Kursida namoz o‘qish mumkinmi?
Savol: Yaqinda ish bilan ketayotib, peshinni yo‘ldagi bir masjidda o‘qishga
to‘g‘ri keldi. Bu masjidda o‘ndan ziyod kishi namozni bir chetga qo‘yilgan kursi
(stul)larda o‘qishayotgan ekan. Shu mumkinmi?
Javob: Namoz holatlari xushu’ (qullik) va xuzu’ (zorlik) ta’biridir. Shuning uchun
turishga kuchi yetib sajda qilishga qodir bo‘lmagan kishilar namozni o‘zlariga qulay holda
yerga o‘tirib o‘qiydilar. Ruku’ va sajdani imo bilan ado qiladilar. Chunki yerga o‘tirgan
namozxon sajda joyiga yaqin bo‘ladi. Sajdaga qodir bo‘lmaganliklari uchun ulardan
qiyom farzi soqit bo‘ladi. Ularning kursida o‘tirib o‘qishlari xushu’ va xuzu’ga xilof
bo‘lganidan makruhdir («Raddul muxtor»).
Do'stlaringiz bilan baham: |