Ko‘mir elektrodlari bilan dastakli payvandlash. Mis ko‘mir elektrod bilan 40—55 V kuchlanishda to’g’ri qutbli o’zgarmas tok- da uzun (10—15 mm) yoy yordamida payvandlanadi. Mis (II) oksidi hosil bo‘lmasligi uchun jadal, to‘xtamasdan va tanaffus- siz, kamida daqiqasiga 0,25 m tezlikda payvandlash kerak. Eritib qo‘shiladigan simning uchi elektrod uchi bilan asosiy metalning erigan vannasi orasida, vannaga botirilmagan holatda tutilishi kerak. Elektrod payvandlanadigan tunukaga nisbatan 70—80° burchak ostida, eritib qo‘shiladigan sim esa 30° burchak ostida tutilishi lozim.
Eriyotgan sim payvandlash vannasiga tomchi tarzida tushishi zarur. Eritib qo‘shiladigan metall tariqasida sof (elektrolitik) mis yoki 90,2% mis, 9,27% qalay va 0,25% fosfordan iborat. БрОФ9— 0,3 rusumli fosforli bronzadan tayyorlangan simdan foydalaniladi. Metalni oksidlanishdan saqlash hamda mis (II) oksidini yo‘qotish uchun quyidagi tarkibdagi fluslar ishlatiladi (12.3-jadval).
12.3-jadval
Tarkibi, %:
|
Flus raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
bor kislotasi
|
—
|
50
|
10-20
|
-
|
qizdirilgan bura
|
100
|
50
|
60-70
|
50
|
natriy gidrofosfat
|
—
|
—
|
-
|
15
|
kremniy kislotasi
|
—
|
—
|
-
|
15
|
yog’och ko’mir
|
—
|
—
|
-
|
20
|
osh tuzi
|
—
|
—
|
20-30
|
-
|
БрОФ9—0,3 markali simlar bilan payvandlashda flus tariqa- sida 94-96% bura 4—6% metall magniy (kukun)dan iborat ara- lashma ishlatiladi.
Latunni ko‘mir elektrod bilan payvandlashda misni payvand- lashda qo‘llaniladigan fluslar va payvandlash rejimlaridan foyda- laniladi. Latunni 40% rux va 4,5 % marganetsdan iborat ЁЦМ— 40-4,5 rusumli sim bilan ko’mir yoyda payvandlash yaxshi natijalar beradi. Flus tariqasida bor shlaki yoki bura ishlatiladi.
Ko‘mir elektrod bilan payvandlashda to‘g‘ri qutbli tok ishlati- lishi lozim. Tok qiymati metall elektrod diametrining har 1 mm iga 25—35 A ni tashkil etishi kerak. Elektrod diametri 5 dan 12 mm gacha olinadi (odatda 6—8 mm), yoy kuchlanishi 40—45 V, yoy uzunligi 20—26 mm.
Payvandlab bo‘lgandan keyin quyma bronza detallar 600— 700°C da yumshatiladi. Chok metali zich va mustahkam bo‘lishi uchun prokat qilingan bronza sovuqlayin bolg‘alanadi.
Fosforli bronza tarkibida 9—11% qalay va 0,5—1% fosfor, qol- gani misdan iborat bo‘lgan metall elektrodlar bilan payvandlana- di. Qalayli bronzani payvandlash uchun 8% rux, 3% qalay, 6% qo‘rg‘oshin, 0,2% fosfor, 0,3% nikel, 0,3% temir, qolgani misdan iborat simlar ishlatiladi. Aluminiyli bronzani payvandlashda ish- latiladigan chiviqlar tarkibi 8,5—9,5% aluminiy, 1,5—2,5% mar- ganets, 1% temir va qolgani misdan iborat bo‘ladi.
Ko‘mir elektrod bilan payvandlashda eritib qo‘shiladigan sim tariqasida, metall elektrod bilan payvandlashda qanday tarkibdagi sim ishlatilsa, xuddi shunday simdan foydalaniladi.
Ko‘mir elektrodi bilan payvandlashda eritib qoplangan metall mustahkamlik chegarasini tashkil etadi: qalayli va kremniyli bronzalar uchun — 350-400 MPa, aluminiyli bronzalar uchun — 400 — 450 MPa.
Do'stlaringiz bilan baham: |