Asalari oilasini ko‘chirishga tayyorlash - Erta bahorda, salqin havoda uyani asalarilar bilan birga ko‘chirishda ari uyasini maxsus tayyorlashga hojat yo‘q. Bunda faqatgina romlar bilan berkitiladi, ular uyada harakatsiz turishi kerak, ya’ni mashina yurganda qo‘zg‘almasligi va harakatlanmasligi uchun. Andozali uyalarda doimiy ajratkichli ramkalar ko‘zda tutilgan. Uyaning korpusi ramkalar bilan to‘ldirilganda ular harakatsiz turadi va ko‘chirish davomida qo‘shimcha mahkamlash shart emas. Agar pasekada uyalardagi romlar doimiy ajratkichga ega bo‘lmasa, ko‘chirishdan oldin to‘rt qirrali o‘lchami 10x12 mm va uzunligi 1/3 qismiga teng keladigan romlar bilan mahkamlanadi. Ularni har ikki yo‘lak orasiga qo‘yiladi. To‘rt qirrali romning bir uchiga mix qoqiladi, u esa romli yo‘lakka tushishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bahorning ikkinchi yarmida va yoz faslida arilami yangi asal yig‘ish joyiga ko‘chiriladi. Issiq vaqtlarda qora va qo‘ng‘ir rangli 4 - 5 ta simli sotlami uzib bo‘lmaydi, chunki ular juda yaxshi berkitilgandir. YAngi qo‘yilgan sotlar avlodlar yoki asal bilan to‘lgan boiib, chayqalishga chiday olmay yiqiladi. Natijada asalarilar nobud bo‘ladi. SHuning uchun ko‘chirishga tayyorlashda uyalarga mum qog‘ozli romlar qo‘yilmaydi, asalga to‘lgan og‘ir romlar olib tashlanadi. Asal bilan to‘lgan romlarni asal yig‘ishga olib borishga hojati yo‘q. Olingan romlar o‘rniga qo‘ng‘ir rangli bo‘sh katakchali sotlar qo‘yiladi. Asalarilar kechasi ko‘chiriladi. Mamlakatning janubiy hududlarida ko‘pincha kechalari ham juda issiq bo‘ladi. Bunday hollarda uyani o‘rtasidagi sotlar yumshab uzilishi mumkin. Buning oldini olish uchun uya korpusining ikki chetidagi romlar olib tashlanib, ulaming o‘rniga uya o‘rtasiga yangi ikkita bo‘sh sotli romlar qo‘yiladi.
Uyalarni avtomashinaga yuklash - Mashinalarga yuklashdan oldin, uyalarda ochiq qolgan teshiklar bor yoki yo‘qligi va ular orqali arilaming chiqa olmasligi tekshirish ko‘riladi. Bunday yoriqlar qurigan uyalarning asosida paydo bo‘lishi mumkin. Yoriqlar bo‘lsa, ulami loy yoki yelim bilan berkitiladi. Yuklashda uyalar faqatgina oldinga yoki orqaga egilishi mumkin, lekin yonbosh tomonga emas. Uyalami avtomashinalarga yuklashda uyalar orasidagi yo‘laklar keng bo‘lsa, u yerga avtomashina yaqin borib ortish oson kechadi. Agar avtomashinalami pasekaga haydab kira olmasa, ( uyalar oraligidagi masofa qisqa bo‘lib yoki o‘simliklar qalin bo‘lsa ) uyalarni mashinaga ortish uchun aravachada olib kelinadi. Yaqin masofaga ya‘ni 2 – 3 soatda etib boradigan manzilga arilarni ertalab ko‘chirish qulay, chunki yozda arilar uyalarida to‘plangan bo‘ladi. Havoning sovuq kunlari, ya‘ni, arilar uchmaydigan vaqtda kun davomida ko‘chirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |