Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin


ATAMANNING TUG‘ILGAN KUNI



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

ATAMANNING TUG‘ILGAN KUNI
Ahmad!
14­va 22­dekabrda yozgan xatlaringni oldim. 
Katta rahmat. Yotib qolganim uchun xatlaringga 
vaqtida javob qaytarolmadim, shamollab qolib­
man. Baribir shundayam xat yozsam bo‘lardi­yu, 
lekin uni qutiga kim tashlaydi? Oyim bilan opamga 
esa bergim kelmadi. Aksiga olib Metin ham men 
bilan baravar og‘rib qoldi. Kecha oyoqqa turdim, 
bugundan maktabga qatnayapman. O‘qishdan ke­
liboq javob yozishga o‘tirgan edim, oyim sendan 
xat kelganini aytib qoldi. Konvertdagi manzilni il­
gariroq ko‘rgan ekan, shuning uchun:
– Ahmaddan kelibdi. O‘rtog‘ing oqibatli ekan. 
Seni esdan chiqarmay kelyapti, – dedi.
Xatingni o‘qib bo‘lib, Metinning oldiga kirdim. 
Haliyam turgani yo‘q. Termometrni qo‘yib, isitmasi­
ni o‘lchadim – 38,2.
Aslida ikkovimiz arzimagan narsa bilan shamol­
lab  qoldik.  Sinfimizda  Ataman  degan  bola  bor, 
uning tug‘ilgan kuniga borgan edik. O‘sha yerdan 
kasal bo‘lib qaytdik. Bizdan tashqari yana uchta 
bola ham shamollab yotibdi.
Ota­onalar majlisida oyim Atamanning onasi bi­
lan tanishib qolgan ekan, u: «Yaqinda o‘g‘limizning 


75
«Ona tarbiyasi»
tug‘ilgan kuni bo‘ladi, bolalarni olib albatta keling, 
kutamiz», deb aytibdi. Keyin uy manzilimizni yozib 
olib, o‘zimiz mashinada olib ketamiz, debdi.
Oyim Metin ikkovimizni yuborishga rozilik ber­
gan ekan, u: «Xo‘jayin bilan o‘zingiz ham keling. 
Kelmasangiz xafa bo‘lamiz», deb turib olibdi. Oyim 
noiloj va’da beribdi.
Buni eshitib, dadamning xunobi oshib ketdi. 
«Yosh bolaning tug‘ilgan kunida bizga nima bor?» 
– deb g‘ijinib turgan edi, oyim ularga boramiz deb 
va’da berib qo‘yganini aytdi. Xullas, hammamiz 
boradigan bo‘ldik. Atamanni tug‘ilgan kuni bilan 
tabriklash uchun sovg‘a­salom oldik. Men kitob, 
Metin esa avtoruchka taqdim qiladigan bo‘ldi.
Peshindan keyin uyimizning oldida mashi­
na to‘xtadi. Bizni olib ketgani kelishibdi. Dadam 
Ata manning otasi bilan mashinada tanishib oldi. 
Mashina o‘zlariniki ekan.
Birovning g‘iybatini qilyapti, deb mendan ran­
jishing mumkin. Lekin men g‘iybat qilayotganim 
yo‘q. Ularning uyida nima ko‘rgan bo‘lsam, shuni 
yozaman.
Ular juda badavlat turisharkan. Shundoqqina 
sezilib turibdi. Bir payt oyim dadamga qarab: «Bu­
larda pul ko‘p­u did yo‘q ekan. Manavi jihozlarni 
ko‘r, sirayam bir­biriga mos emas­a!» deb pichir­
laganini eshitib qoldim.
Atamanning dadasi har ikki gapning birida «ka­
minangiz» yoki «hazratlari» deyishga odatlangan 
ekan.
Uy ichi keng­u, ammo mehmon ham ko‘p. 
Qolaversa, uzun­qisqa bo‘lib kelayotganlarning 
hali keti ko‘rinmaydi. O‘n beshtaga yaqin bola 
yig‘ildi, lekin kattalarning soni o‘ttizdan oshib ket­


76
Aziz Nesin
di. Bizga o‘xshab boshqa bolalar ham ota­onalari 
bilan kelishgan ekan.
– Oyi, bugun o‘zi kimning tug‘ilgan kuni – Ata­
mannikimi yoki dadasinikimi? – hayron bo‘lib 
so‘radi Metin.
Biror joyda Metinning og‘zidan nojo‘ya gap 
chiqquday bo‘lsa, oyim uni odatda sekingina chim­ 
chilab qo‘yardi. Bu gal ham birovga bildirmay asta 
o‘ymalab olgan edi, Metin jimib qoldi.
– Uyimiz torlik qilib qoldi, aylanay, – dedi Ata­
manning onasi oyimga zorlanib. – Xudoga shukur, 
obro‘yimiz joyida, hamma yo‘qlab kelaveradi. 
 Chaqirmasak, xafa bo‘lishadi. Odamning yuzi is­
siq bo‘larkan. Kelasi yil o‘g‘lonning tug‘ilgan kunini 
biron kattaroq restoranda o‘tkazmasak bo‘lmaydi. 
Xo‘jayinni ham ko‘ndirib qo‘ydim. Baraka topkur, 
bizning xo‘jayin hecham so‘zimni yerda qoldirmay­
di, nima desam, shunga ko‘nadi.
Bu xotin erini xo‘jayin, Atamanni esa o‘g‘lon deb 
chaqirarkan.
– Bizning xo‘jayin shunaqa, hecham gapimni ik­
kita qilmaydilar. Xo‘sh, sizniki qanaqa, durustmi?
Oyimning bu andishasiz gapga jahli chiqqanini 
yuzidan sezdim.
– Xo‘jayin deganingiz kim u? Atamanning onasi 
iljayib qo‘ydi:
– Xo‘jayin deb erga aytiladi­da, ovsin. Xo‘sh, u 
kishiyam gapga ko‘nadigan xilidanmilar?
– Uy ancha isib ketganga o‘xshaydimi? – dedi 
oyim gapni boshqa yoqqa burib.
– Ha, o‘g‘lonning tug‘ilgan kuni sharafiga ko‘mir­
ni ayamay yoqdik. Batareyalar qizib ketdi shekilli... 
Xo‘jayinning o‘zlari yaxshi odamlar­u, ammo­le­
kin  juda  ko‘ngillari  bo‘sh-da.  O‘g‘lonimiz  sharafi­


77
«Ona tarbiyasi»
ga batareyalar qizib tursin, deb tayinladilar. Ha, 
aytmoqchi, idoralarida ikki­uch kotiba qiz ishlaydi. 
Hech keragi yo‘q shuncha qizning. Erkak zoti shu­
naqa bo‘larkan. Birini olib, biriga ursin bularni.
– Qani, dadangizdan bir xabar olinglar­chi, nima 
qilyapti ekan, – deb oyim men bilan Metinni chiqa­
rib yubordi.
Erkaklar katta zalda o‘tirishgan ekan. Stol to‘la har 
xil noz­ne’matlar. Atamanning otasi bilan gaplashib 
o‘tirgan dadam bizni ko‘riboq ensasi qotdi.
– Oyingning bir o‘zini tashlab kelibsanlar­da?! 
Metin o‘ylab­netib o‘tirmadi:
– O‘zlari shu yoqqa yubordilar­ku.
– Bular hazratlariga tegishlimi? – deb so‘radi 
Ata manning  dadasi.
– Ha, shundoq.
– Umri bilan bergan bo‘lsin... Ha, nima deyotgan 
edim? Esimga tushdi... Shu men ziqna odamni yo­
mon ko‘raman. Men sizga aytsam, xotin zoti ziqna 
bo‘larkan... Masalan, bizning xotinni olib ko‘raylik. 
Bozordan apelsin oladigan bo‘lsa, ikki xilini tanlay­
di. Biri yaxshisi-yu, biri yomon. Eng pachoq, eng 
arzon apelsinni ataylab xizmatkorlarga oladi. Ular­
ga shunisi ham bo‘laverarmish. Ho‘v xotin, bu be­
ma’niligingni tashla, xizmatkor ham senga o‘xsha­
gan odam, dasturxon hammaga bitta bo‘lishi ke­
rak, deb kaminangiz toza nasihat qildi, bo‘lmadi. 
Xotin kishiga gap uqtirib bo‘lmas ekan. Bu ishing 
odamgarchilikdan emas, desam ham tushunmay­
di. Ho‘v xotin, sen apelsindan o‘n qurush yulib 
qoladigan bo‘lsang, ro‘zg‘orga ikki yuz liralik zarar 
keltirishing mumkin. Chunki shu arzimagan nar­
sa bilan xizmatkorning nafsoniyati og‘riydi, oxiri 
u idish­tovoq yuvayotganida ikki yuz lira turadi­


78
Aziz Nesin
gan chinni laganni paq etib tashlab yuboradi­da, 
qo‘limdan tushib ketdi, deb bahona qiladi. Ming 
marta aytdim bu gapni. Qani buning fahmi yetsa...
– Bor, oyingning oldiga jo‘nalaring! – haydab 
berdi dadam bizni.
Hammamiz toza zerikdik. Bolalarning qiy­chuvi 
joniga tegdi shekilli, mehmon ayollardan biri:
– Bola­chaqa bilan bir joyga hecham borish ke­
rak emas... Quloqni qoqib, qo‘lga berishadi, – dedi 
yonidagi juvonga engashib.
Dadam:
– Ketaylik endi, bas, – deb shipshigan edi, oyim 
ko‘nmadi.
– Birpas o‘tiraylik... Darrov ketsak ayb bo‘ladi.
– Kaminangiz yo‘qsil bolalarga qo‘ldan kelgan­
cha yordam berib keladi, – dedi u dadamga qa­
rab. – Har bayramda quruq qo‘ymayman... Buni 
qarang, shuni ham yozib chiqishibdi­ya...
Yosh bolalarni bir joyga to‘plashdi. Ataman­
ga taqdim etilgan sovg‘a­salomlarni stolga terib 
qo‘yishdi. Xona dimiqib ketgan ekan, deraza­
ni ochib yuborishdi. Metin ikkimiz rosa terlagan 
ekanmiz, derazaga yaqinroq kelib turdik. Birpasda 
tumov bo‘ldik. Zotiljam shu yerdan boshlandi.
Dadam mezbonlardan ketishga ruxsat so‘ragan 
edi, Atamanning otasi javob bermadi.
– Bu qanaqasi? Ovqat pishsin, bir­ikki qadahdan 
otaylik, keyin ketarsizlar.
Dadam zarur ishi borligini aytib, uzr so‘radi. 
Ko‘chaga chiqdik.
– Ayb menda, kechirasan,– dedi oyim dadam­
ning xunobi oshganini ko‘rib.– Bunaqa bo‘lishini 
bilmovdim. Oyisi hadeb chaqiraverganidan keyin 


79
«Ona tarbiyasi»
va’da berib qo‘ygan edim. Nima qilay, gapini qay­
tarolmadim...
Ertasi kuni isitmam o‘ttiz to‘qqizga chiqdi.
Xatingda Hikmatning holi keyin nima kechdi, 
deb so‘ragan ekansan. Hikmat bir haftadan beri 
maktabda ko‘rinmaydi. Bechoraga nima bo‘ldiykin, 
bilmayman. Birortamiz ham uyini bilmas ekanmiz. 
Uning boshiga tushgan kulfat menga qattiq ta’sir 
qildi. Shuning uchun bu haqda xatning oxirida 
yozyapman.
Menga o‘xshab sen ham kechikib javob yozmas­
san, deb umid qilaman.
Zaynab Yolqir,  
Anqara, 25-dekabr, 1963-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish