Paxta tolasini ajratish, bu jinlarda tolani chigitdan ajratish jarayoni


Arrali jinning texnologik jarayoni



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana01.06.2022
Hajmi2,37 Mb.
#628451
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
15-маъруза (пахта)

 
2.2.Arrali jinning texnologik jarayoni. 
Iflos aralashmalardan tozalangan va yaxshilab titilgan chigitli paxta ta’minlagich 
novidan jinning ish kamerasiga tushadi. Jinning ish kamerasiga joylashgan chigitli paxta 
arrali tsilindrning aylanishi natijasida xom ashyo valigini hosil qiladi. 


Arrali jinning asosiy ish organi hisoblangan arrali tsilindr oralariga maxsus 
qistirmalar qo’yilgan 80 yoki 100 dona arra diskalaridan yig’ilgan bo’lib, bir minutda 730 
marta aylanadi. Bu tsilindr aylanganida uning arralari xom ashyo valigi bilan uzluksiz 
uchrashib turadi va arra tishlariga ilingan yakka chigitli paxtalarni kolosnik panjara tomon 
olib boradi. 
Arra tishiga ilingan tolalarning bir qismi chigitdan ajralib kolosnik orasidan o’tib 
ketadi. Yakka chigitli paxta esa qolgan tolalari bilan xom ashyo valigida aylanishini 
davom ettiradi, chunki chigitning ko’ndalang qirqimi kolosniklar ish qismi orasidagi 
(oraliq)dan katta bo’lgani uchun u yerdan o’ta olmaydi. Uzib olingan tola esa arra tishida 
jinning soplosi tomon keladi, bu yerda soplodan chiqqan havo oqimi ta’sirida arra tishidan 
ajralib jinning bo’g’zi orqali batareyaning tolas trubasiga kelib tushadi, bu yerdan esa 
batareya kondensoriga uzatiladi.
Soploning ustida o’siq kozirogi bo’lib, u toladan o’lik va yirik iflos 
aralshamlarning ajralishini rostlab turadi. Ajratilgan o’liklar va iflos aralashmalar o’lik 
konveyeriga tushib, jindan tashqariga chiqib ketadi. Xom ashyo valigida yakka chigitli 
paxta arrali tsilindr bilan bir necha marta uchrashgandan keyin chigitdagi uzun tolalar 
batamom ajratib olinadi. Tolasidan ajralgan chigitlar esa arralar orasidan kolosnik va 
pastki nov orqali chigit konveyeriga kelib tushadi. 
Xom ashyo valigining harakati, tolani ilib va uzib olish jarayonidan iborat. 
Jinni ishga tushirishda kolosnik panjarani ko’tarib qo’yib, ta’minlagich ishga 
tushiriladi va jinning xom ashyo kamerasi chigitli paxta bilan to’ldiriladi. Kolosnik panjara 
ko’tarilgan holatda turganda arra tishlari kolosniklar sirtidan chiqib turmasligi kerak. 
Xom ashyo kamerasi chigitli paxta bilan to’lgandan so’ng ta’minlagichdan 
tushayotgan chigitli paxta oqimi vaqtincha to’xtatiladi va kolosnik panjara astagina ish 
holatiga keltiriladi. Bunda aylanib turgan arralar kolosniklar orasidan o’tib, jinning ish 
kamerasiga 47 mm chiqib turishi kerak. Arraning xom ashyo kamerasidan chiqib turishini 
rostlash bilan bir qatorda kolosnik panjaraning orqa tomoni bilan arralar orasidagi 
qistirmalar tashqi yuzasi orasidagi zazor ham tekshiriladi. 
Kolosnik panjara ish holatiga keltirilgandan so’ng xom ashyo kamersining ichidagi 
chigitli paxta aylanib, xom ashyo valigini hosil qiladi. SHundan keyin ta’minlagich ishga 
tushiriladi va chigitli paxta xom ashyo kamerasiga bir tekisda tushib turadi. SHundan 
so’ng jinlash protsessi uzluksiz davom eta boshlaydi. 


Aylanayotgan arra tishlari xom ashyo kamerasining pastki qismidagi chigit tarog’i 
atrofida–A zonasida, yakka chigitli paxtaning tolasidan ilib olib, uni kolosnik panjaraning 
yuqori tomoniga sudraydi. Kolosnik panjaraning ish qismiga borganda ilingan tolalar arra 
tishi bilan birga panjara oralig’idan o’tib ketadi. Yakka chigitli paxta esa o’zida qolgan 
tolalari bilan ish kamerasining B zonasida qoladi. Arra tishlari yakka chigitli paxtalarni 
pastdan uzluksiz keltirishi orqasida tolasi ajratilgan chigitlar oldingi chigitlarni suradi. 
SHunday qilib, xom ashyo valigi aylana boshlaydi. 


Ta’minlagichdan bir tekis tushayotgan chigitli paxta xom ashyo valigining tashqi 
tomonini hosil qilgan va tolasi ajratilgan chigitlar chigitli paxtaning yangi qatlami orasida 
qolayotgani uchun xom ashyo valigi markaziga yaqinlashgan sari chigitdagi uzun tolalar 
kamayib boradi. Agar arra chigitning hamma tolasini kolosnik panjaraning ish qismida 
ajratib olsa, u chigitning umumiy paxta massasi bilan aloqasi yo’qoladi. SHuning 
natijasida bunday chigitlar arralar orasidan kolosnik panjara ustiga tushib, undan 
sirg’anib pastga tushib ketadi. Xom ashyo valigining aylanish tezligi arrali tsilindrning 
aylanish tezligiga, xom ashyo valigining zichligi va uning tuzilish shakliga, valik bilan 
kamera yuzasi orasidagi ishlanish kuchiga, ta’minlash tartibiga va jinning ish unumiga 
bog’liq. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish