Dars turi:
Yangi bilimni o`zlashtirish darsi; bilim va ko`nikmalarni uyg`unlashtirib qo`llash darsi ( mustahkamlovchi)
Ish tartibi:
Yakka va guruhlarda.
Metodlar:
Aqliy hujum, Shaxmat o`yini, Baliq ovi o`yini, matn bilan ishlash.
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
Darslik, kompyuter,ekran ,slaydlar, ,tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism, motivatsiya
Oquvchilar bilan salomlashish,
davomatni aniqlash,
oquvchilarni darsga jalb qilish va sinfda ishchanlik muhitini yaratish.
Uyga vazifani tekshirish.
O’quvchilarni guruhlarga bo`lish.
DARS DAVOMIDA YIG`ILADIGAN BALLAR:
Uyga vazifani tog`ri bajarganligi-1 ball
Darsda savol-javoblardagi ishtiroki-1 ball
Otilgan mavzuni mustahkamlash-1 ball
Yangi mavzu boyicha-1 ball
Yangi mavzuni mustahkamlash-1 ball
M oddalar
Sinfi
|
CaO
|
Al(OH)3
|
H2SO4
|
P2O5
|
CO
|
N H4OH HClO4 Na2SO4 LiOH
|
Oksid
|
+
|
|
|
|
|
|
Kislota
|
|
|
+
|
|
|
|
Asos
|
|
|
|
|
|
|
Tuz
|
|
|
|
|
|
|
Yangi mavzu bayoni:
Elementning ekvivalentligi deb 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy reaksiyalarda shuncha vodorod atomlarining ornini oladigan miqdoriga aytiladi. Ekvivalent teng qiymatli demakdir .
Bir ekvivalent moddaning massasi ekvivalent massa, normal sharoitdagi hajm esa ekvivalent hajm deyiladi.Vodorodning ekvivalent massasi 1 g, ekvivalent hajmi 11,2 l. Kislorod uchun bu qiymatlar mos ravishda 8 g va 5,6 l boladi.
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalari ularning ekvivalent massalariga togri proporsionaldir.
m1| m2=E1|E2
Bunda m1 va E1- birinchi moddaning massasi va ekvivalent massasi;
m2 va E2 ikkinchi moddaning massasi va ekvivalent massasi.
Elementning ekvivalent massasini hisoblash uchun uning atom massasini valentligiga bolish kerak. Tabiiyki, ozgaruvchan valentli elementlarning ekvivalenti massalari ham ozgaruvchandir.
Murakkab moddalarning ekvivalentlarini quyidagi formulalar asosida hisoblasa boladi:
E oksid =M oksid/n×v. M- molyar massa . n va v oksid hosil qiluvchi elementning soni va valentligi;
E kislota= Mkislota/n kislota . n- kislota kislotaning asosligi;
E asos= M asos/n×nasos. n-asos asosning kislotaligi;
Etuz= M tuz/nMe×vMe. n Me va vMe metall atomining soni va valentligi.
Berilgan kimyoviy reaksiyada qatnashayotgan moddalarning ekvivalentini hisoblash uchun ularning reaksiyada qatnashayotgan ionlari, atomlari yoki atomlar guruhi sonini etiborga olish kerak.
Masalan, 49 g sulfat kislota 32,5 g rux bilan reaksiyaga kirishganda 1 g vodorod ajralib chiqadi. Sulfat kislota orniga 36,5 g xlorid kislota olinsa ham oshancha vodorod ajralib chiqadi. Ruxning orniga alyuminiy olinsa, 1g vodorod ajralib chiqishi uchun 9 g alyuminiy kerak boladi.
Murakkab moddalarning ekvivalent massalari quyidagi formulalar bilan hisoblanadi:
E MgO= 40/2= 20. EHCl=36,5/1= 36,5 E(AlCl3)= 133,5/3=44,5
Birinchi reaksiyada H3PO4 faqat bitta vodorod ioni bilan reaksiyada qatnashyapti, shuning uchun bu reaksiyada H3PO4 ning ekvivalent massasi 98 g ga teng. Ikkinchi reaksiyada H2SO4 ning har ikkala vodorod ioni almashgani uchun uning ekvivalent massasi 49 ga teng: Masalan:
H3PO4 + NaOH = NaH2PO4 + H 2O E (H3PO4) = 98/1 = 98g
H3PO4 + 2NaOH = Na2HPO4 + 2H2O E (H3PO4) = 98/2 = 49g
Elementning 1 ekvivalenti massasi uning ekvivalent massasi deyiladi vodorod uchun 1 g/mol
Suv hosil bolishini qarasak 2H2+ O2 = 2H2O 2 mol vodorod 1 mol
kislorod bilan tasirlashib tarkibida 2 atom vodorod va 1 atom kislorod saqlagan H2O molekulasini hosil qiladi. Boshqacha qaralsa har 1 g H va 16 g O elementlari birikib 18 g H2O ni hosil qiladi, yana ham kichikroq miqdoriy nisbatlarda qaralsa 1g H va 8 g O elementlari birikib 9 g H2O ni hosil qiladi.
Bundan shunday hulosaga kelish mumkin: har qanday holatda suv hosil bolish jarayonida 1g H elementi ( 6,02 *10 23 ta H atomlari ) 8 g O elementi ( 3,02 *10 23 ta O atomlari ) ga kimyoviy jihatdan ekvivalent ( teng kuchli ) miqdorlardir. Agar bu reaksiyada ikkala moddadan birontasidan kop olinsa masalan 16 g O olinsa aynan yuqoridagi 1g H:8g O miqdoriy nisbatda reaksiya borib 8 g O ortib qoladi. Shunga asosan moddalarning kimyoviy jihatdan teng kuchli miqdoriy nisbatlarini ifodalash uchun ekvivalent tushunchasi kiritilgan bolib E harfi bilan belgilanadi va g/mol birlikda olchanadi.
EH =1 g/mol EO =8 g/mol EMg =12 g/mol
Demak magniyning ekvivalenti 12 g / mol deyilgani, uning 12 grami kislotalar tarkibidan 1g H ni siqib chiqaradi yoki 8 g kislorod bilan birikishini anglatadi. Yuqoridagi tushunchalar asosida asosiy qonunlardan biri
Do'stlaringiz bilan baham: |