Donador va quyma qattiq qotishmalar
Erimaydigan elektrod bilan yoyli dastakli eritib qoplashda de- tallarda yeyilishga chidamli qatlamlar hosil qilish uchun C-2M, ФБХ6-2, БХ va КБХ ГОСТ 11546-75 bo’yicha rusumli kukun- lar mexanik aralashmalaridan foydalaniladi.
Stalinit (C-2M)— sanoatda keng ishlatiladigan arzon qotish- ma bo‘lib, tuyilgan ferroxrom, ferromarganets, cho‘yan qirindi va neft koksi aralashmasidan iboratdir. Stalinitning kimyoviy tarkibi quyidagicha: xrom 24—26%, marganets 6—8,5%, uglerod 7—10%, kremniy 3% gacha, oltingugurt 0,5% gacha, fosfor 0,5% gacha,
qolganlari temir. Stalinit bilan eritib qoplashda qattiqlik kamida 54 HRC tashkil etadi.
8.3-jadval
Eritib qoplash uchun elektrodlar
Elektrod turlari
|
Elektrodlar markasi
|
Eritib qoplash
|
Э — 10Г2
Э — 11Г3
Э — 12G4
Э — 15Г5
Э — 30Г2ХМ
|
ОЗФ 250У
ОЗФ 300У
ОЗФ 350У
ОЗФ 400У
HP 70
|
Intensiv ravishda zarbiy yuklanishlar- da ishlaydigan detal- lar
|
Э — 16Г2ХМ
Э — 35Г6
Э — 30В8Х3
Э — 35Х12В3СФ
Э — 90Х4М4ВФ
|
0ЗШ—1 Ц^4 ЦШ-1 Ш-16 ОЗИ-3
|
Issiq shtampovka- lashda ishlatiladigan shtampovkalar
|
Э — 37X9C2
Э — 70X3CMT
Э — 24X12
Э — 20X13
Э — 35Х12Г2С2
Э — 100X12M
Э — 120Х12Г2СФ
Э — 10М9Н8К8Х2СФ
|
ОЗШ-3 ЭН 60M Ц^5 48Ж-1 РЖ 3
ЭН-Х12М
Ш-1 ОЗШ-4
|
Issiq shtampovka- lashda ishlatiladigan shtampovkalar
|
Э — 65X11113
Э — 65X251'13113
|
ОМГ-Н
ЦНННН 4
|
110 13 va 110 13 ru- sumli yuqori mar- ganetsli po‘latlardan tayyorlangan yeyil- gan detallar
|
Э — 80В18Х4Ф
Э — 90В10Х5Ф2
Э — 105В6Х5М3Ф3
Э — 10К15В7М5Х3СФ
Э — 10К18В11М10Х3СФ
|
ЦИ-1М
ЦИ-2У I-1 ОЗИ-4 ОЗИ-5
|
Metall kesuvchi as- boblar hamda issiq shtampovkalashda ishlatiladigan shtam- povkalar
|
Э — 95Х7Г5С
Э — 30Х5В2Г2СМ
|
12АН/ЛНВТ РКЗ-Н
|
Intensiv ravishda zarbiy yuklanish- larda ishlaydigan abraziv detallar
|
Э — 80X4C
Э — 320Х23С2ГТР
Э — 320Х25С2ГР
Э — 350Х26Г2Р2СТ
|
13КН/ЛНВР T-620 T-590
X-5
|
Asosan abraziv yeyi- lishga ishlaydigan sharoitlarda ishlay- digan detallar
|
Э — 300Х28П4С4
Э — 225Х10Г10С
Э — 110Х14В13Ф2
Э — 175В8Х6СТ
|
ЦС—1 ЦН—11 ВСН 6 ЦН—16
|
Intensiv abraziv yeyi- lishga ishlaydigan hamda zarbiy yuk- lanishlar sharoitida ishlaydigan detallar
|
Э — 08X17118С6Г
Э — 09Х16119С5Г2М2ФТ
Э — 09X3III8AM2
Э — 13Х16П8М5С5Г4В
Э — 15Х15Ш0С5М3Г
Э — 15Х28П10С3(,
Э — 15Х28Ш0С3М2ГТ
Э — 20ОХ29П6Г2
Э — 190К62Х29В5С2
|
ЦП 6M, ЦП 6Л
ВПИ—1
УОНН I3/III-BK
Ц^12М, Ц^
12Л
Ц№8
ЦН—19 ЦП 20 Ц^3 Ц^2
|
Kotellar, quvur uzat- malar va neft appa- raturalari
|
Borid aralashmada (БХ) 50% xrom boridlari va 50% temir poroshok bo‘ladi. Qoplangan mo‘rt qatlam hosil qiladi. Abraziv yeyilish sharoitlarida ishlaydigan detallarni qoplashda qo‘llanila- di. Borid aralashmasi bilan eritib qoplashda qattiqlik kamida 63 HRC tashkil etadi.
Karbid-boridli aralashma (КБХ) 5% xrom karbidi, 5% xrom boridi, 30% temir kukuni, 60% ferroxromni tashkil etadi. Kar- bid-borid aralashmasi bilan eritib qoplashda qattiqlik kamida 60 HRC tashkil etadi.
Qattiq quyma qotishmalarning erish harorati 1260—1300°C bo‘lib, xrom karbidlarining kobaltdagi (stellitlar) yoki nikel va temirdagi (sormaytlar) qattiq eritmasidan iboratdir. Temir asos- dagi qotishmalar nikel va kobalt asosidagi qotishmalarga qaragan- da ancha mo‘rt, lekin arzon bo‘ladi. Sormaytda 25—31% xrom, 3—5% nikel, 2,5—3% uglerod, 2,8—3,5% kremniy, 1,5% gacha marganets, qolgani temir.
Stellitlar sormaytlarga nisbatan ancha qovushqoq, korroziya- ga chidamli, erib qoplanish xossalari esa yaxshi bo‘ladi. Quyma qotishmalar metalni qirqishda ishlatiladigan asboblar va pichoq- larni, shtamplarni, domna pechlaridagi yuklash tuzilmalarining konuslarini va shu singari boshqa detallarni qoplashda ishlatiladi.
ГОСТ 21448-75 bo’yicha ПГ-С27, ПГ-Cl, ПГ-УС25, ПГФБХ6-2, ПГ-AHl temir asosida va ПГ-СР2, ПГ-СР3, ПГСР-4 nikel asosida yeyilishga chidamli kukunlar ishlab chiqiladi.
Eritib qoplash uchun quyilgan chiviqlar. Eritib qoplashda yeyi- lishga chidamli qatlam hosil qilish uchun ГОСТ 21449-75 bo’yi- cha quyilgan chiviqlar ishlatiladi. Ular kimyoviy tarkibiga nisba- tan 5ta rusumga bo’linadi: Пр—С27, Пр—С1, Пр—С2, Пр-В3К va Пр—ВЗК—Р. Hamda diametrlariga nisbatan 4 mm diametrli chiviqlar uzunligi 300 va 350 mm, 5 va 6 mm diametrli chiviqlar uzunligi 350 va 400 mm; 8 mm diametrli chiviqlar uzunligi 450 va 500 mm ishlab chiqariladi.
8.3. Eritib qoplash texnikasi
Metall eritib qoplanadigan detalda yoriqlar va uning mustah- kamligini kamaytiruvchi boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi ke- rak. Ichki kuchlanishlarni yo‘qotish uchun toblangan po‘latlar oldindan 750—900°C da yumshatiladi. Metall eritib qoplanadi- gan yuza yaltiraguniga qadar tozalanadi. Moy bosgan detallar gorelka alangasi bilan kuydiriladi yoki kaustikning 10% li qaynoq eritmasida, so‘ngra toza suvda yuviladi.
Yassi yuzalarni eritib qoplashda keng valiklarni ishlatish maqsadga muvofiqdir, ya’ni jarayon elektrodlarning tebranma harakati bilan bajariladi. Boshqa usuli esa — ingichka valiklarni bir-biriga nisbatan oraliq masofa qoldirib joylashtirish kerak. Bu usulda shlak bir nechta valiklar yotqizilgandan keyin tozalanadi. So‘ng valiklar oralig‘i ham eritib qoplanadi. Alohida valiklar bilan erigan metalni qoplashda keyingi valik oldingi valikni 1/3— 1/2 kengligida eritish kerak (8.7-rasm).
8.7-rasm. Valiklar joylashishi: a — to’g’ri; b — noto’g’ri.
Silindrik yuzalarni eritib qoplash vintli chiziqlar yoki halqali valiklar yordamida bajariladi (8.8-rasm). Kichik diametrli silin- drik yuzalarni eritib qoplashda vibro-yoy payvandlash bilan ba- jarish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |