Ilk qadam
Men baxtli onlarni kutib yashadim.
Ko‘nglimda umidim sarob bo‘lsada.
Bu kun ortimga men nazar tashladim.
Armonli yillarim yig‘lab tursada.
Men baxtli onlarni kutib yashadim..
VATAN
Vatan uchun shukr qilaylik....
Vatan tinchdir, yurtimiz obod.
Yashayapmiz erkin va ozod.
Ezgu istak, maqsadlar sari.
Intilamiz dildan bo‘lib shod.
Bundan ortiq baxt bormi bizga?
Dilim oppoq, manzilim oppoq
Ko‘nglim toza, orzularim pok.
Omadimning qo‘lidan tutib.
Bu yo‘llardan borayapman sog‘.
Bundan ortiq baxt bormi menga?
Nima ista bari muhayyo.
Bu tush emas yoki bir ro‘yo.
Orzularga eshiklar ochiq,
Ertaklarga tushgansan go‘yo.
Bundan ortiq baxt bormi senga?
Yo‘llar ravon, manzilim yaqin.
Yoshlarimiz ko‘zida chaqin.
Keksalari doim duoda.
Qo‘l uzatsak osmon ham yaqin.
Bundan ortiq baxt bormi bizga?
33
Ilk qadam
Xotirjammiz, to‘ylar ham oldda.
Armonlar ham qoldiku ortda.
Yashayapmiz yayrab va yashnab.
Niyatlar ham zalvorli katta.
Bundan ortiq baxt bormi bizga?
Shukrona ayt, shu Vatan uchun.
Shukrona ayt, pok orzu uchun.
Shukr qilgin sog‘san, baxtlisan.
Shukrona ayt, shu tinchlik uchun.
Bundan ortiq ne kerak bizga,
Bundan ortiq baxt bormi bizga?!
HAQIQAT
Dilingni yemirar ichki dushmanlar.
Yurakni kemirar qalbda isyonlar.
Jilovlay olmaysan, asov tug‘yonlar.
Haqiqat achchiqdir, haqiqat shirin.
Ollohdan hech bir ish bo‘lmas yashirin.
Dilingda boshqa-yu, tilingda boshqa.
Muhabbating sarson bir bag‘ritoshga.
Ko‘zing tik boqolmas yorug‘ quyoshga
Haqiqat nur erur, haqiqat yashin.
Ollohdan hech bir ish bo‘lmas yashirin.
Ko‘zing ko‘r bo‘lsa gar, yomon ishlarga.
Qulog‘ing kar bo‘lsa, g‘iybat gaplarga.
Tiling bandi bo‘lsa, o‘tkir tishlarga.
Haqiqat egilur, haqiqat sinmas.
Ollohdan beruxsat tikon ham kirmas.
34
Ilk qadam
Juda achchiq bo‘lsang, tuflab tashlashar.
Shirinsan, yamlamay g‘ajib tashlashar.
O‘ylamay yuraging o‘tga tashlashar.
Haqiqat o‘limdir, haqiqat to‘lin
Ollohdan hech bir ish bo‘lmas yashirin.
Aldashar, aldovga uchib yashaysan.
Yoki saroblarni quchib yashaysan.
Xayolda-falakda uchib yashaysan.
Haqiqat yengilmas, haqiqat og‘ir.
Ollohdan keladi zamona-oxir.
Dunyoning ishlari to‘kis bo‘lmaydi.
Hayotning yo‘llari tekis bo‘lmaydi.
Haqiqat hech qachon ilkis sinmaydi.
Haqiqat to‘g‘ridir, haqqa sen yukin.
Ollohdan hech bir ish bo‘lmas yashirin.
Haqiqat zulmatni yorgan bir nurdir.
Uni ko‘rmaganlar, qalb ko‘zi ko‘rdir.
Haqiqat yo‘q, peshonang sho‘rdir.
Haqiqat sho‘r emas, haqiqat zo‘rdir.
Ollohga isyonning oxiri xordir.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |