Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo`qotish yo`llari.
Bozor signallari. Bozorda sotiladigan tovar to`g’risida, tovarni ishlab
chiqaruvchi firmaning nomi to`g’risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi,
firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g’risidagi axborotlar bozor signallari
bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni
kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi bo`lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot
ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti bo`lsa, siz mahsulotni yo`qotishsiz sotib
olasiz.
Firmalar xaridorlar ularda yaxshi sifatdagi mahsulot borligini bilishi uchun
reklamaga mablag’ sariflashlari mumkin. 20 – bo`limda ko`rganimizdek talabalar
ishga oluvchilar ularning bilimlari yetarli darajada ekanligini bilishlari uchun oliy
o`quv dargohlarini diplomini olishlari mumkin. Bilimning signal nazariyasi odam
kapitali nazariyasidan farq qiladi. Odam kapitali nazariyasida diplom mavjudligi
odamning qobiliyatlari Mavjudligidan emas, balki ish mahsulligini ko`rsatadi.
Signal qilishning bu ikki misoli umuman turlicha ko`rinishi mumkin biroq tashqi
ko`rinish ostida ular deyarli bir xil: ikkala misolda ham habardor taraf (firma,
talaba), habardor bo`lmagan tarafga (xaridor, ishga oluvchi) signal orqali ular
yaxwi sifatli narsani taklif qilayotkanlari haqida habar berishmoqda.
Biror bir harakat yaxshi signalga aylanishi uchun nima kerak bo`ladi? U
qimmatga tushishi ravshan. Agar signal tekin bo`lganida hamma undan foydalanar
va u hech qanday ma’lumotni uzatmas edi. Huddi shu sababga boshqa bir talab
bor: yuqoriroq sifatli mahsuloti bo`lgan odamga signal kam xarajatli yoki yuqori
foydali bo`lishi kerak. O`zga holda barcha signalni ishlatishni hohlab qoladi va u
hech narsani bildirmay qo`yadi.
Yuqoridagi ikki misolimizni yana bir bor ko`rib chiqamiz. Reklama holatida,
sifatli mahsuloti bo`lgan firma reklamaga pul ketkazib yanada ko`proq daromad
ko`radi chunki mahsulotni bir bor ishlatib ko`rgan iste’molchi uni yana sotib olishi
ehtimoli yuqoriroq. Shuning uchun yaxshi mahsulotga ega firmaga signal
(reklama) uchun mablag’ sarflash foyda, iste’molchiga esa signalni mahsulotni
sifati haqida habar beruvchi ma’lumot sifatida qarash foyda desak bo`ladi. Ta’lim
159
misoliga kelsak, iqtidori bor odam maktabni bitirishi osonroq iqtidorsiz odamga
qaraganda. Shunday ekan shaxsga signalni (ta’lim) narxini to`lash, ishga oluvchiga
esa bu signalga shaxsning qobiliyatlari haqida ma’lumot sifatida qabul qilish
to`g’ri bo`ladi.
Dunyo signallarga to`lib ketgan. Jurnallardagi reklamalarda ba’zida
“televizorda ko`rganingizdek” yozuvi bo`ladi. Nega jurnalda reklamasi bor firma
bu faktga urg’u bermoqchi bo`ladi? Bunga sabab korxona qimmat signaldan
(televizorda) foydalanayotgani sizga uning mahsuloti yuqori sifatli ekanligidan
darak bermoqchiligidadir. Xuddi shu sababga ko`ra nufuzli maktablarni bitirganlar
bu faktni o`z rezumelarida aks ettirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |