Paxtaobod pedagogika kolleji


Ilk yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan chiniqtirish tadbirlari



Download 19,92 Mb.
bet141/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

3.Ilk yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan chiniqtirish tadbirlari Bolalar sog’lig’ini mustahkamlashda, tabiatning tabiiy omillaridan (havo, suv, quyosh) chiniqtirish maqsadida foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Bolalar organizmi chiniqtirilganda sog’lig’i mustahkamlanadi, bolalar muskul mushaklarini va suyaklarini rivojlanishiga yordam beradi, qon tarkibi va modda almashinuvini yaxshilaydi. Chiniqtirish mualojalarni o’tkazishdan avval gigiyenik sharoitlarni yaratish lozim. Buning uchun xona havosi toza bo’lishi, bolani ob – havoga qarab kiyintirish kerak, xonani muntazam ravishda kuniga 4-5 mahal shamollatib turish, yoz mavsumida esa derazalarni ochib qo’yish kerak. Go’dak bolalarni chiniqtirishda quyidagi mezonlarga rioya qilish kerak.
1.Chiniqtiruvchi muolajalarni tayinlashda bolani sog’lig’i, jismonan va ruhan rivojlangani hisobga olinadi. Chiniqtirishni boshlashdan oldin bolani albatta shifokorga ko’rsatish lozim. 2.Chiniqtiruvchi muolajalar miqdori sekin-asta oshirilib boriladi. 3.Chiniqtiruvchi muolajalarni muntazam ravishda, ya’ni har zamonda emas, balki har kuni, ma’lum bir jadvalga asoslangan holda olib borish kerak. Agar uzoq tanaffus qilguday bo’lsa, organizmning hosil qilgan himoya reaksiyalari susayib qoladi. 4. Chiniqtirishni bir yo’la turli xilda va har xil uslublarda kompleks olib borishning ahamiyati katta. Chunki bola organizmida bir xil muoalajalar olib borilsa u bir tomonlama chiniqadi. Shuning uchun uni har tomonlama chiniqtirish kerak. Quyoshdan, havodan va suvdan alohida – alohida va birgalikda foydalanish kerak bo’ladi.
Chiniqtirish muolajalari o’tqazilyotganda ularni turli jismoniy harakatlar bilan bog’lab o’tqazilsa, chiniqtirishni ta’siri bola organizimga yanada ham kuchayadi. Bola bir oylik bo’lgandan keyin uni massaj qilish, ikki oylikdan boshlab gimnastika qildirish foydalidir. Hozirgi paytda bolalarda qaysi yoshda, qaysi harakat malakalari paydo bo’lishini bildiruvchi belgilar aniqlangan. Ota-onalar o’z farzandlari qanday o’sayotganini bilishlari kerak. Shuning uchun, ota-onalar bolani jismoniy jihatdan qanday riojlanishi mumkinligi haqida quyidagi ko’rsatkichlarda berilgan:
1) Yangi tug’ilgan bolaning qo’l va oyoq harakatlari nomunosib, betartib bo’ladi, boshni tik tutib tura olmaydi, qorni bilan yotganda boshini ko’tara olmaydi. Bola 1-1,5 oyligida 10-15 sekund davomida boshini tik ko’taradi. Qorin bilan yotganda boshini ko’tarishga harakat qiladi. Oyoqni bosish uchun tug’ma malakalar ko’rina boshlaydi. Agar uni qo’ltig’idan tutilsa, oyog’iga tiranib, biroz turadi.
Bola 2 oyligida - unda qo’shimcha harakatlar paydo bo’ladi: u boshini dadil, tik tuta boshlaydi, qorin bilan yotganida ko’kragini yerdan sal ko’taradi, rangi yorqin o’yinchoqlar, narsalarga tikilib qaraydigan bo’ladi.
Bola 3 oygligida qo’ltig’idan tutilsa, anchagina tik tura oladi, qorni bilan yotganda tirsagiga tiranib, sal ko’tariladi, o’yinchoqlarga intiladi, yengil narsalarni ushlab tura oladi, ovoz kelgan tomoniga yoki, yorug’ga tomon boshini bemalol bura oladi.
- Bola 4 oyligida – suyab turilsa, o’tira oladi, qo’lidan tortsangiz turadi va biroz oyoqda bosib turadi, yoniga, qorniga aylanib yotadi, mayda narsalarga qo’l cho’zib, ushlab oladi.
- Bola 5 oyligida qimirlamaydigan mahkamroq narsani tutib o’tira oladi. To’g’ri turadi, qo’ltig’idan ushlansa, qadam tashlashga harakat qiladi. Qorni bilan yotqizganda, chalqanchasiga o’tirib oladi, narsalarni qo’lida dadil tutadi.
- Bola 6 oyligida qo’lidan ushlasa, anchagina turadi, qo’ltig’idan ushlansa, odimlaydi yordamchisiz o’tiradi, to’rt oyoqlab emaklashga intiladi, narsalarni o’ng yoki chap qo’li bilan bemalol tutadi. Yotgan joyida qo’llariga tayanib ko’tariladi.
- Bola 7 oyligida o’tirgan joyida gavdani oldinga, yon tomonga dadil egadi, biror narsaga tayanib cho’kkalab turadi, to’rt oyoqlab emaklaydi, qo’lidan ushlaganda odimlashga intiladi. Harakati qovushgan va maqsadga qaratilgan bo’ladi.
- Bola 8 oyligida bemalol emaklaydi, o’zi oyoqqa bosib turadi, qo’lidan ushlansa, bemalol qadamlaydi, o’zi yotadi, o’tiradi. O’yinchoqlarga qiziqishi ortadi.
- 9 oyligida o’zi o’tiradi, tizzalab turadi, bir qo’li bilan karovat, divan chetini ushlab yuradi. Tayanchsiz ko’p yurolmaydi. O’yinchoqlarni mustaqil o’ynaydi.
- Bola 10 oyligida tayanchsiz anchagina tik turadi, tayanchsiz o’rnidan tura oladi, harakatlana yotgan narsa orqasidan yuradi, bir qator murakkab harakatlarni tushunib bajaradi. Masalan: eshiklarni ochib, yopadi, birov qo’g’irchog’ini tortib olmoqchi bo’lsa bermaydi. Kattalar harakatini taqlid qiladi.
- Bola 11 oyligida anchagacha tayanchsiz tura oladi, bir qo’lidan ushlab turilsa, bemalol yuradi, yordamchisiz yaxshi o’tiradi.
- Bola 12 oyligida tayanchsiz tik turaveradi, o’tirib turadi, yordamchisiz yaxshi yura boshlaydi. Keltirilgan ko’rsatkichlar bolani jismoniy jihatdan rivojlanganligini baholash va go’dak paytidagi qator kasalliklarini oldini olish uchun juda muhimdir.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalarning harakatini rivojlantirishda jismoniy mashqlarning uyushgan shakllari va massajdan foydalaniladi. Shuningdek, bolani erkin harakat faoliyati uchun sharoit yaratish ham muhimdir. Mustaqil harakat faoliyatining fiziologik ahamiyati bolaga xos ehtiyojlarning harakat orqali qondirilishidir: bola o’z tashabbusi bilan harakat qiladi va o’z ixtiyori bilan holatini o’zgartiradi, harakatni dam olish bilan almashtiradi. Shuning uchun mustaqil faoliyat bola harakat faolligi shakllari ichida eng kam toliqtiradigan faoliyatdir.
Har kuni tarbiyachi harakatlarni rivojlantirish uchun bolaning bedor vaqtida bola bilan to bu harakatlar shakllanib, mustahkamlanguncha o’yin-mashg’ulotlar o’tkazadi.
Bolalar sog’lig’iga to’g’ri kelsa ularga 1-1,5 oyligidanoq kun tartibiga kiruvchi mashq va massajlar belgilaniladi. Bu mashg’ulotlar harakatlarning o’z vaqtida rivojlanishiga, ular sifati va aniqligini takomillashtirishga yordam beradi.
Birinchi yarim yillikda bolaning faolligini rag’batlantirishda tug’ma, shartsiz reflekslardan foydalaniladi. Bola hayotning ikkinchi yarim yilligida mashqlarni bajarish faolligi shartli qo’zg’atuvchilar: ko’rish (o’yinchoq, halqa, tarbiyachining harakati va hokazolar), harakat (tarbiyachining mashq bajarishdagi yordami- qo’lidan tortish, oyog’ini ko’tarish va hokazo), eshitish (tarbiyachining nutqi- sanashi, “o’tir”, “kel-kel” so’zlari va hokazo) qo’zg’atuvchilarini qo’llash orqali rag’batlantiriladi. Bunda, ikkinchi yarim yillikda hali so’z qo’zg’atuvchilar kompleksining kuchsiz komponenti hisoblangan paytda u ko’rib mo’ljallash va eng qudratli qo’zg’atuvchi- harakat qo’zg’atuvchisi bilan albatta birga qo’shib olib borilishi lozim. Tarbiyachi bolaga “o’tir, o’tir” deganda bola hamisha ham uning aytganini qilavermaydi, agar bolani qo’lidan tortib turg’izilsa va o’tqazib ko’rsatilsa, u bu harakatni osongina bajaradi.
Bola hayotining birinchi yilida gimnastikaning sust turi bo’lmish massajga katta o’rin ajratiladi. U barcha muskul guruhlarini qamrab oladi.
Yuqori fiziologik samaraga erishish uchun jismoniy mashqlar kompleksini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
1) mashqlar qo’l, yelka kamari, orqa, ko’krak, qorin, oyoq, tovonlardagi barcha muskul guruhlarini qamrab olishi lozim;
2) mashq oldidan jismoniy mashqlar va massajni almashib turish; qo’l, gavda, oyoq mashqlarini izchillik bilan qo’llash;
3) mashg’ulot jarayonida turli muskul guruhlariga mo’ljallangan mashqlarni almashtirib turish;
4) chalqancha, qorin bilan, yonboshlab yotish, o’tirish, turish kabi dastlabki holatlarni almashtirib turish;
5) birmuncha oson mashqlardan asta-sekin murakkablariga o’tish va mashg’ulotni yana osonlari bilan yakunlash;
6) mashqlarni dam olish (pauzalar) bilan almashlab turish; bunday dam olishlarga massaj ham kiradi, chunki u muskullarni kamroq zo’riqtiradi;
7) mashqlarni takrorlash vaqti, massaj usullari, mashg’ulotlar davomiyligini yarim yillikda 5-6 minutdan yil oxirigacha 8-10 minutgacha cho’zish hisobiga jismoniy yuklamani asta-sekin oshira borish.





Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish