63
«Ona tarbiyasi»
Yana qizmish. Bunisiga Suad
degan ismni tanlab
qo‘yishgan ekan. Suad bo‘lsa Suadda! O‘g‘il bo
lagayam, qiz bolagayam bo‘laveradi bu ism.
Hikmatning onasi tug‘ruqxonaning bosh ham
shirasiga yig‘lamoqdan beri bo‘lib ahvolini tu
shuntiribdi. Mabodo erim telefon qilib qolsa, qizli
gini aytmang, deb yalinibdi.
– Suyunchini cho‘zavering, o‘g‘illik bo‘ldingiz, –
debdi bosh hamshira ham otani qutlab.
Boshi osmonga yetgan ota o‘pkasini qo‘ltiqlab
tug‘ruqxonaga yuguribdi.
– Qani, qani, azamat o‘g‘limni bir ko‘ray! –
deb turib olgan ekan, yo‘rgaklangan chaqaloqni
ko‘rsatishibdi.
– Uch oygacha uyimiz to‘yxonaga o‘xshab to‘lib
turdi, – hikoyasini davom ettirdi Hikmat. – Da dam
hamisha chaqaloqni «valiahdim», «shahzodam» deb
chaqirardi. Shahzodaning onasi – malikaga kuni
ga har xil sovg‘asalomlar kelardi. Biz ham er
kin nafas ola boshladik. Qiz bo‘lib tug‘ilganimizni
dadam endi yuzimizga solmasdi. Dadamiz Suadni
yalang‘och holda ko‘rib
qolmasin, deb hammamiz
o‘libtirilardik. Dadam kelguncha oyim chaqaloqni
yuvibtarab, tagini almashtirib qo‘yardi. Dadam
bor paytlarida Suadni cho‘miltirmasdik! Bir kun
masbir kun sir oshkor bo‘lishi aniq ediku, lekin
biz o‘sha mash’um kunni qo‘ldan kelgancha na
riroq surishga harakat qilardik. Ungacha dadamiz
ancha hovuridan tushib qolar deb o‘ylardik.
Dadam shirakayf bo‘lib kelgan kunlari «hamma
laring o‘g‘limdan aylanibo‘rgillaring», deb qolardi.
Keyin shahzodani bir cho‘miltiraman, deb oyog‘ini ti
rab
turib olar, oyim esa, qo‘ying hozir o‘zi sal shamol
lab turibdi, deb uni zo‘rg‘a shashtidan qaytarardi.
64
Aziz Nesin
Eh, bundan ikki kun oldin uyimizda qiyomatqo
yim bo‘ldi... Hammamiz uxlab yotgan edik, birdan
shovqin ko‘tarildi. Uyg‘onib ketdik. Dadam ovozi
ning boricha baqirar, oyim esa ho‘ngho‘ng yig‘lar
di. Kechasi dadam nima bo‘lib ham Suad o‘g‘il bola
emasligini bilib qolibdi. Rosa to‘polon qildi. Chaqa
loqni oyog‘idan dast ko‘tarib olgancha, hadeb: «Meni
aldabsanlar... O‘g‘illaring shumi hali», deb bo‘kiradi.
Suad bechora big‘big‘ yig‘laydi.
Oxiri dadam chaqaloqni oyimga qarab irg‘itib
yubordi.
– Yo‘qollaring ko‘zimdan! Meni rosa chuv tu
shirib sanlar... Esiz-esiz ketgan pullarim... Jo‘nala-
ring uyimdan!
Dadam bizni uydan haydab chiqardi. Qo‘shni
miznikida tunni o‘tkazdik.
Hikmat ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
Dadasi bilan
oyisi endi ajralisharmish.
Ketmaket sakkizta qiz ko‘rgan odamga oldiniga
kuldim, keyin Hikmatga qo‘shilib men ham yig‘lab
oldim.
O‘sha kuni maktabdan qaytgach, oyimni
so‘roqqa tutdim.
– Oyi, opam tug‘ilganida dadam xursand bo‘lgan
milar?
– Ha, albatta.
– Men tug‘ilganimdachi? Undayammi?
Oyim jerkib berdi:
– Ko‘p vaysama! Bor, ishingni qil!
Men oyimni o‘z holiga qo‘ymadim.
–
Ayta qoling, oyijon, dadam meni eshitib xafa
bo‘lganlarmiyo‘qmi?
– Bunisi o‘g‘il bo‘ladi, deb o‘ylagan edi.
– Metin tug‘ilganida rosa suyungan bo‘lsalar
keraka?
65
«Ona tarbiyasi»
– Ha, o‘zini qo‘yarga joy topolmay qolgan. O‘r
toqlarini chaqirib, katta o‘tirish qilib bergan.
– Bordiyu, Metinning o‘rniga yana qiz ko‘rganin
gizda nima bo‘lardi, oyi?
– Qaydam.
– Dadam o‘g‘il bo‘lsin, deb turib olarmidilar?
– Kim biladi deysan... Ehtimol shundaydir. –
Xo‘sh, namuncha surishtirib qolding buni?
– O‘zim, shunday.
Tomog‘imga bir nima qadalganday bo‘ldi. Tash
qariga chiqib ketdim.
Hikmatning boshidan o‘tgan voqea meni juda
o‘ylantirib qo‘ydi. O‘shandan beri bir fikr menga
tinchlik bermaydi – xo‘sh,
baxtsiz odam qiz bola
bo‘lib tug‘iladiyu, peshonasi yarqiragani o‘g‘il
bo‘libmi?
Bu xususda sen nima fikrdasan? Shuni bilmoq-
chiman.
Oyim boyadan beri: «Yot endi, kech bo‘ldi», deb
qo‘ymayapti. Vaqt ham allamahal bo‘lib qoldi. May
li, yotsam yota qolay. Ertaga maktabdan qaytishda
xatni qutiga tashlayman.
Omon bo‘l, do‘stim Ahmad.
Zaynab Yolqir,
Anqara, 10-dekabr, 1963-yil
Do'stlaringiz bilan baham: