1.7. Paxta tozalash zavodining tozalash sexi Paxta tozalash zavodlarida chigitli paxtani dastlabki ishlash texnologii jarayoniga kiritilgan tozalash mashinalari o’rnatilgan sexlar zavodning asosiy sexlari qatoriga kiradi. Bu sexlar quvvati jihatidan ikki tipga bo’linadi: bir batareyali zavodlarda tozalash sexlari bir soatda 10. .12 t, ikki batareyali zavodlarda esa shundan ikki hissa ko’p paxta tozalaydi. Agar chigitli paxta saqlanadigan ombor va maydonlar zavodning bosh binosiga 200 m dan yaqin masofada joylashgan bo’lsa tozalash sexi bosh binoga qo’shib quriladi, chigitli paxtani saqlash zonasi bosh binodan 200 m dan uzoqda joylashgan bo’lsa, tozalash sexi asosiy binodan 100. . .150 m narida quriladi. Bu holda tozalash sexi operativ ombor bilan bosh korpus orasiga joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |