- natsiyalashtirilgan choklarga bo‘linadi (3.9-rasm).

3.9-rasm. N yuklamaga nisbatan payvand choklarning turlari:
1 - yon tomongi; 2 — pesh chok; 3 — qiyshiq chok;
4 - kombinatsiyalangan chok.

Payvandlashda fazodagi vaziyatga qarab pastki, yarim verti- kal, vertikal, yarim ship, ship choklarga, shuningdek, vertikal tekislikdagi gorizontal choklarga va «qayiqcha» (в ёодочку) deb ataladigan burchak choklarga bo‘linadi (3.10-rasm). Ular bir-biri- dan payvandlanadigan detal sirtining joylashish burchagi bilan farq qiladi.

3.10-rasm. Payvand choklarini fazoda joylashuvining belgilanishi.

Bajarish uchun eng qiyin ship chokdir, chok pastki vaziyatda eng yaxshi shakllanadi. Ship, vertikal va gorizontal choklarni, odatda, yirik gabaritli konstruksiyalarni tayyorlashda va, ayniqsa, montaj qilishda bajarishga to‘g‘ri keladi. Tavrsimon, ustma-ust va burchakli birikmalarning burchak choklarini payvandlashda chok «qayiqcha» usulida payvandlash yo‘li bilan yaxshi shakllanadi.

    1. Payvand birikmalar va payvand choklarning chizmalarda
      belgilanishi


Payvand birikmalar va choklarning turi, ularning o‘lchamlari va chizmada belgilanishi davlat standartlari bilan belgilab qo‘yilgan.
Chizmalarning rejalarida va yon tomondan ko‘rinishlarida ko‘rinadigan chokning joyi tutash chiziq bilan, ko‘rinmaydigan chokni punktir chiziq bilan belgilanadi. Ko‘ndalang kesimlarda chokning chegaralari tutash yo‘g‘on chiziqlar bilan, payvandlana- digan detallarning qirralari esa ingichka tutash chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Chokni uning tasvirida strelkasi bir tomonlama og‘ma chiziq bilan va ikkinchi uchida chokning shartli belgisini yozish uchun tokcha (polka) bilan belgilanadi.
3.11-rasmda kvadrat ichidagi raqamlar bilan belgilangan ma’lumotlar quyidagi elementlardan iborat: 1 — berk kontur bo'yicha bajarilgan chokning shartli belgisi; 2 — payvandlashning ayni usulida chokning belgilangan standart belgisi; 3 — chokning harfiy-raqamli belgisi; 4 — payvandlash usulining shartli belgisi; 5 — burchak chokning kateti (katetning belgisi va o'lchami, mm); 6 — uzlukli chok uchun payvandlanadigan uchastkaning uzunligi va chokning zanjirli yoki shaxmatsimon ekanligini bildiruvchi belgi; 7 — yordamchi belgilar (3.1-jadval). Belgilash elementlari bir-biridan defis bilan ajratiladi (yordamchi belgi- lardan tashqari).



Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish