Paxtaobod pedagogika kolleji


-ilova Yangi o`quv materialini slaydli taqdimoti



Download 19,92 Mb.
bet223/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

4-ilova
Yangi o`quv materialini slaydli taqdimoti
1. Buyumlar bilan bajatiladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarning ahamiyati.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda buyumlar bilan bajariladigan mashqlar keng qo’llaniladi. Mayda anjomlar orasida turli kattalikdagi koptoklar, chambaraklar, arg’amchilar, tayoqchalar, bayroqchalar, kubiklar va boshqa shu singari anjomlar ko’proq ishlatiladi.


Chiroyli rang berib tayyorlangan asboblardan foydalanish bolalarni gimnastika mashg’ulotlariga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, ularning emotsional tarbiyasiga ham yaxshi ta’sir qiladi.





Mashqlarni buyumlar bilan bajarish ularning ijrosini qulaylashtiradi, mashqlarni aniqlashtiradi va ularni bajarishga qo’yiladigan talablarni ancha ko’rgazmali bo’lishini ta’minlaydi, bolalar buyumlar bilan mashq bajayotganlarida tarbiyachi harakatlarini to’g’ri bajarilishini kuzatib turishi ham oson bo’ladi.




Bolalar asboblar bilan mashq bajarganda o’z harakatlarini o’zlari nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Buyumlar yordamida shunday mashqlar bajaradilarki, bu buyumlarsiz umuman ularni bajarib bo’lmaydi: tayoqchadan, narvonchadan sakrab o’tish, chambarak ichidan va boshqalar shular jumlasidandir.






Buyumli mashqlarda buyumning holati va yuqoriga (yuqoriga, pastga, oldinga, va boshqa tomonlarga) yo’nalishi buyumsiz bajarilgan umumiy rivojlanish mashqlaridagi ana shunday holatlar va harakatlarga to’la muvofiq keladi.




2. Buyumlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi
mashqlarni turlari

Bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar umumrivojlantiruvchi mashqlar ichida eng oddiylari hisoblanadi. Bayroqchalar yordamida bajariladigan barcha mashqlar buyumsiz bajariladigan eng oddiy umumrivojlantiruvchi mashqlarda bajariladigan harakatlarga asoslangan.



Bayroqcha mavjudligi harakat xususiyatini o’zgartirmaydi, vazifani oshirmaydi, faqat mashqlarni rang-barang qilib, harakatlarini ancha aniqlashtiradi, ularga emotsional ruh bag’ishlaydi. Shiqildoqlar, kubiklar bilan bajariladigan mashqlar ham xuddi shunga o’xshagan bo’ladi. Quyi guruhlarda o’tkazish ko’proq maqsadga muvofiq bo’ladi





Koptok bilan turli mashqlar, jumladan yumalatish, uloqtirish, ilib olish mashqlaridan tashqari yana umumrivojlantiruvchi turkumdagi mashqlarni bajarish mumkin. Masalan, engashish, burilish, cho’qqayib o’tirish va boshqa ana shunday mashqlar hisoblanadi.




Umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun turli kattaliklagi koptoklardan foydalaniladi. Bunda oddiy koptoklardan tashqari yana og’irligi 1 kgdan ortiq bo’lmagan ichi to’ldirilgan koptoklar ham foydalanish uchun qulay bo’ladi.



Ichi to’ldirilgan koptoklar bilan xuddi oddiy koptoklar bilan o’tkaziladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarga o’xshagan mashqlar o’tkaziladi. Ichi to’ldirilgan koptoklar bilan mashq o’tkazilgan vaqtda fiziologik vazifa ancha ortadi, muvofiqlashtirish, chaqqonlik va kuch-quvvat rivojlanadi.





Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar qo’l va yelka muskullari faoliyatini kuchaytirish, engashish, burilish va qadam tashlash vaqtida harakat miqyosini ko’paytrish uchun xizmat qiladi.




Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar qo’l harakatlari yo’nalishi (yuqoriga, oldinga va boshqa tomonlarga bo’lgan yo’nalish)ni aniq egallab olishga yordam beradi, qo’lni harakatlari hamda gavdaga va polga nisbatan oldinga uzatilganda polga bo’lishini, yelkaga nisbatan gavda bo’ylab uzatilishini va hokazolarni aniq tasavvur qilish imkonini beradi.




Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar, buyumlar bilan bajariladigan mashqlar ichida eng murakkablari hisoblanadi.



Bu shu bilan izohlanadiki, tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlarda oyoq va qo`llarning muayyan va aniq holatini egallab turishi, muvozanat saqlay olishi tayoqchalarning esa tarbiyachi ko’rsatganidek to’g’ri yo’nalish va holatda juda bilish talab qilinadi.




Buning uchun esa bolalardan anchagina muskul harakatlarini namoyish etish, o’z diqqat e’tiborlarini bir nuqtaga qaratish talab qilinadi. Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar eng oddiy harakatlar negiziga qurilgan.





Chambarak yordami bilan bajaradigan mashqlar juda xilma-xil harakatlarni amalga oshirish, g’oyat qiziqarli o’yinlar uyushtirish mumkin. Chambarakni yumalatish, mo’ljalga tashlash, g’ildiratish va boshqa mashqlar bolalarda harakat faolligini oshirish, chaqqonlik va mustaqillikni rivojlantirish uchun juda foydalidir.




Avval chambarakni eng oddiy holatlari va harakat yo’nalishlari (oldinga, yuqoriga, ko’krakka va shu kabilar) o’rganiladi, keyin oddiy harakatlarni, gavdani turli harakatlarini uncha murakkab bo’lmagan kombinatsiyalar bilan bog’liq olib boriladi. Katta chambarak (diametri 1-1,5) bilan bir yo’la 4 yoki besh bola jamoa bo’lib mashq bajarish mumkin.






Uzun arg’amchi (15-20 m) bilan bajariladigan mashqlar butun guruhda bir vaqtda o’tkaziladi. Bunda engashish, tik turish va boshqa mashqlarni, qo’llarini bukish, yozish singari harakatlarni, cho’kkayib o’tirish, qadamlab oshib o’tish, sakrab o’tish va shunga o’xshash boshqa mashqlarni tik turilgan, o’tirilgan va chalqancha yotilgan dastlabki holatdan boshlab bajarish mumkin.




Uzun arg’amchi bilan bajariladigan mashqlarni tuzishda buyumsiz bajariladigan hamda tayoqcha va chambaraklar bilan bajariladigan asosiy umumrivojlantiruvchi mashqlarga tayanish mumkin.






Qisqa (70-80 sm) arg’amchi bilan barcha mashqlarni, shu jumladan gimnastika tayoqchasi bilan bajarish tavsiya etilgan mashqlarni bajarish mumkin.




Kalta arg’amchi bilan bajariladigan bir qator maxsus mashqlar mavjud. Ularning ba’zilari barmoq, tovon, to’piq, muskullarni rivojlantirish uchun juda foydalidir.




Masalan tik turgan yoki o’tirgan holda arg’amchini ikki qavat, to’rt qavat qilish va yana asli holiga keltirish, arg’amchini yumaloq va yoki uzunchoq qilib o’rash va boshqalar. Polga tashlab qo’yilgan arg’amchini oyoq barmoqlari bilan yig’ishtirib olish, uni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish va yana oyoq yordamida uni polga tekislab qo’yish.


5-ilova

1. Umumrivojlantiruvchi mashqlar qanday mashqlar?
2. Umumrivojlantiruvchi mashqlardan qaysilari bolalarni qaddi-qomatini shakkaltirishga yordam beradi?
3. Umumrivojlantiruvchi mashqlar qanday buyumlar bilan bajariladi?



Nazorat uchun savollar:



Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish