Issiqlik ishlab chiqaruvchi agryegatlar uchun yoqilg‘i
Yoqilg‘i- bu yonish vaqtida ma’lum miqdorda issiqlik ajratuvchi yonuvchi mahsulotdir. Yoqilg‘i qattiq, suyuq va gazsimon bo‘lishi mumkin. Kyelib chiqishiga ko‘ra esa sun’iy yoki tabiiy bo‘ladi.
Yoqilg‘ining yonish xususiyati 1 kg qattiq, suyuq yoki 1m3 gazni yonishda ajralib chiqayotgan issiqlik issiqlik miqdori dyeb ataladi.
Qizdirish xususiyati 29300 kJ/kg (7000 kkal/kg) ga ega bo‘lgan yoqilg‘i shartli yoqilg‘i dyeb ataladi. Mazkur tushunchadan issiqlik miqdorini aniqlash uchun va texnik hisoblarda yondirish xususiyatini baholash uchun foydalaniladi. Gazni yoki suyuq yoqilg‘ini yonishda ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori yoqilg‘ining qizdirish harorati dyeyiladi.
Barabanli quritgichlar uchun asosan suyuq yoqilg‘i kyerosin qo‘llanilib, u yongan vaqtda yuqori haroratga erishiladi. Lyekin gazli yoqilg‘ilardan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki uni tozalash, quritish va tashib keltirish oson. Paxta tozalash korxonalarida tabiiy gazdan ham foydalaniladi. Uning yonish issiqligi 35200-38200 kJ/m3 ni tashkil etadi.
Gaz yoqilg‘ilarini qizdirishi anchagina yuqori haroratga ega bo‘lib, uning foydali ish koyeffisiyenti ancha yuqori. Quritgichlar uchun bu afzallik muxim o‘rin egallaydi, chunki haroratni tushirish uchun yonuvchi mahsulotlarni havo bilan aralashtirishga to‘g‘ri keladi. Gazli yoqilg‘ini o‘txonaga uzatish va uni sozlash, yoqish jarayonlari oddiyligi uni avtomatik ravishda yoqilg‘i uzatishni boshqarish imkonini beradi. Gaz yoqilg‘ilaridan foydalanishning asosiy kamchiliklaridan biri –bu uning zaharliligi va aralashmani havo bilan portlash ehtimolining yuqoriligidir. Lekin texnika xavfsizligiga to‘la rioya qilib ishlatilsa yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf qilish imkonini beradi.
O‘txonadagi yoqilg‘ini yonish jarayoni
Yondirish uchun foydalanadigan yoqilg‘i aniq konsyentrasiyagacha havoda yaxshilab aralashtiriladi va olingan aralashma alanga olish xaroratigacha qizdiriladi. Suyuq yoqilg‘i alangalanishi uchun uning yuzasida yonuvchi bug‘ havoli aralashma hosil qilinib, u fakyel bilan yoqiladi. Suyuq yoqilg‘ining xususiyati shundan iboratki, bunda uning qaynash xarorati xar doim alangalanish xaroratidan past bo‘ladi.
Suyuq yoqilg‘ining tomchisi qizib turgan qizdirgichga tushganda qisman bug‘lanadi va havo bilan aralashgan holda yuzasida yonayotgan bug‘ havo aralashmani hosil qiladi, u alangalanish xaroratigacha qizdirilganda yonib kyetadi. Yoqilg‘ining kyeyinchalik yonishi qizib turgan qizdirgichdan kyelayotgan issiqligi evaziga uzluksiz bug‘lanishni ta’minlaydi. Suyuq va gazli yoqilg‘ilarning yonish alangasi 1 va 2- rasmlarda ko‘rsatilgan.
U uchta zonaga ega: birinchisida sochilgan yoqilg‘i havo bilan aralashadi va tarkiblarga bo‘linadi, ikkinchisida qizdirishi xosil bo‘lib, hosil bo‘lgan gaz aralashmasining bug‘lanishi va dissosialanishi sodir bo‘ladi; uchinchisida gaz aralashmasi alangalanadi.
Alanganing uzunligi yoqilg‘ini sochish sifatiga va uni havoda aralashishiga bog‘liq bo‘ladi, shuningdyek qizdiruvchi kamyera fakyeliga (konusli fakyelda uzun alanga xosil bo‘ladi) bog‘liq bo‘ladi.
1-rasm. Suyuq yoqilg‘ining alanga olishi.
1- aralashtirish zonasi; 2-qizdirish va bug‘lanish zonasi;
3- alangalanish zonasi.
2-rasm. Gazli yoqilg‘ilarning alanga olishi.
1-aralashtirish zonasi; 2- qizdirish va bug‘lanishi zonasi;
3- alangalanish zonasi.
Qisqa alanga hosil qilish uchun qizdiruvchi kamyera qaytargich bilan tayyorlanadi, unga havo urilgan sari yaxshi aralashadi va yonishi tyezlashadi.
Suyuq yoqilg‘ining sochilishi past bosimli forsunkalar orqali amalga oshiriladi. Yuza maydoni sochilmagan holatda 0,065 m2 joyga 1 kg kyerasinni va sochilgandan so‘ng 0,04 mm diamyetrli tomchiga 175m2 yuza maydoniga xuddi shunday miqdoridagi kyerosin kyetadi.
3-rasm. Past bosimli forsunka sxyemasi.
Sochilishi qancha yupqa bo‘lsa, havo va issiqlik bug‘i to‘qnashish yuza maydoni shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda sochilish, yonish jarayonini tyezlashtiradi.
Past bosimli forsunka 3- rasmda tasvirlangan. Unga yoqilg‘i quvur orqali kyeladi va markaziy kanaldan yuqori qismga o‘tgan holda sochiladi.
Havo tashqi xalqa kanali orqali kyeladi, sochilishni yaxshilagan holda burama oqim hosil qiladi. Forsunkada maxovik rostlovchisi yordamida amalga oshiriladigan issiqlik uzatish moslamasi mavjud. Past bosimli forsunkada havo o‘tishi uchun tirqish kyesimini boshqarish mumkin, bu uning doimiy harakat tyezligini saqlab qolish imkonini byeradi va yoqilg‘ini yupqa sochish bilan ta’minlaydi. Natijada katta forsunkaning yonish samaradorligi ortadi. Hajim birligidagi yoqilg‘ini to‘liq yonib kyetishi uchun zarur bo‘lgan havo miqdori muhim sanaladi.
Lp nazariy zarur bo‘lgan, Lo amaliyotda qizdirishga byeriladigan havo miqdoriga nisabati ortiqcha havo koyeffisiyenti dyeb ataladi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
4-rasm. Yoqilg‘ini tozalash uchun filьtrning umumiy ko‘rinishi
Nazorat savollari
Paxta sanoatida ishlatiladigan issiqlik o‘txonalarning turlari, afzallik va kamchiliklari?
Gazsimon yoqilg‘ining yonish sxyemasini chizing va izoxlang?
Do'stlaringiz bilan baham: |