Paxtaobod pedagogika kolleji


Mashqlarni bajarishda to’g’ri nafas olib chiqarish



Download 19,92 Mb.
bet215/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

2.Mashqlarni bajarishda to’g’ri nafas olib chiqarish. Bolada ko’krak qafasi tuzilishidagi mavjud yosh xususiyatlari asorati (qofurg’aning biroz og’ishi yuqorida turuvchi diafragma) tufayli nafas olish chuqur bo’lmaydi. Jismoniy mashqlar ko’krak qafasi harakatchanligining kuchayishiga, nafas olishning chuqurlashishiga, o’pka hayot ko’lamining kengayishiga, qonning kislorod bilan to’yinishiga yordam beradi. Ular yurak-tomir tizimi faoliyatini takomillashtiradi, organizmning energiya bilan ta’minlanishini kuchaytiradi va shu asnoda uning ish qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun bolaning to’g’ri nafas olishi barcha mashqlarni bajarishida muhim rol o’ynaydi. Bolalarni harakat fazasini nafas olish fazasi bilan to’g’ri qo’shib olib borish va shu asnoda nafas olish apparati ishini takomillashtirishga o’rgatish lozim.
Bolalar bog’chasi tarbiyachisi turli mashqlardagi to’g’ri nafas olish va nafas chiqarish paytlarini aniq tasavvur qilishi shart. Yelka kamari muskullarini rivojlantirish mashqlaridagi nafas olish qo’llarini yon tomonga, orqaga uzatgan, yelkadan kengroq qilib yuqoriga ko’targan chog’dagi ko’krak qafasining kengayishiga to’g’ri keladi; nafas chiqarish esa ko’krak qafasining qo’llarni pastga tushurgan, oldinga o’tkazib chapak chalgan holdagi qisqarishi bilan bog’liqdar.
Oyoq va qorin muskullarini mustahkamlovchi mashqlarda nafas olish-oyoqlarni rostlash, nafas chiqarish esa ularni tizzadan bukish, cho’qqayish paytida kechadi.
Gavdaga mo’ljallangan, orqa muskullarini va umurtqa egiluvchanligini mustahkamlovchi mashqlarda nafas olish oldinga engashib, rostlangan choqqa to’g’ri keladi, nafas chiqarish esa gavdani oldinga–pastga engashtirishga to’g’ri keladi; yon tomonlarga engashishlarda nafas olish bir tomonga, masalan, o’ngga engashganda, boshqa tomonga (chapga) engashganda nafas chiqarishga to’g’ri keladi yoki bir tomonga engashganda nafas chiqariladi, rostlanganda nafas olinadi.
Gavdani to’la burganda bir tomonga burilish chog’ida nafas olinadi, ikkinchi tomonga burilib, nafas chiqariladi (navbati bilan har tomonga). Yarim burilishlarda nafas olish bir bir tomonga burilgan paytga to’g’ri keladi, nafas chiqarish esa tik to’g’ri holatda turganga to’g’ri keladi, xuddi shuning o’zi boshqa tomonga burilganda amalga oshiriladi.
Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarni burundan nafas olishga o’rgatish lozim. Bu o’pkaga havoning bir tekis kirib turishini ta’minlaydi, bundan tashqari havo burundan o’tayotganda iliydi va tozalanadi.
Jismoniy mashqlarni muntazam qo’llash zarur shartli reflektorli aloqalarning hosil qilinishiga yordam beradi va bolalarda asta-sekin ritmik nafas olish stereotipi tarkib topadi.
Bolalarga qo’yiladigan talablarni murakkablashtirish. Ikki yoshli bolalarni harakatlarga o’rgatishda murakkab bo’lmagan mashqlardan foydalaniladi.
Bunda kichkintoylarda harakat koordinatsiyasining yetarlicha rivojlanmaganligi va ularning harakat aktini bo’la olmasliklari hisobga olinadi. O’yin usullari, emotsional-obrazli mashqlarni qo’llash, bolalarning “Qushcha”, “Shaqildoq” va shu tipdagi harakatlarni tarbiyachi bilan bir vaqtda bajarishlari juda samarali bo’ladi.
3 yoshli bolalar bir qadar harakat tajribasiga ega bo’ladilar, tushuntirishlarni tinglay oladilar, harakatlarni kuzata oladilar, ularni yetarlicha to’g’ri idrok qila oladilar. Bu mashqlarni hajmini oshirishga, ularni xilma-xillashtirishga, mashqlarni aniq bajarishga qo’yiladigan talablarni kuchaytirishga imkon beradi.
4 yoshli bola yetarli barqaror diqqatga ega bo’ladi, harakatlarni bajarishga oid talablarni tushunadi, mustaqillikka intiladi, o’z harakatlarining natijalari bilan qiziqadi. Ana shu o’zgarishlarni hisobga olib mashqlarni murakkablashtirish, yuklamani oshirish, qaddi-qomatni tutishga katta talablar qo’yish, ta’limning ko’rgazmali va og’zaki usullaridan foydalanish, to’la mustaqil harakat qilishga imkon berish mumkin.
5 yoshli bolalarda aniqlik, koordinatsiya, harakatlarda ishonchlilik hosil qilingan bo’ladi. O’quv vazifalarini tushunish, harakatlarni yaxshi sifat bilan bajarishga intilish qaddi-qomatga aniqlik, harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga, mustaqillikka qo’yiladigan talablarni oshirish imkonini beradi.
6 yoshli bolalar yaxshi qaddi-qomatga, harakat ko’nikmalarining katta zahirasiga, o’z-o’zini nazorat qilish va harakat sifatini baholash qobiliyatiga ega bo’ladilar. Ular og’zaki ko’rsatmaga to’g’ri amal qiladilar, harakatlarni aniq, ishonch bilan bajaradilar, bajarish jarayonini fazo atamalaridan foydalangan holda tushuntiradilar. (“Bayroqchalarni yuqoriga ko’tarish, shundan so’ng ularni o’ngga, pastga uzatish, yana yuqoriga ko’tarish va chapga, pastga uzatish kerak”). Bolalar ijodiy topshiriqlarni emotsional idrok etadilar: harakatlarni o’zgartiradilar, turlicha kombinatsiyalaydilar, yangilarini o’ylab topadilar Umumrivojlantiruvchi mashqlar nihoyatda xilma-xil. Ular bolalar tomonidan buyumlar yordamida va buyumlarsiz ham bajariladi. Bunday mashqlar faqat poldagina emas, balki maxsus gimnastik asboblarda ham bajariladi. (Masalan; yerdagi va devor narvonchalarida, taxtalar ustida). Umumrivojlantiruvchi mashqlar bolaning rivojlantirish va sog’lomlashtirishda muhim rol o’ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining harakatchan bo’lishiga, muskullar taranglashuvi va bo’shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi. Bu mashqlarning vazifasi to’g’ri qaddi-qomatni shakllantirish, qon aylanish, nafas olish, almashish jarayonlari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iborat.

Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish