1-Ma‘ruza.
KIRISH
PAYVANDLASH JARAYONLARI VA UCHASTKALARINI LOYIHALASH
FANINI O‗RGANISH MAQSADI VA VAZIFALARI
REJA:
1.1. O‗zbekiston Respublikasida mashinasozlik taraqqiyoti va uning xozirgi zamon
muammolari. O‗zbekiston Respublikasida zamonaviy qishloq xo‗jalik texnikalarini
ishlab chiqarish va ta‘minlashning bugungi kundagi xolati. Fanning maqsadi va
vazifalari, tarkibi, asosiy tushunchalari va uni qishloq xo‗jaligi mashinasozligini
rivojlantirishdagi o‗rni. Mashinalarning ishlash ishonchliligi va
texnologiyabopligini taminlashda ularning qismlarini tayyorlash uchun ratsional
material va ishlov berish texnologiyasini tanlashning ahamiyati.
1.2. Payvandlashning rivojlanishi bo‗yicha qisqacha tarixiy ma‘lumotlar. Dastaki
usulda payvandlashning turlari va ularning muammolari. Payvandlash usullarining
klassifikatsiyasi. Zamonaviy payvandlash usullari xaqida qisqacha ma‘lumotlar.
1.1.O‗zbekiston Respublikasida mashinasozlik taraqqiyoti va uning xozirgi zamon
muammolari. Fanning maqsadi va vazifalari.
Halq xo‗jaligining har bir sohasida ishlab chiqarishning texnikaviy darajasi uning
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ko‗lami, ya‘ni kerakli mashinalar hamda
texnik vositalar asosida jihozlanganligi bilan belgilanadi. SHu bilan bir vaqtda
qishloq xo‗jaligida ishlatiladigan samarador mashina va mexanizmlarni
tejamkorlik bilan arzon hamda yuqori sifatli, nozik did bilan tayyorlashni bilish
alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki, yangi materiallar izlab topish va ulardan foydalanish xalq
xo‗jaligi uchun nihoyatda muhim vazifadir. Konstruksion materiallar zamon
talablariga qanchalik to‗la va aniq javob bersa, ulardan tayyorlangan mashina va
mexanizmlar, turli asbob-uskunalar, inshootlar shuncha mukammal bo‗ladi va
uzoq ishlaydi.
Qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish muammosining dolzarbligini
respublikamiz prezidenti quyidagicha ifodalagan: biz modernizatsiya deganda,
ko‗pincha sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilishni tushunishga o‗rganib
qolganmiz. holbuki, sanoat bilan bir qatorda iqtisodiyotimizning qishloq xo‗jaligi
kabi etakchi sohasini ham modernizatsiya qilish, uning tarkibiga kiradigan deyarli
barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining butun kompleksida texnik va
texnologik yangilash ishlarini amalga oshirishga katta ehtiyoj sezilmoqda.
Xalq xo‗jaligi ishlab chiqarishini yangi namunadagi mashina va jihozlar bilan
texnik va texnologik yangilashda, ularni son jihatidangina emas, balki, sifati va
ishonchliligini ham oshirish, ayniqsa, buzilmasdan ishlashi, xizmat muddati va
saqlanuvchanligini oshirish ham ko‗zda tutiladi.
Bugungi kunda xalq xo‗jaligining aviatsiya, raketasozlik, asbobsozlik, xarbiy
sanoat kabi sohalarida ishlab chiqarilayotgan mashina, jihoz va asbob-uskunalarda
ilmiy-texnik rivojlanish yutuqlarini joriy etish, yangi turdagi istiqbolli
materiallardan keng foydalanish natijasida ularning sifat va ishonchlilik
ko‗rsatkichlari tez sur‘atlar bilan ortib bormoqda. Ammo qishloq xo‗jaligi uchun
mashina va jihozlar ishlab chiqarishini zamon talabiga mos ravishda rivojlantirish
nisbatan sust amalga oshirilmoqda.
O‗tgan oxirgi yigirma yil davomida mintaqada ro‗y bergan siyosiy o‗zgarishlar
natijasida qishloq xo‗jalik texnikalariga texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlashda
amal qilib kelinayotgan rejali-ogoxlantirish tizimi butkul izdan chiqdi. Ushbu
tizimni muayyan ishlashi uchun xizmat qiluvchi mashina va jihozlar eskirib ishga
yaroqsiz yoki texnik-iqtisodiy samarasiz bo‗lib qoldi. Natijada ularning ko‗plari
uzoq vaqt bekor turib qola boshladi va sekin-asta ishlab chiqarishdan olib tashlanib
yaroqsizga chiqarildi. Ularning ba‘zi qisman bo‗lsa ham foydalanib kelinayotgan
noyoblarigina ishlab chiqarishda saqlanib qoldi.
Bu muammoni hal etish maqsadida xukumatimiz tomonidan traktor va boshqa
qishloq xo‗jalik texnikalari ishlab chiqarishni butunlay yangilash bo‗yicha choralar
belgilandi. Natijada Toshkent traktor zavodida T28x4 traktori o‗rniga TTZ-80,
TTZ-100 kabi traktorlar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. Avtomobilsozlik sanoati
yo‗lga qo‗yildi. Qishloq xo‗jalik mashinasozligida ham yangi turdagi mashinalar
ishlab chiqarish o‗zlashtirilmoqda. Bundan tashqari qishloq xo‗jalik texnikalarini
yangilash bo‗yicha avvalo chet elning ilg‗or kompaniyalari bilan hamkorlikni
yanada rivojlantirish qishloq xo‗jaligini rivojlantirishning yangi dasturiy rejasiga
kiritildi.
Avtomobilsozlik – yangi jamiyatning moddiy texnika bazasini yaratuvchi va
mamlakatimizning texnik taraqqiyotini rivojlanishini belgilovchi soha, chunki u
sanoatning turli tarmoqlarini yangi texnika, ishlab chiqarish vositalari bilan
ta‘minlaydi. SHuning uchun avtomobilsozlik -ishlab chiqarishning barcha
sohalarini rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatuvchi sanoatninng muhim
tarmoqlaridan biri. SHuning uchun mamlakatimiz Prezidenti va Xukumati
mashinasozlikni, ayniqsa, avtomobilsozlikni rivojlantirishga alohida e‘tibor
qaratmoqda.
Mustaqil O‗zbekistonimizda avtomobilsozlikning yaratilish tarixi 1992
yildan boshlanadi. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 5 noyabrdagi 509-sonli qarori
bilan O‗zbekistonda Janubiy Koreyaning DEU korporatsiya-si bilan hamkorlikda
Andijon viloyatining Asaka shahridagi tirkama zavodining negizida avtomobil
ishlab chiqaruvchi «O‗zDEUavto» qo‗shma korxona tashkil etildi. Ushbu qo‗shma
korxonaning qurilishi 1993 yilning mart oyi-da boshlanib 1996 yili bahorida
tugallandi.
1996 yilning 8 mayida Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan
hamkorlikda Samarqand shahrida ―SamKochAvto‖ qo‗shma korxonasini tashkil
etish to‗g‗risida bitim imzolandi. Ushbu qo‗shma korxona 1999 yili mart oyida
ishga tushdi va shahar ichida va shaharlararo qatnashga mo‗ljallangan avtobuslar
hamda o‗rta klassdagi yuk avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. Zavodning
quvvati yiliga 5000 avtomobil. SHundan 4000 tasi avtobus va 1000 tasi yuk
avtomobilidir.
Zamonaviy jamiyat hayotida avtomobil transporti, yuk va yo‗lovchilarni tashish
talabini qondirishi bilan, muhim rol o‗ynaydi. Boshqa turdagi transportlar tizimida,
ayniqsa, shaharda, avtomobillar muhim o‗rin egallaydi va boshqa turdagi transport
vositalari bilan bir qatorda rivojlanib bormoqda. Buni GMUzbekistan qo‗shma
korxonasida ishlab chiqarilayotgan quyidagi kabi engil avtomobillar, avtobuslar,
yuk va maxsus avtomobillar, zamonaviy dvigatel ishlab chiqarish korxonalari
misolida ko‗rishimiz mumkin. Bularning natijasida respublikamiz iqtisodiyoti
turg‗un rivojlanish yo‗liga o‗tib oldi.
FANNI O‗RGANISH MAQSADI VA VAZIFALARI.
Fanning maqsadi –fanni o‗rganishdan asosiy maqsad bakalavrlarning mashinalarga
servis xizmati ko‗rsatish va ta‘mirlash jarayonida zamonaviy payvandlash
texnologiyalari va jihozlarini qo‗llash bo‗yicha kerakli nazariy va amaliy
bilimlarga ega bo‗lishlarini ta‘minlashdan iborat.
Fanning vazifalari – talabani ushbu fan bo‗yicha olgan nazariy va amaliy
bilimlarini zamonaviy payvandlash usullari, texnologik jarayonlari xamda
qo‗llaniladigan jixozlar va materiallar xaqida ko‗nikmalar hosil qilishdir. Hamda
mavjud payvandlash usullarining mohiyati, afzalliklari, qo‗llanilish sohalari va
kamchiliklari haqida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‗lish.
1.2. Payvandlash haqida umumiy ma‘lumotlar.Payvandlash usullarining
klassifikatsiyasi. Payvand birikmalarning turlari.
Konstruksion materiallarni o‗zaro atomlar yoki molekulyar bog‗lanishi hisobiga
ajralmaydigan qilib biriktirishga payvandlash deyiladi. Bu usul texnikaning deyarli
hamma sohalarida turli metallarni va metallmas materiallarni odatdagi sharoitda,
suv ostida va koinotda payvandlashda keng qo‗llaniladi. CHunki bu usul
ajralmaydigan birikmalar hosil qilishda boshqa texnologik usullarga (kavsharlash,
parchin mix bilan biriktirish) qaraganda ish unumining yuqoriligi, tejamliligi va
boshqa afzalliklari bilan ajralib turadi. Masalan, bu usulda kemalar yasashda
parchin mixning qo‗llanishiga qaraganda uni tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt
5-10 marta qisqarib, kema massasi 20-25% engillashadi.
Ayniqsa, yirik metall bloklar tayyorlashda, ularni yig‗ishda, ko‗priklar qurishda,
rezervuarlar tayyorlashda va boshqa ishlarda payvandlash juda qo‗l keladi.
Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra hozir ishlab chiqarilayotgan po‗lat mahsulotlarining
yarmiga yaqini payvandlanadi.
Metallarni payvandlash usuli odamlarga juda qadimdan ma‘lum. O‗sha zamonda
odamlar metallarni er o‗choqlarda qizdirib, ularni bir-birini ustiga qo‗yib zarblab
biriktirilganlar. Lekin bu usulning nazariy asosi faqat XIX asr oxiri XX asr
boshlaridagina yaratila boshlandi.
Bu borada rus olimi V.V.Petrovning (1761-1834 y. y.) xizmati g‗oyat katta. U,
1802 yilda elektr yoyining xususiyatini o‗rgandi va yoy issiqligida metallarni
payvandlash mumkinligi xaqida o‗z fikrini aytdi. Elektr yoy xususiyati
o‗rganilgandan keyin, ya‘ni 1881 yilda rus ixtirochisi N.N Benardos (1841-1905 y.
y.) metalni ko‗mir elektrod bilan elektr yoy yordamida payvandlash usulini ixtiro
qildi va bu ishi uchun ko‗pgina mamlakatlarda unga patent berildi. 1981 yilda
YUNESKO qaroriga ko‗ra elektr yoy yordamida payvandlashning 100 yilligi
butun dunyoda nishonlandi. Benardos usulida ko‗mir elektrod tok manbaining
manfiy qutbiga, payvandlanuvchi zagotovkalar esa musbat qutbiga ulanib, elektr
yoy ular orasida hosil bo‗ladi (1.4.-rasm).
Bu usulda o‗zgarmas tok manbaining talab etilishi, payvandlashda chok metaliga
ko‗mir elektrod atomlarining qisman o‗tishi, metall vannaning havo zararli
ta‘siridan himoya etilmasligi, payvandchining ikkala qo‗lining bandligi va
boshqalar sifatli chok hosil qilishga qiyinchiliklar tug‗dirdi. Endi kun tartibida
yanada takomillashgan payvandlash usullari ustida izlanishlarni davom ettirish
masalasi turdi. Darhaqiqat 1888—1890 yillarda rus injeneri N. G. Slavyanov, N.
N. Benardos usulini takomillashtirdi. U, ko‗mir elektrodni o‗rniga metall elektrod
bilan almashtirishga erishdi, metall vannani xavoning zararli ta‘siridan himoya
qilishda flyusdan foydalanib payvandlash vaqtida payvandlash joyiga elektrodni
bir tekisda uzatib turuvchi oddiy mexanizmni ham yaratdi va ularning barchasiga
patent oldi.
XX asr boshlarigacha metall elektrod qoplamalari va zarur uskunalar yo‗qligi,
sifatli choklar hosil qilishdagi qiyinchiliklar sababli metall kuproq gaz alangasida
dastaki payvandlab kelindi. 1907 yilda shved injeneri O. Kvelberg maxsus
qoplamali metall elektroddan foydalanishni taklif qildi. Bunday elektrod bilan
metallarni dastaki payvandlashda qoplama erib, yoyning barqaror yonishi
ta‘minlanib va chok tashqi muhitdan himoyalanib sifatli chok hosil qilishga
erishildi.
Bu davrga kelib zarur payvandlash elektr mashinalari ham yaratildi. Payvandlash
texnologiyasi ham birmuncha rivojlandi. SHu vaqtdan boshlab metallni qoplamali
metall elektrod bilan elektr yoy yordamida payvandlashdan keng ko‗lamda
foydalanila boshlandi.
1930-1940 yillarda Ukraina fanlar akademiyasining metallarni elektr payvandlash
instituti jamoasi akademik E. O. Paton rahbarligida metallarni flyus qatlami ostida
elektr yoy yordamida avtomatik payvandlash usulini yaratdi va bu ixtiro sanoatda
juda muxim rol o‗ynadi.
Keyingi yillarda ushbu institutda, hamda SNIITmash, VNIIA avtogenmash va
boshqa muassasalarda olib borilgan ilmiy va amaliy ishlar natijasida elektr-shlak,
elektron-nur, ultratovush, plazma yordamida va boshqa qator payvandlash usullari
yaratildi. Hozirda 80 dan ziyod payvandlash usullari mavjud.
1.4-rasm. Elektr yoy yordamida payvandlash sxemasi.
2.2-rasm. Eriydigan (a) va erimaydigan (b) elektrod bilan payvandlash sxemalari
2.3-rasm. Erkin (a) va siqilgan (b) yoy bilan payvandlash
sxemalari
2.4-rasm. Payvand yoyini hosil bo‗lish jarayoni
2.5-rasm. Payvand yoyining sxemasi
Payvandlash usullarining klassifikatsiyasi
Materiallarni payvandlash usullari GOST 19521-84 ga ko‗ra termik, termomexanik
va mexanik sinflarga ajratiladi.
Termik klass. Bu klassga materiallarning payvandlanadigan joylarini suyultirib
payvandlashning barcha usullari, jumladan elektr-yoy, elektr-shlak, elektron-nur,
plazma, gaz alangasida payvandlash usullari kiradi.
Termomexanik klass. Bu klassga materiallarning pay- vandlanadigan joylarini
qizdirib, yuqori plastik holatga keltirib bosim bilan payvandlashning barcha
usullari, jumladan elektr kontakt, gaz alangasida qizdirib presslash, diffuzion
payvandlash usullari kiradi.
Mexanik klass. Bu klassga oid payvandlashning barcha usullari (sovuqlayin ishlab,
ultratovush, portlatish va boshqalar) qo‗llanilganda mexanik energiya issiqlik
energiyasiga aylanadi va material qizib bosim ostida payvandlanadi.
Metallarning payvandlanuvchanligi
Metallarning payvandlanuvchanligi ularni kimyoviy tarkibiga, kristall
panjarasiga, strukturasiga, payvandlash usuliga, payvandlash joylarining moy, kir,
zangdan tozalanganlik darajasiga va boshqa ko‗rsatkichlarga bog‗liq. Odatda,
metallarning payvandlanuvchanligini aniqlashda hosil qilingan chok sifati
payvandlaniladigan metall xossasiga taqqoslanadi. Agar chokda nuqsonlar
(g‗ovakli, darzlar, toblangan uchastkalar) bo‗lmay, strukturasi (xossasi)
payvandlanadigan metall xossasiga yaqin bo‗lsa, bunday metallar yaxshi
payvandlanuvchan hisoblanadi.
Uglerodli va legirlangan po‗latlarning payvandlanuvchanligini ularning
tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdoriga, ya‘ni uglerod
ekvivalentiga qarab aniqlanadi:
,%.
15
5
6
Do'stlaringiz bilan baham: |