3.1-rasm. Uchma-uch payvand birikmalar:
a — bir xil qalinlikdagi detallar birikmasi; b — turli qalinlikdagi detallar birikmasi; d — qirralari qayrilgan detallarning birikmasi; e — chokning eni; s — detal qalinligi; q — chokni kuchaytirish balandligi (yoki botiqlik chuqurligi); b — erish eni; c — qirralarni qayirish balandligi.
rasm. Burchakli payvand birikmalar:
a — har ikkala qirrani eritib; b — bitta qirrani eritib; d — ichki chok hosil
qilib; e - bitta qirrani qayirib; K — chok kateti.
rasm. Tavrsimon payvand birikma:
h - erish chuqurligi; K — chok kateti.
rasm. Ustma-ust payvand birikmalar:
a - bir tomonlama chokli; b — ikki tomonlama chokli; d — ikki tomonla-
ma ustquymali; e — uchma-uch birikma chokiga o’xshatib bir tomonlama
ustquymali; S — payvandlanadigan detallar qalinligi; Pi — ishlatiladigan
yuklamaning yo‘nalishi.
Payvand birikmaning har qaysi turining o‘z afzalliklari va kam- chiliklari bor. Uchma-uch birikma eng ko‘p tarqalgan. Uni pay- vanlanadigan detallar qalinligining keng diapazonida qo‘llash mumkin. Detallar qalinligi millimetrning o‘nli ulushlaridan yuzlab millimetrgacha bo‘lishi mumkin. Payvandlashning bu turi deyarli hamma payvandlash usullarida qo‘llaniladi. Uchma-uch biriktirishda chok hosil qilish uchun qo‘shimcha material kamroq sarflanadi, chok sifatini nazorat qilib turish oson va qulay. Bi- roq uchma-uch biriktirishda eritib payvandlash uchun detallarni aniqroq yig’ish talab etiladi — qirralar orasidagi tirqishning bu- tun ulanish uzunligi bo‘yicha bir xil bo‘lishini ta’minlash zarur. Ayniqsa, ulanadigan uzun qirralarni (bir necha metrgacha) va profilli prokat (burchaklar, shvellerlar va boshqalar)ning qirrala- rini ishlash va moslash juda murakkabdir.
Burchakli va tavrsimon birikmalar, odatda, payvandlanadigan detallar konstruksiyasining xususiyatlariga qarab belgilanadi, bu- larni uchma-uch va ustma-ust birikmalar bilan taqqoslash qi- yin. Biriktiriladigan detallarning qalinligi katta bo‘lganida uch- ma-uch, burchakli va tavrsimon birikmalarda biriktiriladigan qirralarga ishlov beriladi (3.5-rasm), bu ishlov qirralarning to‘la erishini ta’minlaydi. Elektr-shlak usulida payvandlashda, ba’zi hollarda yoy bilan payvandlashda, qirralar orasidagi tirqishni kat- talashtirib ishlov berishning hojati yo‘q.
Ustma-ust birikmalarida ishlov berishning hojati yo‘q, bu ul- arning afzalliklaridan biridir. Ular yig‘ish oddiyligi bilan ajralib turadi: ustma-ust joylashtirish kattaligi (uzunligi) hisobiga yig‘ila- digan detallarning o‘lchamlarini moslash, detallar qirralarining noparallelligiga dopuskni (joiz o‘lchamni) kattalashtirish mum- kin. Biroq ustma-ust payvandlash asosiy material sarfini ko‘pay- tirishni talab etadi — ustma-ust joylashtirish kattaligi eng yupqa detalning kamida uchta qalinligiga teng bo‘lishi kerak. Detallar orasida tirqishga ustma-ust qo‘yilgan detallar uzunligi bo‘yicha nam tushishi mumkin, bu esa birikmaning zanglashiga olib ke- ladi. Ustma-ust birikmada detalni nazorat qilish murakkab, ba’zi bir nuqsonlar (masalan, chala payvandlanish) bilinmaydi.
Usma-ust birikmada payvand choklar turli tekisliklarda joy- lashgan bo‘ladi, ishlatish vaqtida ularda murakkab kuchlangan- lik holati yuzaga keladi, shuning uchun ustma-ust birikmalar o‘zgaruvchan yoki dinamik yuklamada yomon ishlaydi. Mustah- kamlikni oshirish uchun uchma-uch birikma bilan kombinatsi- yalashtirilgan holda ust qo‘ymalar quyilgan ustma-ust birikmalar qo‘llanadi (3.4-rasmga qarang). Uchma-uch va ustma-ust birik- malarning kamchiliklari, ularning afzalliklarini saqlab qolgan holda, erib ketadigan kichik planka bilan biriktirish yo‘li bilan bartaraf etiladi (3.6-rasm). Payvandlash jarayonida yuqorigi qirra- ga qo‘yiladigan kuch ta’sirida qizigan metall deformatsiyalanadi, yuqorigi qirra cho‘kadi, chok xuddi uchma-uch birikmadagidek
hosil bo‘ladi (shakllanadi). Erib tushgan planka qo‘shimcha material bo‘lib xizmat qiladi. Qirralarining qalinligi 5 mm dan kam bo‘lgan aluminiy qotishmalaridan tayyorlangan detallarni yoy bilan payvandlashda erib ketadigan kichik planka qo‘yib payvand- lash (biriktirish), ayniqsa, yaxshi natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |