Patogen mikroorganizmlar


Infektsion jarayonning paydo bo’lish sharoiti va ta‘rifi



Download 62 Kb.
bet3/6
Sana23.07.2021
Hajmi62 Kb.
#126425
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PATOGEN MIKROORGANIZMLAR

3.3. Infektsion jarayonning paydo bo’lish sharoiti va ta‘rifi.

Infektsion jarayon yuzaga chiqishi uchun faqat patogen mikroblarning o’zi kifoya qilmaydi. Mikrob muayyan darajada virulent bo’lishi va bundan tashqari, organizmga yetarli miqdorda kirishi kerak, lekin ba‘zi bir ka­salliklarda, masalan, septik kasalliklarda bakteriya xo’jayralarining soni unchalik katta rol o’ynamaydi. Mikroblarning kichik dozalari kir­gan joyida osonlik bilan yo’q qilinishi mumkin va infektsion kasallik yuzaga chiqmasligi tabiiy.

Mikroblarning miqdoridan tashqari, bir qancha hollarda organizmga mikroblarning qaerdan kirganligi ham ahamiyatli. Ba‘zi infektsiyalar­ning o’ziga xos «kirish yo’llari» bor, shu yo’llardan tashqari mikrob orga­nizmga kira olmaydi va kasallik paydo qila olmaydi.

Biroq organizmga kirgan joyidan qat‘iy nazar, kasallikka sabab bo’ladigan patogen mikroblar ham bor. Tuberkulyoz, toun, brutsellyoz tayoqchalari misol bo’la oladi. Lekin bu holda ham mikrobning kirish usuli o’z ahamiyatini har holda saqlaydi; mikrobning kirish usuliga qarab, ka­sallik manzarasi har xil bo’ladi.



Yuqorida aytganimizdek, infektsion jarayonning vujudga kelishida mikroorganizmlarning holati eng muhim ahamiyatga egadir.

Organizmning muayyan infektsiyaga moyilligi kasallik avj olishi uchun birinchi zarur shartdir. Odamlar ba‘zi infektsiyalarga (qizamiq, toshmali tif) juda ham moyil bo’lgani holda, qorin tifi kabi kasalliklarga uncha­lik moyil bo’lmaydi (40–50%), juda oz kishilargina tserebrospinal me­ningitga moyil bo’ladi. Odamning yoshi katta ahamiyatga ega. Masalan, 6 oy­likkacha bolalarda qizamiq, difteriya juda kamdan–kam kuzatiladi, lekin shu kasalliklar 1 yoshdan 8 yoshgacha bolalarda ko’proq uchraydi. Katta yosh­dagi kishilar ko’k yo’tal, skarlatina bilan kamdan–kam kasallanadi.

Turmush, ovqat, mehnat sharoiti, och qolish yoki uzoq vaqt to’yib ovqat yemaslik, asabiy va ruhiy travmalar organizmning chidamini juda pasay­tirib yuboradi. Shu bilan birga tiqilinch yashash, sanitariyaga xilof sha­roit, madaniy saviyaning pastligi yuqumning doimo aylanib yurishiga qulay sharoit tug’diradi, bunday vaziyatda yangi kasalliklar osongina ro’y beradi.

Demak, infektsion kasalliklarning paydo bo’lishida ijtimoiy omil­lar yetakchi rol o’ynaydi.



Har qanday patologik jarayon kabi, infektsion kasallik biror ayrim organ yoki to’qimaning kasalligi emas, balki butun organizmning ka­salligidir.

Infektsion jarayonning birinchi xususiyati shuki, kasallik belgilari infektsiya yuqqandan keyin darrov paydo bo’lmay, yashirin (inkubatsion) davr deb ataluvchi muayyan vaqtdan so’ng paydo bo’ladi. Bu davr bir necha (4–6) soatdan tortib bir necha kungacha (difteriya va b.) va hatto bir necha (2–3) haftagacha (qorin tifi, toshmali tifda) davom etadi, ba‘zan esa hatto oy­lab (quturish kasalligida) va yillab (moxov kasalligida) cho’ziladi.

Inkubatsion davr mobaynida, bir tomondan, mikroblar yangi sharoitda ko’payadi va ularning zaharlari to’planadi, ikkinchi tomondan, odam orga­nizmining mikrobga va uning zaharlariga nisbatan reaktivligi oshadi, bular esa kasallik belgilarining paydo bo’lishi va rivojlanishida o’z ifodasini topadi.

Inkubatsion davrdan keyin darak beruvchi simptomlar davri (pro­droma) boshlanadi, bu davr kasallikning ba‘zi umumiy belgilari yuzaga chiqishi bilan: haroratning bir oz ko’tarilishi, umumiy betoblik va shunga o’xshash belgilar bilan ta‘riflanadi.




Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish