Paxtaobod pedagogika kolleji



Download 19,92 Mb.
bet282/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

Tayyorlov guruhdagi bolalar harakatli o’yinlarni tashkil etishda ancha mustaqil bo’lib qoladilar. Harakatli o’yinlar o’tkazadigan vaqt asosan ertalabki va kechki sayr paytiga to’g’ri keladi. Bir kunda bir nechta harakatli o’yin o’tkaziladi. Bolalarga tanish bo’lgan zvenolarga bo’linib o’ynaladigan o’yinga to’rejaish jarayonini quvnoq musoboqalar tarzida ham o’tkazish mumkin.
O’yinga rahbarlik qilish. Tarbiyachi xonani tayyorlashni, harakatli o’yinlar uchun maydoncha tayyorlashni butunlay bolalarga topshirib, o’zi ularga yo’l-yo’riq ko’rsatib turadi.
Qanday o’yin tanlashga kelganda ko’pincha tarbiyachining so’zi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Tarbiyachi rejada ko’zda tutilgan o’yinni taklif qiladi. Shu bilan birga bolalarning orzu-istaklariga ham quloq solishi va imkoniyati boricha ularning aytganini qilib, bolalarning eng sevimli o’yinlarini tashkil etib turishi kerak.
Vazifalarni taqsimlash ham bolalarning faol ishtiroki bilan amalga oshiriladi, yetakchilarni ham ularning o’zi tanlaydilar. Bunda sanoq o’yinidan tashqari boshqa metodlarda foydalaniladi. Masalan bolalar, davra qurib turadilar, davraning o’rtasida tarbiyachi bo’ladi. Uning qo’lida turgan chambarakning gardishiga tashqi tomondan bir chiziq tortilgan yoki katta nuqta qo’yilgan bo’ladi. Tarbiyachi chambarakni barmoqlari bilan bilan xuddi pirpirak singari aylantirib turib qo’yib yuboradi. Chambarak aylanishdan to’xtab yiqilganda undagi nuqta yoki chiziqcha kimga qarab turgan bo’lsa, o’sha ona boshi bo’ladi. Shuningbek doira o’rtasida polga qo’yilgan kegligini aylantirish mumkin. Aylanishdan to’xtagach, uning cho’qqisi kimga qarab qolgan bo’lsa, o’sha ona boshi bo’ladi. Yana shunday metod ham mavjud. O’yinda qatnashayotgan bolalardan birontasining ko’zi boylanadi; u doira markazida bir necha bor aylanganidan keyin to’xtaydi va qo’lini oldinga uzatib yuqorida aytilgan vazifani kim bajarishini ko’rsatadi. Shunga o’xshagan yana rang-barang metodlar mavjud bo’lib, ular bilan mohirona foydalanish zarur.
Tarbiyachi o’yinni tushuntirar ekan, bolalar tomonidan uning qanday o’tishini bilib olinishiga, bolalar personajlarning xususiyatini hamda harakat metodlarini tasavvur etishlariga, o’yin qoidasini anglab olishlariga erishadi. Murakkab o’yinlarni dastlab tushuntirgan vaqtda uning eng qiyin joylarini ko’rsatib berish kerak, o’yin qismlarini bajarib ko’rsatish lozim. O’yinni takroriy ravishda tashkil etgan vaqtda uning mazmunini, qonun qoidalarini va borishini bolalarga yoki tarbiyachining o’zi eslatadi, yoki bu ishni o’yinda qatnashayotgan bolalarning birontasiga topshiradi.
Ayrim ko’rsatmalarni tarbiyachi o’yin davomida ham berib boradi: qisqa-qisqa ogohlantirishlar berib qoida buzulishining oldini oladi, haddan tashqari faol bolalarni tinchlantiradi, sustkash bolalarga dalda beradi, bor kuchini ishga solib harakat qilishga o’rgatadi. Tarbiyachi o’yinda qatnashayotgan har bir bola katta natijalarga erishishi mumkinligini, buning uchun u butun irodasini ishga solib halol o’ynashi lozimligini, komandaning muvoffaqiyatli shaxsiy natijalarga bog’liq ekanini har bir bolaning ongiga singdirishga harakt qiladi. Yetarli darajada chaqqonlik ko’rsata olmayotgan bo’shroq bolalarga nisbatan xayrihoxlik bilan munosabatda bo’lmaslik hollarining oldini olishga harakat qilgan tarbiyachi har bir bolaning imkoniyatlariga xolisona baho beradi.
Komanda bo’lib o’ynaladigan o’yinlarda o’yin natijalarini yakunlash va g’oliblarni aniqlash muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Tarbiyachi ijobiy natijaga erishish uchun qoidaga binoan harakat qilish muhim ekanligini bolalar tushunib olishlarida yordam beradi. Masalan, agar komandadagilardan birortasi estafetani uzatish qoidasini buzsa (aytaylik, vaqtidan odinroq yugurib qolsa), komandaga jarima bali yoziladi yoki komanda yutqizgan hisoblanadi; o’sha komanda marraga hatto birinchi bo’lib kelsa ham unga mag’lubiyat yoziladi.
Albatta, bunday jazoning qay darajada qattiq bo’lishi o’yin qoidasi nechog’lik buzulganligiga bog’liq bo’ladi. O’yinning borishiga yoki o’yin natijasiga kattagina ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lmagan harakatlar (siglanl berilishidan ilgariroq harakat boshlab yuborish, raqib harakatini ongli ravishda to’xtatib turish, qo’pollik); o’yin qoidasini ancha buzuvchi harakatlar hisoblanadi. Start chizig’idagi qoidalarning sal-pal buzulishi yoki raqib harakatining beixtiyor to’xtalishi o’yin qoidasining jiddiy buzulishi deb hisoblanmasligi kerak. Bunday xatolar o’yin natijalari yakunlanganda va turli komandalar egallagan o’rinlarini taqsimlashda qat’iy baholarga tas’ir etmasligi kerak.
Bolalarning o’yin vaqtidagi hulq atvoriga to’g’ri baho berilishi tarbiyaviy maqsadlarda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi bolalarning u yoki bu hatti-harakatlariga o’z munosabatini jiddiy ravishda asoslab berishi, o’z bahosining to’g’ri ekanligiga ularni ishontira olishlari kerak. Tayorlov guruhdagi barcha bolalar harakatli o’yinlarni mustaqil ravishda tashkil etish va o’tkazishni o’rganib olishlari kerak. Tarbiyachi bolalarga mustaqil ravishda o’yin tanlashni taklif etish, uning qoidalarini bayon etib berish rollarini taqsimlab chiqish, natijalarni yakunlash singari ishlarni bajarishni taklif etib, bolalarni bunday tashkilotchilikka aniq maqsadni qo’llagan holda o’rgatib boradi. Tarbiyachi bolalarni o’yin vaqtidagi ijodiy xarakterlarini rag’batlantiradi, ularni o’yinga yangi siljish harakatlari joriy etish, o’yin qoidalarni o’zgartirish singari yo’llar bilan o’yinning yangi-yangi ko’rinishlarini yaratishga bolalarni e’tiborini qaratadi.

Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish