Faol himoyalovchi gazlar. Faol himoyalovchi gazlar qizigan va suyuqlangan metalda yoki singiydi yoki ular bilan kimyoviy reak- siyaga kirishadi. Faol himoyalovchi gazlar sifatida po‘latlar uchun karbonat angidrid gazi va mis qotishmalarini payvandlashda azot gazi ishlatiladi. Karbonat angidrid gazini himoyalovchi gaz sifatida ishlatil- ganda u payvand vannasini qisman oksidlaydi. Shuning uchun maxsus, tarkibida qaytaruvchi (kislorodni biriktirib oluvchi, temirdan faolligi yuqori) elementlari bo‘lgan payvandlash sim- lari ishlatiladi. Jumladan Св-08ГС, Св-08Г2С, Св-08Г2С- MA va shu kabilar. Karbonat angidrid gazining solishtirma og‘irligi havo solishtir- ma og‘irligidan taxminan 1,5 marta og‘ir bo‘lgani uchun himo- yalash jarayoni birmuncha oson kechadi. Karbonat angidrid himoyalovchi gazining sarf darajasi mo‘ljaldagidan qisman yuqoriroq olinadi. Karbonat angidrid gazi quyidagi xususiyatlarga ega:
bosim oshganida suyuqlikka aylanadi;
bosimsiz sovitilganida qattiq holatga — quruq muzga ayla- nadi;
quruq muz harorat oshganida suyuq holatga o’tmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri gazga aylanadi.
СО2 gazi 8050-85 ГОСИ asosida tayyorlanadi va 3 ta navda yetkazib beriladi:
oliy navli — СО2 tarkibi 99,8%;
1-nav — СО2 tarkibi 99,5%;
2-nav - СО2 tarkibi 98,8%.
Payvandlash ishlari uchun СО2 gaz yoki suyuq holatda kel- tiriladi. Suyuq holatdagi СО2 maxsus qurilma yordamida gaz holatiga o‘tkazilib so‘ng payvandlash joyiga truba o‘tkazgichlar yordamida yetkazib beriladi. 0°C va 760 mm simob ustuni bosimida 1 kg suyuq karbonat angidrid bug‘langanida 506,8 dm3 gaz hosil bo‘ladi. Suyuq CO2 40 litr suv sig’imiga ega bo’lgan ballonda 25 kg og‘irlikda bo‘ladi va gaz holatiga o‘tganda 12,6 m3 hajmni egallaydi. CO2 ballonlari va maxsus idishlarining rangi qora, yozuvining rangi esa sariq bo‘ladi. CO2 gazi sanoatda uch xil usulda olinishi mumkin: Ohaktoshga sulfat kislotasi ta’sir ettirish yo‘li bilan.
Maxsus pechlarda koksni yoqish usuli bilan.
Isitish qurilmalarining tutun gazlaridan yig‘ish usuli bilan.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar: Payvandlash simlari qanday belgilanadi?
Elektrod o‘zaklari uchun qanday ashyolar qo‘llaniladi?
Po‘latlarning belgilarida A harfi nima uchun va qayerda ish- latiladi?
Elektrodlarning xossalari qanday xarakteristikalar bilan bel- gilanadi?
Elektrodlar qoplamalari tarkibiga qanday komponentlar kira- di?
Qoplamalar qanday klassifikatsiyalanadi?
Kislota qoplamali elektrodlarning markalarini aytib bering.
Kislota qoplamalarning afzalligi va kamchiliklari nimada?
Asosiy qoplamali elektrodlarning markalarini aytib bering.
Asosiy qoplamalarning boshqa qoplamalardan afzalliklari ni- mada?
Rutil qoplamaning xususiyatlari nimada?
Selluloza qoplamali elektrodlarning vazifasi nima?
Selluloza qoplama boshqa qoplamalardan nima bilan farq qiladi?
Elektrodlarning qanday ГОСТ larini bilasiz?
Э42 elektrodlari Э42А elektrodlardan qanday farq qiladi?
Payvandlash uchun ishlatiladigan elektrodlar qanday belgi- lariga ko‘ra klassifikatsiyalanadi?
Elektrod qoplamalarining turlari qanday belgilanadi?
Flus qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Fluslar tayyorlanish usuli va qo‘llanishiga nisbatan qanday ajratiladi?
Qanday gazlar inert va qanday gazlar faol hisoblanadi?