rasm. Dastakli kislorod-yoyli kesish chizmasi:
a — o’rnatish sxemasi; b — elektrod va kesuvchi soploning joylashish
sxemasi: 1 — kislorod balloni; 2 — reduktor; 3 — keskich; 4 — kesilayot-
gan metall; 5 — tutashish; 6 — elektrod; 7 — elektrod tutqich; 8 — niqob;
9 — payvandlash transformatori; 10 — biriktirgich ajratgich;
11 — tarmoq; 12 — elektrod; 13 — yoy.
havo-yoy yordamida kesish. Havo-elektr yoyi vositasida ke- sishda metalni buyum va ko‘mir elektrod orasida yonuvchi yoy bilan suyultiriladi va siqilgan havo oqimi yordamida siljitiladi (9.3-rasm).
rasm. havo-yoy yordamida kesish jarayonining sxemasi:
1 — keskich; 2 — havo oqimi; 3 — ariqcha; 4 — ko‘mir elektrod.
Metallarni havo-elektr yoyi yordamida kesishda teskari qutbli o‘zgarmas tok ishlatiladi, chunki to‘g‘ri qutbli tokdan foydalanilsa, metalning katta hududda suyuqlanib, uni havo vositasida siljitish qiyinlashadi. O‘zgaruvchan tokdan foydala- nish ham mumkin. Havo-elektr yoyi vositasida kesish uchun quyidagi kesgichlardan foydalaniladi: a) havo oqimi ketma-ket joylashgan kesgichlar; b) havo oqimi halqasimon joylashgan kesgichlar.
Elektrodga nisbatan havo oqimi ketma-ket joylashgan kes- gichlarda siqilgan havo elektrodning bir tomonidan o‘tadi.
Havo-elektr yoyi vositasida kesish uchun ko‘mir va grafit elek- trodlardan foydalaniladi. Grafit elektrodlar ko‘mir elektrodlarga qaraganda chidamliroq. Elektrodlar doiraviy va plastinkasimon shaklda bo‘ladi. Havo-elektr yoyi vositasida kesishda tok kattaligi quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
I=K-d
e
bu yerda: I — tok ko’chi, a;
de — elektrod diametri, mm;
K — elektrod materialining issiqlik fizik xossalariga bog’liq bo‘lgan koeffitsient bo‘lib, ko‘mir elektrodlar uchun 40—48 A/ mm, grafit elektrodlar uchun 60—62 A/mm.
Havo-elektr yoyi vositasida kesish uchun energiya manbalari sifatida standart payvandlash o‘zgarmas tok o‘zgartirgichlari yoki payvandlash transformatorlaridan foydalaniladi.
Kesgich bosimi 0,4—0,6 MPa bo‘lgan sex tarmog‘idan yoki ko‘chma kompressorlardan ta’minlanadi. Havo-elektr yoy vosi- tasida kesishda 0,7 MPa dan ortiq siqilgan havodan foydalanish yaramaydi, chunki kuchli havo oqimi yoyning turg‘un yonishini keskin yomonlashtirib yuboradi.
Havo-yoy vositasida kesish, sirtni tekislashga va kesib ajra- tishga bo‘linadi. Metall va payvand choklaridagi nuqsonli joylarni to‘ldirish, shuningdek, chok asosini va faskalarni olib tashlash uchun sirtni tekislash ishlari olib boriladi. Faskani ayni bir vaqtda listning har ikki chetidan olish mumkin. Tekislash vaqtida hosil bo‘ladigan ariqchaning kengligi elektrod diametridan 2—3 mm ortiq bo‘lishi kerak.
Kesib ajratishda va sirtni tekislashda kesgichning joylashishi 9.4-rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |