Savol: Qo‘limni ehtiyotsizlik qilib jarohatlab oldim. Tahorat paytida nima
qilmog‘im kerak?
Javob: Tahorat olishda yuvilishi lozim bo‘lgan a’zolardan birida jarohat bo‘lsa,
qaraladi: agar unga sovuq suv zarar qilsa, issiq suv bilan yuviladi. Issiq suv ham
jarohatga zarar qilsa, unga bevosita mash qilinadi. Ya’ni, qo‘l ho‘llanib jarohat
siypalanadi. Agar jarohatga bevosita mash qilish imkoni bo‘lmasa, jarohat bog‘langan
dokaga mash qilish kerak. Bunda jarohat tahoratli holda bog‘langan bo‘lishi shart
emas. Jarohat bog‘langan dokaga mash tortish muddati chegaralanmagan
(«Hadiyyatus su’luk»).
Do'stlaringiz bilan baham: |