Paxta tozalash zavodining texnologik jarayonini loyihalash


Chigitli paxtani mayda iflosliklardan va yirik xas-cho’plardan tozalash texnologiyasi va jihozlari



Download 9,94 Mb.
bet11/42
Sana04.02.2022
Hajmi9,94 Mb.
#429496
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
Axmadaliyeva B. Topshiriq (1)

1.8. Chigitli paxtani mayda iflosliklardan va yirik xas-cho’plardan tozalash texnologiyasi va jihozlari
Chigitli paxtani har xil iflosliklardan tozalash uchun kerakli uskunalar turlarini tanlashda ularning fizik-mexanikaviy xususiyatlarini (o’lchamlari, kelib chiqishi, paxtaga ilashish darajasi) nazarga olish katta ahamiyatga ega.
Chigitli paxtani xas-cho’plardan tozalash mashinalari qoziqchali barabanlar bo 'limi va arrali barabanli bo’lim idan iborat bo’ladi. Mayda xas-cho’plar qoziqchali barabanlar bo’limida, yirik aralashmalar esa arrali barabanli bo’limda yaxshi tozalanadi.
Chigitli paxtani tozalash uskunalari ish unumdorligi va tozalash samaradorligi (chigitli paxtadan xas-cho’p, o’luk va puch chigitlarni ajratish qobiliyati) bilan baholanadi (xarakterlanadi). Uskunaning tozalash samaradorligi uskunaga tushgan paxtadan ajratilgan aralashma massasining chigitli paxtada bo’lgan barcha aralashma massasiga nisbati bilan foiz hisobida aniqlanadi.

bunda: S1 va S2 — chigitli paxtaning tozalashdan oldin va tozalashdan keyingi ifloslik darajasi.
Uskunalaming tozalash samaradorligiga va ish unumdorligiga chigitli paxtaning namligi va iflosligi katta ta’sir qiladi. Uskunalaming ish unumdorligi ulaming eng yuqori tozalash samaradorligiga moslab oshiriladi. Chigitli paxtaning namligi me’yor darajagacha kamaytirilganda tozalash samaradorligi ko’payib, iflos aralashmalaming chigitli paxtadan ajralishi osonlashadi va ko’payadi. Namligi me’yor darajadan yuqori bo’lgan chigitli paxtani tozalaganda uskunalaming tozalash samaradorligi kamayishidan tashqari, shu chigitli paxtaning tolasida qo’shimcha nuqsonlar ham ko’payadi. Buni 1.8.1- jadvaldagi ma’lumotdan ko’rish mumkin.
1.8.1- jadval

Uskunalarning tozalash samaradorligi chigitli paxtaning iflos qo’shilmalari miqdoriga qarab o’zgaradi: ular qancha ko’p bo’lsa, tozalash vaqtida shuncha ko’p chiqindi ajratiladi.
Mayda iflosliklar chigitli paxtadan barabanli va shnekli tozalagichlarda yaxshi ajraladi va ularni ajratish uchun tozalash jarayonida chigitli paxtani elash yetarli deb hisoblanadi. SHu sababli chgitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun qoziqli-titkilash uskunalari ishlatiladi.
To’rli sirtlar (1- rasm) po’lat simlardan to’qilgan, har xil shakldagi ko’zli yaxlit tunuka yoki turli shakldagi kolosniklardan yasalgan bo’lishi mumkin.

Download 9,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish