Paxtaobod pedagogika kolleji


O’quvchi amaliy bilim va ko’nikmalarni ko’rsatishda ham aytishda ham sharxlashd aham xatoliklarga yo’l qo’yadi



Download 19,92 Mb.
bet210/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

O’quvchi amaliy bilim va ko’nikmalarni ko’rsatishda ham aytishda ham sharxlashd aham xatoliklarga yo’l qo’yadi.

O’quvchi amaliy bilim va ko’nikmalarni ko’rsatib ham sharxlab ham bera olmaydi.

Jami:

5

4

3

2

O’quvchilar bilimini baholash ko’rsatkichlari va me’zonlari.


O’quvchi mazkur fan bo’yicha yig’ishi mumkin bo’lgan maksimal ball
5-ball bo’lib ,u quyidagicha taqsimot qilinadi.
Joriy nazorat -5 ball;
Oraliq nazorat -5 ball;
Yakuniy nazorat -5 ball;
5 ball – “a’lo”
4 ball –‘yaxshi”
3 ball – “qoniqarli”
2 ball –“qoniqarsiz”

3-ilova
O`quvchilar bilimini faollashtirish uchun savollar

1. Jismoniy mashqlar deganda nimani tushunasiz?
2.Qaddi qomatni to`g`ri shakllantirishga taluqli mashqlar?
3. Ertalabki badan tarbiyaning axamiyati?
4. Qanday buyumlardan foydalaniladi?


4-ilova
Yangi o`quv materialini slaydli taqdimoti
1.Bolalarning qaddi-qomatini jismoniy tomondan shakllantirishda
umumrivojlantiruvchi mashqlarning ahamiyati



Umumrivojlantiruvchi mashqlar – bu maxsus mashqlardir. Ular butun organizmning rivojlanishi va sog’lomlashishida muhim rol o’ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga, bo’g’imlarning harakatchan bo’lishiga muskullar taranglashuvi va bo’shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi.



Bu mashqlarning vazifasi to’g’ri qad-qomadni shakllantirish, butun tayanch-harakat apparatini mustahkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish prostesslari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir.




Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy-emotsional kayfiyat uyg’otadi.


Muayyan izchillikda beriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar butun organizmni asta-sekin faoliyat holatiga jalb etishga, uning umumiy hayotiy faoliyatiga yordam beradigan funksional jarayonlarni kuchaytirishga qaratilgandir.




Mashqlarning birinchi guruhi yelka kamari va qo’l muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir. Ular ko’krak qafasining nafas olish ko’lamani kengaytirish va oshirishga yordam beradi: diafragmani qovurg’alar aro muskullarni butun nafas olish muskulaturasini mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga imkon beradi, orqa muskullarni mustahkamlaydi, umurtqani rostlaydi, yurak muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, yurak qisqarishlari ritmini optimallashtiradi.



Mashqlarning ikkinchi guruhi gavda, orqa muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir. Bu mashqlar to’g’ri qad-qomadning shakllanishiga ta’sir qiladi va gavdani oldinga va yon tomonlarga engashtirishda, o’ngga, chapga burilishda, shuningdek, aylanishda umurtqaning egiluvchanligini rivojlantirishga yordam beradi. So’nggi mashqning asosiy vazifasi o’tirganda oyoqni chalishtirib, chordana qurib o’tirib yoki oyoqlarni kerib o’tirib (harakatsiz holat) gavdani aylantirayotganda tos holatini mustahkamlashdan iboratdir.



Mashqlarning uchinchi guruhi oyoq va qorin muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga mo’ljallangandir. Ular ichki organlarni intensiv harakatlar (sakrashlar, sakrab tushishilar va hokazo) paytida chayqalishdan saqlaydigan qorin muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, vena qon tomirlarida qon yurishmay qolishining oldlini oladi (tizzaga shapatilash, yarim cho’qqayish, cho’qqayish va hokazo).




Har bir harakat dastlabki holatdan: gavdaning to’g’ri holati (tik turgan), o’tirgan, yotgan holatlardan hamda oyoq va qo’llarning muayyan mashq uchun zarur holatidan boshlanadi.



Tik turgan holatda oyoqlar uchun dastlabki holat: asosiy tik turish-tovonlar birlashtiriladi, oyoq uchlari keriladi (katta guruhlar uchun). Bu holatdan quyidagi paytlarda foydalaniladi: mashq oldidan va oxirida (ba’zan oyoq uchlarida ko’tarilib); yarim cho’qqayishda va to’la cho’qqayishda (orqa rostlanadi, tizzalar yon tomonlarga keriladi, tovonlar biroz ko’tariladi); oyoqlarni ko’tarish va tizzadan bukishda: oyoqlarni oldinga, chapga, o’ngga, orqaga uzatishda.



Yotgandagi dastlabki holatlar: chalqancha yotiladi-rostlangan oyoqlari bukiladi, oyoq uchlari biroz kerilib, uzatiladi, qo’llar gavda yonida, kaftlar pastga qaragan bo’ladi; qorin bilan yotganda-rostlangan oyoqlar bukiladi, tirsakdan bukilgan qo’llar polga tayanadi, kaftlar oldinda (biri ikkinchisi ustida) yoki kaftlarga tayanib gavda biroz ko’tariladi; o’ng yoki chap tomon bilan yotgan holda bir tomonga tayanib rostlangan oyoqlar yig’iladi, qo’llar yuqoriga uzatiladi.




Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish