Pasxa. Pasxa



Download 0,85 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi0,85 Mb.
#224402
Bog'liq
din tarixi


Marosim va bayramlari

Rosh Ashona

Yom Kipur

Pesax


Shavuot

Sukkot


Simxa Tora

Purim


Xanuka

Rosh Ashona

  • Rosh Ashona (ibroniycha “yil boshi”). Yahudiy milliy taqvimiga ko’ra yangi yil bayrami tishre (sentabr-oktabr) oyining 1-2 kunlarida nishonlanadi. Yahudiylik ta`limotiga ko’ra, bu kunda ilk inson Odam yaratilgan va shu kunda Xudo tomonidan berilgan ta`qiqni buzib, jannatdan chiqarilgan. Bu insonga chiqarilgan ilk hukm edi. Shu-shu mazkur kunda Xudo bandalari ustidan hukm chiqaradi. Masalan, yangi yilda kimning vafot etishi va kimning yashashi o’lim yoki hayot kitoblariga yoziladi. Biroq, mazkur kunlarda o’yin-kulgu qilinmay, 10 kun davomida istig’for aytib, ibodat qilish orqali yuqoridagi holatlarni o’zgartirish mumkin. Bu bayram yahudiylar uchun poklanish bayrami hisoblanib, ular qurbonlik qilingan qo’chqor shoxidan yasalgan surnaylarni chaladilar, gunohlari qolmasligi uchun cho’ntaklarini to’ntarib yaxshilab qoqadilar.

Yom Kipur

  • 10 kun davom etgan Rosh Ashonaning oxirgi kunida Yom Kipur bayrami nishonlanadi. Bu kuni hech qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashg’ul bo’linadi. Rosh Ashona va Yom Kipur bayramlari o’rtasida yahudiylar ro’za tutadilar. Ro’za kunlari ular yuvinmaydilar, yalang’oyoq, eski-tuski kiyimlarga oranib yuradilar. Sinagogada nadomatlar bilan yig’lab tovba qiladilar. Ularning e’tiqodiga ko’ra Rosh Ashonada rejalashtirilgan insonning bir yillik taqdiri Yom Kipurda qilingan ibodat va tavbasiga qarab belgilanadi.

Pasxa.

  • Pasxa. Yahudiylarning yillik bayramlari ichida eng e’tiborlisi Pesax(Pasxa) bayramidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli o’laroq, yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutilib chiqqanlari munosabati bilan nisan (mart-aprel) oyining 15 kunidan boshlanib, 8 kun davom etadi. Bu kunlarda hamirturishsiz non ”matsa” istemol qilinadi. Buni tanavul qilish bilan har bir yahudiy ota bobolarining Muso boshchiligida chekkan mashaqqatlarini his qiladi, deb hisoblanadi. Qadimiy yahudiylarda Pasxa deb qo’zichoq go’shti va vinodan iborat kechki ovqatga aytilgan. Xudo Misrdagi yahudiy bo’lmagan go’daklarni qirib tashlashga qaror qilganda ular o’z uylarining peshtoqini o’sha qoni bilan bo’yab o’zlarini yahudiy ekanliklarini bildirganlar.

Shavuot

  • Shavuot. Pasxadan keying 50 kuni yahudiylar Shavuot (Shevuot) bayramini nishonlaydilar. 2 kun davom etadigan Shavuot bayrami ibroniycha Sheviot yani haftalar degan ma’noni bildiradi. Bu bayram dastlab dehqonchilik bayrami bo’lgan, keyinchalik Sinay tog’ida Musoga Xudo tomonidan “Tavrot” ning berilishini nishonlab o’tkaziladigan bayramga aylangan.

Sukkot

  • Yahudiylar Misrdagi qullikdan ozod bo’lganlaridan so’ng cho’lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o’tkaziladigan Sukkot yani Chodirlar bayramidir. Qadimda yahudiylar bu marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar. Bugunga kelib bu an’ana tusidan chiqqan. Sukkot tishre oyining 15 kunidan boshlanib, 7 kun davom etadi. Yahudiylar bu muddat davomida an’anaviy ravishda o’z uylarining oldiga chodir quradilar.

Simxa Tora.

  • Har yili bir marta “Tavrot” o’qib chiqilib, oxirida sukkot boshlanishining 9 kuni hatm bayrami “Simxa Tora” (ibroniycha Tavrot quvonchi) nishonlanadi. Har bir yahudiy honadonida “Tavrot” bo’lib, unga nisbatan hurmat hamma narsadan ustun turadi. Biror yig’ilishda “Tavrot” yerga tushirib yuborilgudek bo’lsa, u yerda bo’lganlarning barchasi kafforati evaziga 30 kun ro’za tutishlari shart bo’lib qoladi.

Purim

  • Butun dunyoga tarqalgan yahudiylar ko'pincha quvg'in va o'lim tahdidi bilan yashadilar. Ba'zan surgun davlatlar hukumati yahudiylarga qarshi haqiqiy genotsidni amalga oshirdi, bu esa istalmagan aholini butunlay o'yg'otdi. Huquqsizlar faqat qonli qirg'in haqida mish-mishlarga qaramay, yangi boshpana izlash uchun chet elda yashirinib qochishgan. Lekin barcha mulklarini qoldirib, ko'p bolali oilalar har doim quvg'indan qochib qutula olmadilar. Shuning uchun bunday voqealar sharafiga yahudiy xalqini afsonalar va maxsus tadbirlar bilan to'lib toshgan pogromlardan ajoyib najot voqealari o'tkazildi. Purimning yahudiy bayrami ularning soniga ham taalluqli bo'lishi mumkin, chunki uning tarixi qadimgi Fors davlatining yahudiy xalqining mo''jizaviy najotining haqiqiy isbotiga asoslangan bo'lib, Isroil o'g'illarining dushmanlari tomonidan qilingan xoin entrikalaridan kelib chiqqan.

Xanuka.

  • Hanuka (ba'zan Chanuka tilida) 8 kun va tunlarda nishonlangan yahudiy bayramidir. Bu Kislevning yahudiy oyining 25-kunida boshlanadi, u noyabr oyining oxirida va dekabrning oxirida dunyoviy taqvimga to'g'ri keladi. Ibroniy tilida "hanukka" so'zi "bag'ishlanish" degan ma'noni anglatadi. Ism bizga, bu bayram miloddan avvalgi 165 yilda yahudiylarning Suriya yunonlari ustidan g'alaba qozonishidan keyin Quddusdagi muqaddas Ma'badni qaytadan bag'ishlashini eslatadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish