Misni metall elektrod bilan yoyli dastakli payvandlash. Misni metall elektrod bilan payvandlashda M1, M2 va M3 simlar yoki БрКМц-3-1 rusumli bronzadan tayyorlangan qoplamli mis elektrodlar qo‘llaniladi. Ularning qoplamlariga oksidsizlantir- gichlar sifatida ferromarganets, ferrosilitsiy, kremniyli mis va boshqalar qo‘shiladi. Chokning orqa tomonini oksidlanishdan saqlash uchun chok ostidagi taglik o‘yig‘iga qoplam tarkibi kabi tarkibli flus sepiladi. Qoplam tariqasida tarkibi 43% si- manal (kremniy, marganets, aluminiy qotishmasi), 30% plavik shpat, 14% dala shpati, 8% grafit, 5% potash, quruq aralashma vazniga nisbatan 45% suyuq shishadan iborat MM3-2 flusdan foydalaniladi. Qoplam qalinligi 0,35—0,8 mm ni tashkil eta- di. Sim diametrining har bir 1 mm iga 50-60 A teskari qutbli o‘zgarmas tok olinadi. Yoy iloji boricha kalta bo‘lishi, metall esa juda tez payvandlanishi kerak. Metalning qalinligi 4 mm gacha bo‘lganida chetlari qiyalanmaydi. 4 mm dan qalin bo‘lsa, chet- lari 30—35° burchak ostida qiyalanadi. 4 mm dan qalin metall oldindan 250—300°C gacha qizdirib payvandlanadi. Payvand- lab bo‘lgandan keyin tezda suvda sovitiladi. Zich bo‘lishi uchun chok bolg‘alanadi.
Tarkibidagi kislorod 0,01 % dan oshmaydigan mis tarkibi 50% ferromarganets, 8% ferrosilitsiy, 10% plavik shpat, 12% dala shpa- ti va qoplamining quruq qismi og‘irligiga nisbatan 20% suyuq shishadan iborat.
Tarkibida kislorod 0,01% dan ortiq bo’lgan misni БрОФ9—0,3 markali bronzadan tayyorlangan simli ko‘mir elektrod yordamida payvandlash kerak.
Elektrod o‘zagi diametrining har 1 mm iga 50 A tok tanlanadi.
Latunni metall elektrod bilan yoy yordamida payvandlashda to‘g‘ri qutbli o‘zgarmas tok ishlatiladi. Chok pastki holatda kalta yoy bilan payvandlanadi. Diametri 5 mm elektrod uchun tok 250— 275 A ga teng bo’lishi kerak. Payvandlash tezligi daqiqasiga kamida 0,3—0,4 m bo‘ladi. Payvandlab bo‘lgandan keyin chok bolg’alanadi, so’ngra 600 — 650°C da yumshatiladi. Agar latun tarkibidagi mis 60 % dan kam bo‘lsa, latun 650°C haroratda, mis 60 % dan ortiq bo‘lsa, sovuqlayin bolg‘alanadi. Latunni bitta qatlam hosil qilib payvandlash kerak. Chunki, ko‘p qatlamlab payvandlashda darz ketishi mumkin.
Elektrod tariqasida tarkibi 38,5—42,5% rux, 4—5% marga- nets, 0,5% aluminiy, 0,5—1,5% temir, 1% boshqa qo‘shilmalar, qolgani misdan iborat latun sim ishlatiladi. Qoplam 30% mar- ganetsli ruda, 30% titan konsentrati, 15% ferromarganets, 20% bo‘r, 5% kaliy sulfat, 35% suyuq shisha (surtmaning quruq qism- lari yig’indisiga nisbatan)dan iboratdir. Qoplam 0,2-0,3 mm qalinlikdan surtiladi. Qoplam qotganidan keyin unga 0,9—1,1 mm qalinlikda flus qatlami surtiladi. Flus tariqasida bronzani payvandlashdagi proporsiyada suyuq shishada qorilgan bor shla- gi ishlatiladi.
Bronzalarni metall elektrodlar bilan payvandlash keng qo‘lla- nilmoqda. Metall elektrod bilan payvandlashda teskari qutb- li o‘zgarmas tokdan foydalaniladi. Tok qiymati metall elektrod diametrining har 1 mm iga 30—40 A ni tashkil etishi kerak. O‘zgaruvchan tok ishlatish ham mumkin. Lekin yoy barqaror yonishi uchun tok elektrod diametrining har 1 mm iga 75-80 A dan olinadi. Tanaffus qilmasdan va elektrodni ko‘ndalangiga tebratmasdan payvandlash zarur.
Elektrod simi tarkibi asosiy metall tarkibiga nisbatan olina- di. Ko’pgina quyma bronzalar rusumlari uchun, БрКМцЗ-l ru- sumli bronzali elektrodlar ishlatiladi.
Bronzalarni payvandlash bir qatlam bo‘yicha to‘xtovsiz bajari- ladi. Elektrodni metall yuzasiga nisbatan perpendikular ravishda ushlanadi. Gazlarni yanada yaxshiroq bartaraf etish uchun elek- trod bilan zigzagsimon harakatlar qilinadi. Bronzalarni eriydigan metall elektrod bilan payvandlash to‘g‘ri bajarilsa chok metali mexanik xususiyatlari asosiy metall mexanik xususiyatlari bilan bir xil bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |