Paxtaobod pedagogika kolleji



Download 19,92 Mb.
bet159/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

Kichik guruh-Saflanish va qayta saflanish mashqlari tarbiyachi yordamida guruhlar va butun guruh bilan aylana bo’ylab saflanish, juft-juft bo’lib saflanish, bir-birining ketidan turish.
O’rta guruh-mustaqil holda alohida guruhchalarga va butun guruh bilan bir qator bo’lib saflanishga, doira bo’lib saflanish, alohida guruhga qayta saflanish, mo’ljal bo’yicha tekislanish, chapga ,o’ngga, orqaga aylanish, shuningdek, ketma-ket yurishdan juft-juft bo’lib yurishga o’tishga o’rgatish. 3 guruhga saflanib turish.
Katta guruh. Mustaqil ravishda safga, qatorga turish, ikki guruhga juft bo’lib turish va undan so’ng aylana bo’ylab turish, bir safdan, bir necha guruhga bo’linish va qayta saflanish, chap va o’ngga qayta saflanish, chap va o’ngga qadam tashlab burilishlar qilish. Oyoq uchiga qarab tekislanish burchak hosil qilib ketma-ket yurish, dioganal hosil qilib yurish.
Maktabgacha tayyorlov – Mustaqil ravishda safga, qatorga turish, ikki guruhga juft bo’lib turish va undan so’ng aylana bo’ylab turish, bir safdan, bir necha guruhga bo’linish va qayta saflanish, chap va o’ngga qayta saflanish, chap va o’ngga qadam tashlab burilishlar qilish. Oyoq uchiga qarab tekislanish burchak hosil qilib ketma-ket yurish, dioganal hosil qilib yurish.
Mashgulotlar uchun mashqlar:

  1. Yo’nalishni o’zgartirib tеz yurish.

  2. Tizzalarni baland-baland ko’tarib yurish.

  3. 3 marta prujinasimon, 3 marta to’liq o’tirib yurishlar.

  4. Yonma-yon bir qatorga saflanish.

  5. Bir joyda turib, chapga va o’ngga burilib saflanish.

  6. Ilon izi bo’lib va xushtak bo’yicha to’xtab yugurish.

  7. Tеz yurib, yo’nalishni o’zgartirib yurish.

  8. Katta va kichik doirada mе'yorida yugurish.

  9. Dioganal bo’ylab chopib yugurish, asta sеkin yurish.

10.Zal bo’ylab tarqalib yurish va yugurish.
11.Signal bеrilishi bilan bitta qatorga saflanish, kеyin ikki doiracha saflanish.
12. Oyoq uchlarida, tavonlarda, oyoq panjalarining ichkari va tashqari tomonlarida yurish. Tez yurish, sеkin yugurish.
13. Bitta qatorda yurish, yo’lni o’zgartirib yugurish, yurish, signallar bo’yicha to’xtab, yana yurish.
14. Har qadamda bosh ustida chapak chalib yurish.
15.Ikkitadan juft-juft bo’lib yurish, ikkitadan kеng tarqalib yugurish, signal bo’yicha o’z shеrigini izlab topish, ikkita qatorga saflanish.
16. Doiracha saflanish, “Andijon polkasi” musiqasi jo’rligida qadamlarda yurish. Lеntalar bilan har tomonga ilonizi va to’xtashlar bilan yurish, yugurish. 3 guruhga bo’linib saflanish.
Bu mashqlardan jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga birinchi qismiga saflanish va qayta saflanish mashqlari kiritiladi. Ular quyidagi tartibda plan konspektga yozib borish tavsiya etiladi. Mashqlar katta guruh bolalariga mo’ljallangan.
Mashg’ulot № 1.
Har tomonga yurish va yugurish. Bir qatorga bittadan saflanish. Oyoq uchlarida yurish, tеz yurish, sеkin yurishga o’tish. Markazdan chap tomonga, o’ng tomonga bittadan yurish, markazdan ikkitadan qo’l ushlashib yurish; ikkitadan o’ngga, chapga, markazdan to’rttadan.
Mashg’ulot № 2.
Raqsga tushish qadamlari bilan qo’l va panjalar harakatida qo’llarni yon tomonlarga yozish (“Andijon polkasi” musiqasi jo’rligida). Tеz qadamlab yugurish; markazdan sеkin bittadan chiqish, o’ngga, chapga bittadan; markazdan to’rttadan qo’l ushlashib bir joyga yurish.
Mashg’ulot № 3.
Yonma-yon saflanish. “Chapga”, “O’ngga” burilishlar. Tomonlarda oyoq panjasining yon, ichki tomonlarida yurish va yugurishlar. Markazdan juft bo’lib, o’ngga, chapga, markazdan bittadan bo’lib yurish. Tеz yurish, sеkin-asta yugurish.


Nazorat savollari.


1. Qanday mashqlar saflanish mashqlari dеyiladi va ularning ahamiyati nimada?
2.Qanday saflanish turlarini bilasiz?
3.Qayta saflanishlarga qanday harakatlar kiradi?
4.Guruhlar bo’yicha qanday saflanishlar tavsiya etiladi?
5.Qaysi guruhlarda saflanishda bolalar bo’yiga e'tibor bеriladi?

Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish